Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Xo‘jalik mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi funktsional



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
2.4. Xo‘jalik mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi funktsional 
roli bo‘yicha turkumlanishi 
Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zahirasini talab etadi. Shuning uchun 
ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul 
mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi. 
Korxona mablag‘larining manbaalari - davlat fondidan, aktsiyalarini chiqarish va 
sotish, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan, boshqa 
korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan 
tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday 
mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbaalari, 
maqsadlarini bilish kerak. 
Shunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi: 
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga qarab, ikkinchidan, tashkil topish 
manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab. 
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga olish 
korxonaning muayyan mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar, material va 
mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni vujudga kelish manbalari va 
tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish esa, bu mablag‘larning xususiy mulk 
hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va 
xo‘jalik mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash imkonini 
beradi. 
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxona xo‘jalik 
faoliyatining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda 
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘lar bo‘lishi kerak. Undan 
tashqari u muomala jarayonining ikki - ta’minot va realizatsiya bosqichida 
ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda korxonalar o‘z xodimlarining 
ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga ham ega 
bo‘ladi. Shunday qilib, korxona mablag‘lari o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha 


32 
quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalari; muomala sohasidagi 
mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar. 
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat. 
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi 
vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari 
(mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) etakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarish 
qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarini tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar, 
ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga 
shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo‘jalik inventarlari ham 
kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli 
sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish