O‘zbekiston Respublikasi va Evropa Ittifoqi (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar):
O‘zbekiston Respublikasi bir tomondan va Evropa Hamjamiyatlari hamda ularga a’zo davlatlar ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilik ta’sis etuvchi, 1996-yil 21-iyunda tuzilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Evropa Atom Energiyasi Hamjamiyati (Evratom) o‘rtasida 2003-yil 6-oktabrda tuzilgan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga;
2007-yil 21 va 22-iyunda bo‘lib o‘tgan Evropa Ittifoqi Kengashining majlisi davomida qabul qilingan, Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning eksport yo‘nalishlari, talab va takliflar hamda energiya manbalarining tuzilishlarini diversifikatsiyalashdagi va Markaziy Osiyoda bozor iqtisodiyoti tuzilmalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdagi umumiy manfaatdorligi qayd etilgan “Evropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo Yangi sheriklik strategiyasi” nomli hujjatga;
sherik davlatlar bilan energetika sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash Evropa Ittifoqi uchun ahamiyatli ekani qayd etilgan Evropa Komissiyasining 2008-yil 13-noyabrdagi “Energetika bo‘yicha ikkinchi strategik sharh — Evropa ittifoqining energetika sohasidagi xavfsizlik va birlik bo‘yicha ishlar rejasi” nomli kommyunikesiga;
2009-yil 11-martda Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan va davomida O‘zbekiston Respublikasi birgalikda belgilangan energetika borasidagi hamkorlik sohalarini, xususan, energiya samaradorligi, tiklanadigan energiya manbalari, energetika infratuzilmasidagi energiya samaradorligi, Musaffo rivojlanish mexanizmini (MRM), shuningdek Kioto protokolini amalga oshirishni, energetikaga doir strategiya va siyosatni, sanoat sohasidagi hamkorlikni tasdiqlagan Evropa Ittifoqi (EI) bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Hamkorlik bo‘yicha qo‘mitaning yettinchi majlisiga;
2009-yil 14-sentabrda Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan va davomida O‘zbekiston Evropa Ittifoqi bilan birga Markaziy Osiyo uchun strategiyani, shu jumladan, energetika va ekologiyaga chidamlilik bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdan o‘z manfaatdorligini qayta tasdiqlagan, shuningdek yangi energetika yo‘lagini barpo etishni qo‘llab-quvvatlagan Evropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi “Evropa Ittifoqi — O‘zbekiston” Hamkorlik kengashining to‘qqizinchi majlisiga;
2009-yil 15-sentabrda bo‘lib o‘tgan, atrof-muhit masalalari, shu jumladan energetika resurslarini boshqarish va iqlim o‘zgarishining ta’siri bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlangan “Evropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” vazirlar konferensiyasiga tayangan holda;
Evropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish har ikki tomon uchun manfaatli ekanini va u har ikki tomonning, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasining ham energetika ham ekologik xavfsizligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimligini;
ikki tomonning energetika sohasidagi o‘z munosabatlarini o‘zaro hamkorlikka amaliy jihatdan foydali va konstruktiv yondashuv asosida yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini;
O‘zbekiston energetika sektorining O‘zbekiston Respublikasining imkoniyatlari va ehtiyojlariga asoslangan holda kelgusida barqaror rivojlanishining o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash va zarur strategik choralarni ta’riflash muhimligini;
O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada rivojlanishi uchun energetika infratuzilmasini modernizatsiyalash va kengaytirish muhimligini;
Evropa Ittifoqining ichki va xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash bo‘yicha zarur strategik choralarni e’tiborga olish bilan ushbu jarayonda tutishi mumkin bo‘lgan o‘rnini;
O‘zbekiston energetika sektorining barcha sohalarida investitsiyalarga bo‘lgan katta ehtiyojni va xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek ham O‘zbekiston, ham Evropa xususiy sektorining kelgusida investitsiyalarni jalb qilishda tutishi mumkin bo‘lgan o‘rnini;
mintaqaning transchegaraviy daryolar, ko‘llar va dengizlar bilan bog‘langani sababli ushbu resurslarni himoya qilish uchun mintaqaviy yondashuv muhim ekanini va manfaatdor mamlakatlarning suv va energetika masalalari bo‘yicha ekotizimli yondashuv, shuningdek umumiy suv resurslaridan adolatli, barqaror va oqilona foydalanish prinsipi asosida hamkorlik qilish maqsadida barqaror va aniq mexanizmni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlashi zarur ekanini;
Evropa Ittifoqi Komissiyasi tomonidan 2010-yilda energetika va atrof-muhit sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish yo‘llarini belgilashi mumkin bo‘lgan “Markaziy Osiyo investitsiya vositasi”ni (Central Azia Investment Facility — CAIF) yaratishganligini;
Evropa Ittifoqi Komissiyasi, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan uran ishlab chiqarishni tiklash bo‘yicha hozirgi hamkorlikni, xususan uran konlarini boyitish fabrikalarini tiklashni va chiqindilarni foydali suratda ishlatishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur mazmunda bildirilgan katta qiziqishni e’tiborga olib;
Evropa Ittifoqi va O‘zbekistonning ekologiya va atrof-muhitga zararli ta’sirlarni, shu jumladan Orol dengizining zararli ta’sirini bartaraf qilishda, tabiiy resurslardan oqilona, samarali va barqaror foydalanishni ta’minlashda hamda Markaziy Osiyo mintaqasining energetika va ekologik xavfsizligini ta’minlashda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha qat’iy maqsadini;
yuqori seysmiklik va tektonik faollikni hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolarida gidroelektr ishlab chiqarish quvvatlarini barpo qilish va ular bilan bog‘liq inshootlarni qurish bo‘yicha loyihalar xalqaro standartlarga, shuningdek ekologik ta’sir va amalga oshirish mumkinligi nuqtai nazaridan mustaqil baholagan bo‘lishiga asoslanib,
Markaziy Osiyoda elektr yetishmovchiligi ortib borayotgani bois, ishlayotgan energetika obyektlarining samaradorligini oshirish, Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik jihatdan bardoshli gidroelektrstansiyalar tizma (kaskad)larini qurish, shuningdek tiklanadigan energiya manbalarini va agar qo‘llab bo‘lsa, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan uglevodorodlar va boshqa mineral resurslarni tadqiq qilish orqali elektr ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash zarurligini;
hozirgi vaqtda faoliyat ko‘rsatayotgan Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining 30 yildan ko‘proq vaqt muqaddam tashkil etilganini va uni bozor qoidalariga javob berish uchun hamda mustahkam, barqaror, zarurat tug‘ilganda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan milliy energetika tizimlarini rivojlantirish, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar asosida muvofiqlashtirish va eng qulay sharoit yaratish kerakligini e’tirof etgan holda modernizatsiyalash lozimligini tasdiqlab/e’tiborga olib;
O‘zbekiston Respublikasida ham mahalliy ta’minot, ham Evropa Ittifoqi tomon tranzit maqsadida uglevodorod energetika infratuzilmasini modernizatsiyalash, kengaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish;
elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha tozaroq quvvatlarni, energiya samaradorligi choralarini va muqobil energiya manbalarini, xususan quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish;
O‘zbekistonda chidamli, barqaror va ishonchli milliy energetika tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
Markaziy Osiyo davlatlari milliy energetika tizimlarini ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar asosida xalqaro amaliyotga mos ravishda yanada optimallash va muvofiqlashtirishni yengillatish;
energetika texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va ekspert tajribasi bilan almashish, shu jumladan texnik yordam va nou-xaularni berish;
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasida bayon etilgan prinsiplarga rioya qilish va unga taalluqli Kioto protokoli qoidalarini amalga oshirish
maqsadida quyidagilar bo‘yicha hamkorlik qilish niyatidadirlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |