qarshi: bir tomondan jamiyat iqtisodiy jihatdan yutqazadi, ikkinchi tomondan yutadi. Sababi
eskirgan vositalar qiymatini yangilarini ishlatilishidan olingan foyda bilan tezda qoplanadi.
Amaliyotda asosiy kapitalning narxi asossiz ravishda qimmat belgilansa, ma’naviy eskirish
emas, balki aksincha, texnikani qimmatlashuvi tarzida namoyon bo’ladi. Bu, albatta, asosiy
kapital (fondlar)ni yangilashga to’siq bo’ladi. Fan-texnika taraqqiyotiga g’ov bo’ladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida bu muammoni echishda talab va taklif asosiy rol o’ynaydi.
Asosiy kapitalni qiymatining ishlab chiqarilgan tovarga qo’-shish amortizatsiya normasi
orqali amalga oshadi. Amortizatsiya normasi asosiy kapitalning qiymati va uni xizmat qilish
muddati bilan bog’liq. Amortizatsiya normasi qancha yuqori bo’lsa, asosiy kapital (fondlar) o’z
qiymatini shunchalik tez muddatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazib bo’ladi. Aksi
bo’lsa, uzoq muddat o’tkazadi. Amortizatsiya lotincha —
so’ndirish
so’zidan olingan bo’lib,
asosiy kapital qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga astalik bilan xizmat muddati davomida
ko’chirishdir. Amortizatsiya fondi asosiy kapital (fondlar)ni to’la tiklash uchun amortizatsiya
normasiga ko’ra belgilanadi. U
asosiy
kapitalning xizmat muddatiga nisbatan foizda ifodalanadi.
Amortizatsiya normasi=100%/xizmat muddati
Masalan, ko’p qavatli temir-beton uylarning xizmat muddati 100 yil. U holda
amortizatsiya normasi 100:100=1% ga teng. Yoki traktorning xizmat muddati 16 yil.
Amortizatsiya normasi 100:16=6,25%. Ya’ni har yili traktor bahosining 6,25%i ishlab
chiqarilgan mahsulotga ko’chadi. Agar traktorimiz 3 mln so’m turadi desak, har yili 187500
so’mlik eskirar ekan, shu miqdordagi pulni amortizatsiya fondiga o’tkazamiz.
Amortizatsiya normasi shunday belgilanishi kerakki, u ham jismoniy, ham ma’naviy
eskirishni hisobga olgan bo’lishi kerak.
Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda amortizatsiya normasi yuqori belgilangan. Masalan,
AQShda qishloq xo’jalikda ishlatiladigan traktorlarning xizmat muddati 10—12 yil, o’arbiy
Evropada 15—20 yil qilib belgilangan. Haqiqiy xizmat muddati 15—25 yilni tashkil etadi.
Bunga texnikani asrab-avaylab ishlatish orqali erishiladi. Chunki, uning egalari bundan
manfaatdor. Bizda ham 1991 yildan boshlab amortizatsiya normasini belgilash tartibi
o’zgartirildi.
1. Asosiy kapitalni amortizatsiya normasi o’zgartirildi.
2. Ta’mirlash uchun amortizatsiya to’lovlari bekor qilindi. Endi korxonalar hamma
remont turlarini mahsulot tannarxiga o’tkazadigan bo’ldi. Zarur bo’lsa, remont uchun alohida
fond tashkil etish mumkin (tuzatish, ta’mirlash fondi).
3. Mashinalar, uskunalar va transport vositalari normativdagi xizmat muddati tugagach,
amortizatsiya to’lovlari to’xtatiladi.
4. Korxonalarning asosiy kapitali (fondlar)ni yangilashni tez-lashtirish maqsadida aktiv
fondlarga tezlashtirilgan amortizatsiya normalari belgilash ruxsat etiladi. Vaholanki, chet
mamlakatlarda bu anchadan beri qo’llaniladi, kichik korxonalarga xizmat muddati uch yildan
oshadigan kapitalni 20% gacha qiymatini ekspluatatsiya qilishning birinchi yildan ishlab
chiqarish xarajatlariga qo’shishga ruxsat berildi. Bularning hammasi asosiy kapitaldan
foydalanishni yaxshilashga qaratilgan.
Ishlab chiqarishda asosiy kapitaldan tashqari aylanma kapital ham muhim o’rin tutadi.
Aylanma kapital tarkibiga mehnat ashyolari, zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish,
jumladan yarimfabrikatlar, ish haqi kiradi.
Bir vaqtning o’zida har bir korxonada
Do'stlaringiz bilan baham: