Kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar
O’lchov
birligi
2000 2001 2002 2003
YaIM dagi
KO’B ulushi
% 31,0
33,8
34,6
35,5
Kichik va o’rta
korxonalar
% 13,1
14,8
15,7
16,4
KO’Bda band
bo’lganlar soni*
Ming
kishi
800,0 900,3 1045,1
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi.
*) Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari
YaIMda KO’Blarning ulushini to’rt yil davomida 31,0 %dan 35,5% ga ko’tarilishi , unda
band bo’lganlarning sonini ortishi albatta ijobiy hol.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda
KO’B sub’ektlarining
salmog’i (%da)
Iqtisodiyot
tarmoqlari
2000 2001 2002 2003
Sanoat
11,3 14,1 14,1 16,6
Qishloq
xo’jaligi
72,4 75,6 76,4 76,8
Chakana tovar ayirboshlash
45,0
45,8
43,8
45,5
Pullik
xizmatlar
37,9 39,9 41,3 45,7
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi
Sanoat, chakana tovar ayirboshlash, pullik xizmatlar ko’rsatishda KO’Blarning ulushini
barqaror o’sib borishi respublikamizda davlatning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashi
natijasidir.
Mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor salmog’ini oshirish, aholini ishlab chiqarish
sohsida bandligini ta’minlash va kichik tadbirkorlikni intensiv rivojlantirib borish maqsadidagi
2003 yil 30 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 9 aprel 1998 yil qabul qilgan «Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar haqidagi» qaroriga o’zgarishlar va
qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi» Farmoni qabul qilinishi KO’Bni rivojlanishiga yana bir
ijobiy turtki bo’ldi. Mamlakatimizda jamiyat tayanadigan o’rta mulkdorlar sinfi vakillarini
yanada ko’payishiga olib keldi. Yuqorida jadval ma’lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. «Kichik
biznesni rivojlantirish, rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni ro’yxatga olish
tartibini sezilarli darajada soddalashtirish, eng muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish bo’yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta
ahamiyatga ega bo’lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini
berdi»
1
Albatta tadbirkorlikni rivojlantirishda respublikamizda muammolar, kamchiliklar
mavjud. Lekin eng asosiysi, diqqat ularni bartaraf qilish yo’llarini topish, tadbirkorlikni
rivojlantirishga qaratilganidir.
1
. Karimov I. A. Islohotlar strategiyasi=mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir. 2002 yilda
mamlakatning ijtimoiy=iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning
asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruza. Xalq so’zi, 2003 yil, fevral, 40-
son.
Do'stlaringiz bilan baham: |