Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar



Download 2,71 Mb.
bet2/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

UO‘K: 336.741(575.1)

KBK: 65. 262ya7


ISBN 978-9943-13-808-7
© A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev, 2019

© “IQTISOD-MOLIYA”, 2019

KIRISH



Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash munosabatlari pul, kredit va banklaming ishtirokisiz amalga oshmasligi barchamizga malum. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan bolib, ushbu faoliyatning asosini ham pul, kredit va bank tizimi bilan bogliq bir qator munosabatlar tashkil etadi. Bu 0‘z-o‘zidan, keyingi yillarda, mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida iqtisodchi mutaxassislami tayyorlashda “Pul va banklar” kursining ahamiyatini keskin oshirmoqda.

E’tirof etish joiz, mamlakatimizning iqtisodiyot hamda moliya yolialishidagi oliy o‘quv yurtlari pedagog-xodimlari, ilmiy-tadqiqotchilar va soha mutaxassilari tomonidan “Pul va banklar” o‘quv kursi boyicha darslik, o‘quv qollanma va monografiyalar nashr etilgan. Biroq, shunga qaramasdan, ushbu darslik va o‘quv qollanmalar mavjud talabni toliq va samarali qondirish imkoniyatini bermayapti. Buning qator sabablari mavjud bolib, fikrimizcha ulaming asosiylari quyidagilar bolishi mumkin:

Birinchidan, milliy talim standartlari boyicha darslik va o‘quv qollanmalarga qoyilayotgan talab va qoidalar takomillashib bormoqda. Xususan, ular qisqa, mazmunli va o‘quvchiga tushunarli tilda yozilishi lozim;

Ikkinchidan, jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar mavjud darslik va o‘quv qollanmalami doimiy ravishda yangilab va takomillashtirib borishni talab etmoqda;

Uchinchidan, internet va elektron tizimning rivojlanib borayotganligi tufayli talabalarga taqdim etilayotgan darslik va o‘quv qollanmalar raqobatbardosh bolishi, ulami o'ziga jalb qila oladigan xususiyatlarga ega bolishi lozim;

To‘rtinchidan, milliy talim tizimida rivojlangan mamlakatlar oliy talimdagi ijobiy tajribasidan foydalangan holda darslik va o‘quv qollanmalami tayyorlash zaruriyati kabi masalalar shular jumlasidandir.

Mazkur darslik, yuqorida qayd etilgan talab va tartiblami inobatga olingan holda, О‘zbekistonda Davlat talimining “Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq” bilim sohasining “Bank ishi”, “Biznesni boshqarish”, “Moliya”, “Soliqlar va soliqqa tortish” va boshqa yo'nalishlari boyicha qoyilgan talablari doirasida tayyorlangan. Buni darslikning “Pul va banklar” fanining namunaviy dasturidagi barcha bolimlarini qamrab olganligida ham ko‘rish mumkin.

Darslik tarkibiy tuzilishi jihatidan 20 bobdan iborat bolib, har - bir bobdan so‘ng o‘quvchining bilimini mustahkamlash maqsadida bob mavzulariga oid savollar va testlar majmui keltirilgan.

Darslikning “Pul islohotlari” va “Bank inqirozlari” nomli boblari i.f.n. I.X.Raxmonov va N.S.Emazarov, “Kredit boyicha foiz stavkasi va ularga ta’sir qiluvchi omillar” nomli bobi i.f.n. I.Ya.Qulliyev va tadqiqotchi S.A.Abdullayeva hamda “Markaziy bankning mustaqilligi” nomli bobi katta o‘qituvchi I.I.JoYaev, Tijorat banklari va ulaming funksiyalari nomli bobi katta o‘qituvchi X.S.Tillayev, qolgan boblar i.f.d. professor A.A.Omonov va i.f.n., professor - T.M.Qoraliyevlar tomonidan tayyorlangan.

Xalqaro iqtisodiy doirada, shuningdek, O‘zbekiston moliya - kredit tizimida roy berayotgan jadal ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar qator soha va tarmoqlarda bolgani singari talim tizimi oldiga, xususan, darslik va o'quv qollanmalar tayyorlashning tarkibi va mazmuniga jiddiy talablami qoymoqda. Shu jihatdan, mualliflar “Pul va banklar” darsligini vaqti-vaqti bilan xalqaro doirada va O‘zbekistonda roy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar asosida nazariy-amaliy jihatdan qayta ishlangan va toldirilgan aikkinchi nashri”ni o‘quvchilar e’tiboriga havola etmoqdalar.

Darslikning ikkinchi nashrini tayyorlashda mualliflar tomonidan 2012 yildan keyingi yillarda mamlakatimiz bank tizimida vujudga kelgan barcha yangiliklar, pul muomalasi va xususan milliy valyutaning konvertatsiyasi hamda valyuta siyosatini liberallashtirish bo^icha o'zgarishlar hisobga olindi.

  1. BOB. PULNING PAYDO BO‘LISHI,
    ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI


  1. Pulning mohiyati

Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bolib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xojalik yuritish tizimining va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning o'zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni - iqtisodiy kategoriya sifatida qiymat olchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi.

Pul jamiyatda sodir bolayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi.

Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e’tibor qaratgan bolmasalarda3, iqtisodiy nazariyachilaming asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A. Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko^arib, unga “pul - bu muomalaning buyuk g‘ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta’rif beradi4.

D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, “Pul bu ~ savdo-sotiqning glldiragi emas, balki u yog‘, shu savdo-sotiq glldiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir” degan fikmi bildiradi5.

Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor В.I.Sokolov pulning mohiyatiga “pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlami ayirboshlash va tolovlami amalga oshirish ishlarini yengillashtiradi” deya takidlaydi6.

O‘zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va banklar masalasiga baglshlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. “Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlaming qiymati o‘z aksini topadi. Ikfanchidari, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon boladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bolgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin”7.

Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda “Pul - bu umumiy ekvivalent sifatida qollaniladigan universal tovaming alohida turi bolib, boshqa barcha tovarlaming qiymati u orqali ifodalanadi. Pul - bu boshqa ne’matlaming qimmatini olchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob-kitoblami amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir.

Pul - bu mutloq likvidlilikka>ega bolgan ne’matdir. Pul - bu iqtisodiy kategoriya bolib, odamlar oYtasidagi munosabatlar unda namoyon boladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlaming transaksion xarajatlarini tejashdan iborat”8.

Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlami eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384-322 y.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko'rish mumkin9.


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish