Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

5-§. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi 
 
 Kapital   
 
Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati kapital 
harakati 
 sarfini  talab  qiladi. 
Kapital lotincha so’z bo’lib, katta mablag’, ko’p pul, boylik degan ma’noni anglatadi. Bu so’z 
iqtisodiy tizimda uning o’zi yaratgan ishlab chiqarish omilini ifodalash uchun ishlatiladi. 
Kapitalni ishlab chiqarish omili sifatida iqtisodchilar ishlab chiqarish vositalari deb qarashadi. 
Bunday yondashuv klassik siyosiy iqtisoddan boshlanadi. A. Smit kapitalni jamg’arilgan mehnat 
mahsuli, D. Rikardo ishlab chiqarish vositalari deb hisoblashgan. 
 Hozirgi paytda jahon miqyosida iqtisodiy fanlarda kapitalni talqin etishda yagona fikr 
yo’q. I. Fisher kapitalni natural va qiymat shaklidan qat’i nazar boylik zaxirasidan iborat, u o’z 
egasiga xizmat ko’rsatib daromad olib keladi, degan. 
 Taniqli iqtisodchilardan J. Xiks, A. Marshall, E. Bembaverk fikrlarni davom ettirib, 
ishlab chiqarish uchun ajratilgan tovarlar yig’indisini kapital deb atashgan. 
 J. Robinson kapital, hali investitsiyaga aylanmagan ma’lum miqdordagi pul, degan fikrni 
bildirgan. P. Xeyne fikriga ko’ra kapital bu — kelajakda ne’matlar ishlab chiqarish uchun 
foydalansa bo’ladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat. 
 
Nisbatan tor buxgalteriya hisobi bo’yicha yondashilsa firmaning barcha aktivlari 
(mablag’lari) kapital deb yuritiladi. 
 Kapital tushunchasini qanday talqin qilinishidan qat’i nazar, hamma qarashlarda umumiy 
bo’lgan bir narsani ilg’ash mumkin. Bu daromad keltirishdir. Shunday qilib daromad topish 
maqsadida ishlab chiqarish resurslari va ularga sarflangan pul kapital bo’ladi. 
 Biznes bilan shug’ullanishdan maqsad ham daromad topish. Biznesning mohiyatini 
quyidagi formulada ifodalash mumkin:  
P—T—P1. 
 P — iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun dastlab sarf-langan pul mablag’lari. 
 T — sotib olingan tovar (ishlab chiqarish resurslari). 
 P1 — tovarni sotilgandan so’ng olingan, ya’ni avanslangan pulni ko’payib qaytishi, 
P1=P+
Δ
n; 
Δ
n — avanslangan pulning ko’paygan qismi, ya’ni foyda. 
 Biznes  formulasi  tadbirkorning  faoliyatini ko’rsatib turibdi. 
 Biznes qanday shaklda bo’lmasin daromad olish umumiy tarzda ana shunday amalga 
oshadi. Tadbirkor o’z pulini sarflab ishlab chiqarish resurslari sotib oladi. Agarda yakka tartibda 
ishlovchi yoki oilaviy tadbirkorlik bo’lsa, faqat ishlab chiqarish vositalari sotib oladi. Ishlab 
chiqarish jarayonida yangi tovarlar yaratilib, bozorga chiqariladi. Ularni sotib avanslagan pulini 
foydasi bilan qaytarib oladi. Ishlab chiqarish biznesi formulasi umumiy biznes formulasidan farq 
qiladi. U quyidagicha: 
mehnat omili (ishchi kuchi) 
P – T   ... U ... T1 — P1 
real kapital (ishlab chiqarish vositalari) 
U — yangi tovarlar ishlab chiqarish jarayoni 
T
1
— ishlab chiqarilgan yangi tovar ... belgisi muomala to’xtab ishlab chiqarish 
 
boshlanganini resurslar ishlab chiqarish omili (unumli kapital)ga aylanganini ko’rsatadi.  
 Yangidan yaratilgan tovar qiymati avvalgisidan ko’p. Uni bozorda sotib olingan pul P1, 
avvalgi avanslangan puldan ko’p, ya’ni tadbirkor olishi mumkin bo’lgan foyda miqdorida pul 
ko’p bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida talab taklif nisbatiga qarab, sof yoki qo’shimcha foyda 
olishi yoki aksincha bo’lishi mumkin (XII bob). 
 Ishlab chiqarishni amalga oshishi uchun iqtisodiy shart-sharoit bo’lishi kerak. Har qanday 
tovar ishlab chiqaruvchi firma uchun ishlab chiqarish omillari zarur. Tovar ishlab chiqarish 
uchun eng avvalo, tabiiy resurslar zarur (minerallar, o’rmon va boshqa tabiiy boyliklar, ularni 
qisqacha er deb ataladi). Boshqa birovni eridan foydalanilganlik uchun haq to’lanadi. Bu haq 
renta bo’lib, u er egasining daromadini tashkil etadi. 
 
Kishilarning iste’molini qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun insonlarning 
mehnati talab etiladi. 


 
 
 Tadbirkor tomonidan yollangan ishlovchilar mehnat shartnomasi asosida o’z mehnati 
uchun ish haqi oladilar. Biznes uchun kapital — pul talab etiladiki, u mashina, xom ashyo va 
hokazolar sotib olish uchun ishlatiladi. Agar tadbirkorning o’zidagi mablag’i etmasa, qarz olib 
ishlatadi. Ana shu qarz olib foydalangan pulga ham haq to’lash zarur. Bu haq protsent bo’lib, uni 
qarzga pul bergan oladi. 
 Oxir-oqibat ma’lum xatar asosida o’z maqsadini, yangi g’oyasini amalga oshiruvchi 
hamma omillarni to’plab ishga soladigan tadbirkorning harakati kerak. Agar uning harakati 
muvaffaqiyatli yakunlansa, unga mukofot foydaning bir qismi tegadi (yo’qsa zarar ko’rishi 
mumkin). 
 Tadbirkor kapitalini uzluksiz tarzda ishga solishga harakat qiladi. Kapital harakati dastlab 
pulga zarur resurslar sotib olishdan boshlanadi, ikkinchi bosqichda, resurslarni unumli iste’mol 
qilinadi, ya’ni tovar yaratiladi. Bu tovarning yangi qiymati eski qiymat hamda qo’shilgan 
qiymatdan iborat bo’ladi. 
 Uchinchi bosqich, oxirgi bosqichda, bu ishlab chiqarilgan yangi tovar realizatsiya 
qilinadi. Tovar pulga aylanadi. 
 Shunday qilib, bu harakat bozor bilan boshlanib, bozor bilan tugallanadi. 
 Kapital o’z harakatini qaysi shaklda boshlagan bo’lsa, yana qaytib shu shaklga kelishi 
kapitalning doiraviy aylanishi bo’ladi. Doiraviy aylanishda kapitalning harakati uch bosqichdan 
iborat: birinchi bosqich muomala, ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, uchinchi bosqich yana 
muomaladan iborat. Boshqacha aytganda bozor, ishlab chiqarish, bozor tarzida yuz beradi. 
 Kapital o’z doiraviy harakati jarayonida uch shakl: pul, unumli kapital, tovar shaklini 
oladi. 
 Firmaning kapitali doimo ma’lum nisbatda, har uchala shakl-da mavjud bo’ladi. 
 
Kapitalning harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi. U qaytaqayta 
takrorlanadi (firma miqyosida u bankrot bo’lgandagina to’xtatish mumkin). Aynan shu 
kapitalning doiraviy aylanishini to’xtovsiz davom etishi kapitalning aylanishi deb ataladi. 
 Ana shu harakat ma’lum bir vaqtda yuz beradi, u ishlab chiqarish va muomala vaqtidan 
iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish vaqti o’z ichiga ish davri, ishlab chiqarish resurslarini zahirada 
turgan vaqti va tanaffuslarni oladi. 
 Ishlab chiqarish vaqti tarkibining nisbati turli tarmoqlarda turlicha bo’lib, ular ob’ektiv 
zaruriyat tufayli tarkib topadi. Ayrim tarmoqlarda kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, 
o’rmonchilikda tabiiy tanaffuslar muhim rol o’ynab, uzoq muddatni o’z ichiga oladi. 
 Muomala vaqti esa ishlab chiqarilgan tovarlarni realizatsiya qilinadigan joyga olib borish 
vaqti, tovarlarni sotguncha zahirada turgan vaqti va realzatsiya qilish vaqtidan iborat. Bu 
vaqtlarni ajratib ko’rsatishdan maqsad kapital harakatini tezlashtirish uchun tadbirkor qanday 
chora-chora tadbirlar ishlab chiqishi zarurligini aniqlashdir. 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish