2.6. Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari.
38
Konseptual qoidalar tizimi Moliyaviy Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi va
Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasi tomonidan AQSH, Kanada va
Avstraliyada yaratilgan. Xalqaro moliyaviy hisobotlar standarti (IFRS) qoidalar
tizimida vazifalari, o‘ziga xosligi va chegarasi yozib qo‘yilgan qaysi moliyaviy hisob
va qayd qilish ajratiladi.
Buxgalteriya konseptual qoidalar tizimi mavjud amaliyot tizimlarini
rivojlangan yangi amaliyotlar bilan tayyorlanishini qabul qilinishini belgilab beradi.
Konseptual qoidalar tizimi buxgalteriya ishi tomonidan cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Bu moliyaviy hisobotlar tayyorlashning obyektlari, hisobotning sifat harakteri,
moliyaviy hisobotning elementlari va boshqarish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Boshqarish ishlari mahsulotlarni tan olish, hisobotda qiymatlarning o‘lchovi,
moliyaviy hisobotning taqdimoti va korxonaning hisoboti tayyorlanishini qamrab
oladi. U yana yuqorida har bir qismda eslatib o‘tilgan qoidalar, prinsiplar va
cheklovlarni ifoda etadi.
Konseptual qoidalar tizimining 4 ta o‘rganilishi kerak bo‘lgan talablari.
1.
Chegaralash nima moliyaviy hisobotda ichiga olingan bo‘lsa.
2.
Yangi imkoniyatlarga ro‘baro kelish uchun buxgalteriya sohasini yaratmoq.
3.
Buxgalteriya amaliyotini oqilona tashkil etish.
4.
Korxonaga o‘lchovlarni va faoliyat metodlarini tanlashda imkoniyat
bermoq.
9
Etik ruhiy standart faoliyatlari natijasida kelib chiqadi. Buxgalterlar chegara
qoidalariga amal qilishlari kerak va etik qoidalar orqali boshqarilib turilishi kerak.
Etik qoidalarning 6 ta turi mavjud, ular quyidagilardir:
1.
Konservatizm (eskilikni yoqlash): Daromad ikkilanish bo‘lishi bilan qayd
qilib qo‘yilishi kerak, lekin xarajatlar sodir bo‘lishi bilanoq qayd qilinishi kerak. Bu
amaliyot korxonaning tartibini va masuliyatliligini oshiradi.
2.
Doimiylik: Biznes amaliy va qoidalarga rioya qiluvchi bo‘lishi kerak,
faoliyat yoki prinsiplar doimiy bo‘lishi kerak. Ular amaliyotini aniq sabablarsiz
o‘zgartira olmaydilar. Misol uchun, korxonaning joriy buxgalteriya davri 1-
yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lsa, keyingi yilning buxgalteriya davri 1-apreldan 31-
martgacha qilib o‘zgartirib bo‘lmaydi.
3.
Obyektivligi: Biror bir qayd, iqtisodiy faoliyat va muomalalar to‘liq
ma’lumotlar asosida, ish hujjatlari asosida va sodir bo‘lgan muomalaning
mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlanishi kerak.
4.
Tushunarlilik:Ma’lumotlar
berilayotgan
axborot
foydalanuvchilariga
tushunarli bo‘lishi kerak va hech qanday ma’lumotlar ulardan berkitilmasligi kerak
5.
Xolislik va haqqoniylik: Buxgalterlar o‘zlarining hisobotlariga xolis ish
jihatidan yondashishi kerak (yo ijobiy yo salbiy). Ularda anglashilmovchilik
bo‘lmasligi kerak ya’ni korxonada ularning qarorlari va harakatlari buxgalterning
vazifasidan kelib chiqqan holda bo‘lishligi kerak.
6.
Ishonchlilik: Korxonadan yig‘ilgan barcha axborotlar buxgalter tomonidan
ishonchli saqlanishi kerak. Axborotlar faqatgina hukumat qonunlari doirasidagina ish
9
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014, 7-bet.
39
maqsadlarida yoki mas’ul idoralarga oshkor etilishi mumkin.
Eslatma:
10
Yuqorida ko‘rib chiqilgan 3 ta qoida (chegara qoidalar, o‘lchov
qoidalar va etik qoidalar) gipoteza sifatida tasniflashi mumkin (korxonalarni ajratish,
buxgalteriya davri, rivojlanish davomiyligi va pul o‘lchovi), prinsiplari (eski narx,
realizatsiya, muvofiqlik va ikkiyoqlama yozuv) yoki ta’limotlar (konservatizm,
doimiylik, obyektivligi, tushunarlilik, xolislik va ishonchlilik).
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos” nomli
BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– hisoblash;
– ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish;
– uzluksizlik;
– xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash;
– ishonchlilik;
– ehtiyotkorlik;
– mazmunning shakldan uzunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
– moliyaviy hisobotdagi betaraflik;
– hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
– tushunarlilik;
– ahamiyatlilik;
– jiddiylik;
– haqqoniy va xolis taqdim;
– tugallanganlik;
– izchillik;
– o‘z vaqtida taqdim etish;
Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan
moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati
haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi
Hisoblash – daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va
kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki
to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha
bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita chetlarida - bittasining debetida
va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni
belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning
o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati
ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish
maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga
10
W.Madznah va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014, 7-bet.
40
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob
hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik – qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish
aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa
etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho
chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan ustunligi – agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy
hisobotda axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini ishonchli darajada
aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va
iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur.
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi – moliyaviy axborot foydali va mazmunli
bo‘lishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan
qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt
moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan hisob siyosatidan, ana shu
siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan
xabardor bo‘lishlari lozim.
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot
ishonchli bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim.
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi – hisobot davrida
bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur
davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks
ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita bogliqlikni
o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta
hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan
amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi – aktivlar va majburiyatlarning
haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati
asosiy bahodir.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish
qiymatidan farq qilishi mumkin.
Tushunarlilik – hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot
foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik – moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish
jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda
xo‘jalik faoliyatiga baho berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik – agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga
ta’sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham,
shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari
harakati to‘grisida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak.
Tugallanganlik – moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash
maqsadida axborot etarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
41
Izchillik – hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi,
deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy
ahvolidagi o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning
moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
O‘z vaqtida taqdim etish
–
hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi
bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish
uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar
hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi.
Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa,
hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki
ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik
o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda
foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish
masalasini hal etish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |