Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


-rasm. Xo‘jalik mablag‘lari tarkibi tasnifi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

3-rasm. Xo‘jalik mablag‘lari tarkibi tasnifi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni 
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish 
jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari va 
xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Shu bilan bir vaqtda mehnat 
vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va 
xizmatlar tannarxiga va davr harajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida) 
o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatini kamayishiga olib keladi. 
Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar 
tarkibiga kiritiladi: 
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq; 
b) bitta birligi(komplekti)ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan 
eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan (sotib olish vaqtida) predmetlar

Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirsh, binolar, inshootlar, uzatish 
moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi 
Mablag‘lar (aktiv) 
Uzoq muddatli aktivlar 
Joriy (aylama) aktivlar 
Pul mablag‘lari 
Kapital qo‘yilma va 
boshqalar 
Uzoq muddatli 
investisiyalar 
Nomoddiy
aktivlar 
Joriy hisob – 
kitobdagi 
mablag‘lar 
Asosiy 
vositalar 
Tovar-
moddiy 
zahiralar 
Qisqa muddatli moliyaviy 
qo‘yilmalar 


33 
transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar 
kiradi. Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5-«Asosiy vositalar» nomli 
BHMSda keltirilgan. (O‘z Res Adliya Vazirligida 20 yanvar 2004 yil 1299-raqam 
bilan ro‘yxatga olingan).
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli 
investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar va uzoq muddatli 
debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bularning mazmunini 
tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Asosiy vositalar – korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom etadigan 
vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish yoki 
ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funktsiyalarni amalga oshirish jarayonida 
foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
№7-«Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq nomoddiy 
aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, 
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk 
obyektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida aktiv 
deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik bo‘lgan; 
ishonchli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya’ni uni 
ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xou», savdo markalari, 
tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, 
franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlang‘ich materialdan iborat. 
Ularga xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugalanmagan ishlab 
chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. 
Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab 
chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o‘zlarining qiymatini tayyorlanayotgan 
mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi. 
Xom-ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik 
zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan 
metalning har xil turlari (po‘lat, cho‘yan va boshqalar) xizmat qiladi. Xom-ashyo 
deganda hisob amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, qand lavlagisi va 
boshqalar) tushuniladi. 
Yordamchi materiallar, asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan 
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda 
ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish 
(biriktirish) yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun (bo‘yoqlar, laklar, 
elimlar), yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun - binolarni yoritish, mehnat 
sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini ta’minlab turish uchun 
(elektrotexnikaviy materiallar, sovun, qipiq va shu kabilar) ishlatiladi. 
Yoqilg‘i, o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, 
yordamchi materiallar singari, ular yoki mehnat vositalari tamonidan iste’mol qilinadi 
(energetik yoqilg‘i) yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi (texnologik yoqilg‘i), mehnat 


34 
jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan yoqilg‘i). 
Hisobda yoqilgi yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. 
Yordamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining xususiyati shundan 
iboratki, u o‘zining natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin 
sarflangan yoqilg‘ining qiymati, yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab 
chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi. 
Yarim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor 
mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan 
iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi (ma’lum bo‘lim yoki ma’lum uchastkadagi) 
barcha ishlov operatsiyalanini o‘tgan bo‘lsalar ham, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun 
navbatdagi bosqich (navbatdagti bo‘limga, uchastkaga) yo‘naltirishishi kerak bo‘ladi. 
Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik zavodining tayyorlovchi bo‘limi 
tomonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash bo‘limida ishlanishi 
davom etadigan detallar kiradi. Bir bo‘limda ishlovdan o‘tgandan keyin, yarim tayyor 
mahsulotlar odatda omborga topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bo‘lgan 
ehtiyojga qarab, navbatdagi bo‘limga ishlov yoki yig‘ish uchun kelib tushadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan 
mehnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga 
o‘xshab, ba’zibir ishlov bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga 
aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar 
mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab 
chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu yerda hali ishlanishi lozim bo‘ladi. 
Muomaladagi mablag‘lar, ya’ni muomala buyumlari, pul mablag‘lari, hisob - 
kitobdagi mablag‘lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat. 
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo‘ljallangan 
tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala buyumlari ombordagi 
tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovar (tayyor mahsulot)ga bo‘linadi.
Ortib jo‘natilgan tovarlarni muomala buyumlariga qo‘shilishining boisi 
shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar (kassa usulida) ular mazkur 
korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash (nachislenie) usulidan foydalanganda 
xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki 
bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi 
debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu xolda mazkur obyekt 
muomala doirasidan hisob-kitobdagi mablag‘larga o‘tadi. Muomala sohasiga xizmat 
qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har xil binolar, asbob-uskunalar va 
inventarlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor mahsulot omborlarining binolari, 
ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va 
imoratlardagi asbob-uskunalar (tarozilar, sovituvchi qurilmalar, tokchalar, hamda shu 
erda joylashgan xo‘jalik inventarlarining buyumlari - stollar, stullar, shkaflar va 
hokazolar) kiradi. 
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-joy 
xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash 
vositalari kiradi. Bular turar-joy binolari, kino-teatrlar, bolalar bog‘chalari va yaslisi, 
bolalar oromgohi, bolalarning dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va 
sartaroshxonalar, ambulatoriyalari, tibbiyot punktlari, binolari, shu binolarda 


35 
(korxonaga qarashli) joylashgan asbob-uskunalari va inventar hamda ulardan 
foydalaniladigan (korxonaning mulkini hosil qiladigan) materiallar, dori-
darmonlardan iborat. Bu mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish 
hamda ularga zarur bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. 
Buxgalteriya hisobida kapital ikkiga ajratib hisobga olinadi: aktiv (harakatdagi) 
kapital va harakatdagi aktiv kapitalning manbaini ko‘rsatuvchi passiv kapital. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish