Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega boHadi:
nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmaydi;
ulami boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkin.
Biroq, natural pullaming hammasi ham yuqoridagi xossalami uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bolmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt olishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan. Pul paydo bolgandan to hozirgi kunga qadar turli shakllarda namoyon bolgan. Xususan, ular natural, metall, qog‘oz, kredit, elektron va kripto pullardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |