Bog'liq Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019
ko‘p Naqd pulsiz hisob-kitoblaming eng
qo'llaniladigam shakli bu: Tolov talabnomalari.
Akkreditivlar. Tolov topshiriqnomalar.
Inkasso topshiriqnomalar. BOB. PUL MUOMALASI, PUL MASSASI VA PUL
AGREGATLARI Pul muomalasi tushunchasi va tarkibi
Pul muomalasi tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining ham asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, uni ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bogliq jarayonlar pul ishtirokida yuz berib, tovar ishlab chiqarish siklining ibtidosi pul bilan boshlanib, uning intiqosi ham pul bilan yakunlanadi. Yoki, iqtisodiyotning barcha bo‘glnlarida yuz berayotgan obyektiv iqtisodiy munosabatlar albatta pul ishtirokida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy subyektlar oYtasida pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar pul muomalasi deyiladi. Pul yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etar ekan, u doimiy harakatda boladi, yangilanib turadi va muntazam takror aylanadi. Iqtisodiy jarayonlami amalga oshirishda pulning malum davrdagi harakatlar yiglndisi pul aylanmasini tashkil etadi.
Naqd pul muomalasi naqd pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, bunda iqtisodiy subyektlar oYtasidagi o‘zaro tovarlar va qimmatli qogbzlar oldi - sotdisi, ko‘rsatilgan turli madaniy va maishiy xizmatlar, suglirta, kommunal tolovlari, naqd pulda kreditlar olish va qaytarish, lotereya biletlari xarid qiHsh, korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga naqd pulda ish haqi to lash hamda boshqa majburiy tolovlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, naqd pul muomalasi davlat byudjetining naqd pulda shakllanadigan va taqsimlanadigan qismini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu jarayon, bir tomondan aholi va yakka tadbirkorlaming byudjet oldidagi
soliq va boshqa majburiy tolovlami amalga oshirish jarayonlarini, ikkinchi tomondan esa davlat byudjeti tomonidan aholiga naqd pulda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy tolovlami amalga oshirish jarayonlarida o‘z aksini topadi.
Naqd pul aylanmasi esa naqd pullaming ma’lum davrdagi harakatlar yig'indisidan iborat bo‘lib, u naqd pul muomalasidagi naqd pullar harakatidan tashqari pul muomalasini tashkil qilish bilan bogliq bolgan harakatlar yiglndisini ham o‘z ichiga oladi. Naqd pullaming aylanmasi va uning tarkibiy qismlarini quyidagi paragrafda batafsil ко rib chiqamiz. Pul massasi va tarkibi
Pul massasi - muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullaming yiglndisidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan mamlakatlaming pul oborotida faqat banknota va tanga korinishda emas, balki kredit, chek va elektron yozuvlar korinishida ishtirok etayapti. Shuning uchun iqtisodchilar ushbu pullami pul massasi deb yuritishadi. Pul massasi mamlakatda muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bolib, uning hajmi jami ijtimoiy mahsulotning hajmi bilan muvozanatda (pulning aylanish tezligini inobatga olgan holda) bolishi zarur.
Pul massasining miqdori va uning tarkibi Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi. Markaziy bank pul-kredit instrumentlari orqali mamlakatda pul massasini oqilona me’yorini ta’minlaydi.
Pul massasi tarkibi asosan ikkita komponentdan tashkil topadi.
Muomaladagi naqd pullar - pul massasining yuqori likvidli mablaglari hisoblanib, istalgan paytda tolov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu agregat muomaladagi banknot va tangalami o‘z tarkibiga oladi.
Naqd pulsiz mablagUar - mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlaming kredit muassasalarida hisobraqamlardagi, shuningdek, plastik kartochkalar va hisob-kitob cheki koYinishidagi mablaglardan iborat.
Muomaladagi likvidlik darajasi past hisoblangan pullar kvazipullar deb yuritiladi. Ushbu pullaming tarkibiga nisbatan past likvidli va tolov vositasi sifatida ishlatilmaydigan qimmatli qog'ozlar kiradi.
Pul massasini miqdoriy olchashga nisbatan 2 xil yondashuv mayjud:
transaksion yondashuv - bunda pullaming tolov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko‘zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e’tiborga olinadi;
likvidli yondashuv - bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
Aktivlaming likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli yondashuvga ко Ya nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga kiritiladi.
Pullarga bolgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos qo"yish nazariyasi muhim о Yin egallaydi. Ushbu nazariyaga ко Ya pullarga bolgan talabni 3 ta omil belgilaydi: