O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalaming oglrligi (8,4 grammni tashkil etgan bo lib, “darik” deb nomlangan till a tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI-IV asrlarda hozirgi 0‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug'diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bolganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O'zbekiston zaminida amal qilgan bizga malum birinchi tangalar bolgan desak xato qilmaymiz.
Miloddan awalgi 330-327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor - mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug'diyonaga bostirib kiradi. Makedoniyalik Iskandar surati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g bolgan kumush\^raxnih, vazni 8,2 g bolgan kumush draxma (ikki draxma) hamda vazni 16,4 g bolgan kumush tetradraxma (to‘rt draxma) 1 ar zarb qilinib, ular muomalada bolgani malum. Shuningdek, vazni 8,4 g bolgan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq bolgan kumush dekadraxma ham zarb qilingan.
Yunon - Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 donaga yaqini Qashqadaiyo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘sha paytda draxma, didraxma, tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy manbalardan malum.
O‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar tasarrufida bolgan. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston hududida turli davrlarda zarb etilgan tangalar muomalada bolgan. Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb qilingan bolib, ularda sosoniy shohlarining suratlari bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan.
Hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi V asming ikkinchi yarmida Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadf: ~
Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo asta sekin rivojlana boshlagan va xalqaro savdo ham rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya (Rum) bilan amalga oshirilgan.
Eftaliylar dastlabki paytlarda sosoniy hukmdorlari Bahrom , va Perozning. kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida sosoniylar tomonidan eftaliylarga olpon sifatida tolangan juda ko*p miqdordagi kumush tangalar xazinada to'planganligiga bogliq deb taxmin qilinadi.
Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‘p miqdorda, ba’zi malumotlarga qaraganda 200 dan ko'proq marta metall tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram hudud o‘zi tanga zarb qilish huquqiga ega bolgan.
Umuman, V - VI asrlarda hozirgi 0‘zbekiston hududiga shimol va sharq tomonlardan turli ko‘chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib kirib kela boshlaydi. VIII asming o‘rtalarida O‘rta Osiyo ^rablat tomonidan bosib olinib, olkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt Movarounnahr deb atala boshlaydi. Shu davrdan boshlab muomalada bolgan metall tangalar kolinishida o'zgarishlar yuz bera boshlaydi. Asta-sekin tangalardan shoh va hokimlaming suratlari о‘mini islom oyatlari egallaydi. Natijada z«kufi» nomi bilan tarixda malum bolgan tangalar davri boshlariadi.
Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin; xalifa Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun huduaida yagona pul tizimini joriy etdi. Shu davrdan boshlab, yirik savdo bitimlariijj amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm bolgan oltin (dinof zarb etilgan. Maosh va soliqlar tolovi uchun vazni 2,B“gramm bolgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo- sotiq esa mis tangalar ~ fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma’nosini anglatadi) amalga oshirila boshlandi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‘sha davrda muomalada bolgan.
IX asrga kelib, Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan bolsada, ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro shahri bolgan. Somoniylar davlati o‘z tasarrufiga hozirgi 0‘zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning Xuroson viloyatini qamrab olgan markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan ko‘proq muddat davomida mavjud boldi.
XII asming o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadi. XII asr 80-90 yillariga kelib Xorazm o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni bo у sundir adi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172- 1200 yillar) va uning o‘gli Muhammad (1200-1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab - yashnagan.
Xorazmshohiar davlatida ham an’anaviy musulmon pul birliklari - oltin dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bolgan. Bu tangalarda ham an’an a tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‘ng xorazmshoh nomi bitilgan.
Mo'gtillar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazm va uning tobeligidagi xududlarda vazni 1,8-1,9 gramm bolgan kumush dirhamlar muomalada bolgan. Mayda savdo-sotiq uchun mis pullar chiqarilgan.
Mo'gtillar zulmiga qarshi xalq bosh kolaradi. Bu harakat tarixda “Sarbadorlar” qo‘zg‘oloni deb nom olgan. Bu qo‘zg‘olon natijasida Samarqanddan mo‘g4illar haydab chiqariladi. 1370 yilda Samarqand taxtiga Amir Temur otiradi va “Buyuk Temur” saltanatini barpo etadi. Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirglziston, Afg‘oniston, Armaniston va Eronning barcha hududi, Iroq, Hindiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozoglstonning bir qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 grammni tashkil etgan oltin dinorlar, shuningdek, vazni 1,8 gramm bolgan kumush tangalar - miralar ham zarb etila boshlagan. '
Amir Temuming 1 40 dan ortiq tanga zarbxonalari bolganligi va bu yerlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar Yevropada ham mashhur bolganligi haqida ko‘p malumotlar mavjud. Birgina G'arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temuming nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan17.
Rossiyada XIX asrda va XX asming boshlarida naqd pul shaklida oltin tangalar keng qollanilgan, xususan 1895-1897 yillardagi pul islohotlaridan keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘n va besh so‘mlik oltin tangalar mavjud bolgan. O‘zbekiston hududida ham oktabr inqilobiga qadar Chor Rossiyasining tangalari bilan
bir qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin tangalaridan foydalanilgan.
Jahon sivilizatsiyasining tobora rivojlanib borishi va iqtisodiy munosabatlaming takomillashuvi muomalada qog‘oz pullaming vujudga kelishiga zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar о‘mini qog‘oz pullar egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |