1. Qiymatning oddiy shakli. Qiymatning ushbu shakli natural xojalik tuzumiga xos bolib, mahsulotlaming ortiqchaligi vaqti-vaqti bilan vujudga kelgan sharoitda amal qilgan. Qiymatning oddiy shaklida ishlab chiqarish hajmining pastligi, yaratuvchi va oluvchining manfaatlari doimo ham bir-biriga mos kelmagan ayirboshlash jarayonida malum tovarlargina ishtirok etgan.
Ushbu davrda odamlar o'rtasida vujudga kelgan ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishiga ortiqcha mahsulotni buzilmasligi va turib qolmasligining oldini olishga bolgan ehtiyoj turtki bolgan. Masalan, bir qop don = bitta qo‘yga almashilgan va h.k. Bu jarayon ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda “qiymatning tasodifiy shakli” deb ham talddlanadi, chunki bu jarayonda asosiy e’tibor tovaming iste’mol qiymatiga qaratilgan. fAsosiy maqsad tovaming qiymati emas, balki uning iste’mol qiymatiga qaratilganj
Qiymatning kengaytirilgan shakli. Qiymatning
kengaytirilgan shakli jamiyatda mehnat taqsimotining vujudga kelish davri bilan bevosita bogliq bolib, ushbu davrda, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. Endi kishilar mahsulQtning.- .asosiy.. qisEtjiixii ayirboshlash uchun i shlah-. nhiqara boshladi. Natijada,
ishlab chiqarish salmogl ortib bordi, mahsulotlar tez-tez tovar sifatida ayirboshlash jarayonida ishtirok eta boshladi. Bitta tovar bir necha tovarga ayirboshlanadigan boldi. Ayirboshlash jarayonining vujudga kelishida, tomonlaming mafaatlari o‘zaro mos kelishi asosiy omil sifatida maydonga chiqdi.
Qiymatning kengaytirilgan shakli arnal qilgan davrda ayrim tovar turlari, mehnat qurollari va mollar pulning vazifasini bajargan. Masalan, bir qop don = bitta qo‘y, bitta boltaga ayirboshlana boshladi. Albatta, mamlakatning geografik xususiyati va ishlab chiqarishning rivoj lanish darajasi, ular oltasida pul vazifasini bajaradigan tovarlar va mahsulotlami ajralib chiqishiga sabab boldi. Masalan, AQShda tamaki, Sharqiy Xindistonda qand, fil suyagi, Qadimgi Gretsiyada buqa, Shotlandiyada mix, Misrda mis, shuningdek don, tuz va jun kabi mahsulotlar umumekvivalent vazifasini bajara boshladi.
Qiymatning umumiy shaklL Bu sharoitda umumekvivalent sifatida e’tirof etilgan tovarlar eramizdan oldingi V-IV asrlarga qadar pul vazifasini bajardi. Qiymatning umumiy shakli davrida, ishlab chiqarish
kengaydi va uning asosiy maqsadi barcha uchun zarur bolgan tovami c/zlashtirishga qaratildi.
Umumiy ekvivalent sifatida qoy, don, jun, qimmatbaho buyum va boshqalar e’tirof etildi, lekin ular o'zining xossasidan kelib chiqqan holda uzoq vaqt umumekvivalent vazifasini bajarmadi. Chunki, ishlab chiqarishning rivojlanishi, kishilar oYtasida iqtisodiy munosabatlami tezlashtirdi, bu sharoitda umumekvivalent vazifasini bajaradigan tovarlami olib yurish, saqlash va boshqa jarayonlar turli noqulaylik va qiyinchiliklami keltirib chiqardi.
Buning qiyinchiligi shunda ediki, masalan, dehqon ustiga kiyadigan kiyim olish uchun to'quvchiga donni taklif etsa, to‘quvchiga don emas, balki qoy zarurligini aytadi. Bunday paytda dehqon donni qo^ga almashtirish va shundan soYig to‘quvchiga qo^ni berib o‘ziga zarur bolgan kiyimni olishi mumkin, ya’ni ayirboshlash jarayonlarida ishtirok etayotgan tomonlaming manfaatlari doimo ham bir-biriga mos kelmasligi oqibatida, turli qiyinchlik va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Buning natijasida, qiymatning pul shakli vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |