Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliyev pul va banklar



Download 2,71 Mb.
bet22/152
Sana23.01.2022
Hajmi2,71 Mb.
#405448
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T. M. Pul va banklar. darslik 2019

Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda va naqd pulli hisob-kitoblami tashkil etishda quyidagi ishlami bajaradi:

  • naqd pul aylanmasini xomchot (prognoz) qiladi;

  • pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi;

  • naqd pullami tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, saqlash va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi.

Naqd pul aylanmasini xomcho't (prognoz) qilish tartibi,

Naqd pul aylanmasini xomcho4 qilish tijorat banklarining aylanma kassalarini xomcholini tuzish yoli bilan amalga oshiriladi.

Markaziy bank Hisob-kitob kassa markazlari (HKKM) va tijorat banklarining tegishli hududlar bo^yicha aylanma kassalami xomchotini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qilib boradi.

Banklaming kassa aylanmalari xomchoti malum davrlar uchun naqd pullaming tushumi va chiqimi asosida tuziladi. Banklar kassa aylanmalari xomchoHni tuzish uchun o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslardan ulaming depozit hisobvarag‘i bo^icha har chorakning boshlanishidan 30 kun oldin buyurtmalarini oladilar.

Bank bolimi xizmat ko'rsatadigan yuridik shaxslaming asosiy depozit hisobvarag‘i boyicha aylanma kassa xomcholii asosida bankda naqd pullarning tushum manbalari va chiqim moddalarining yig‘ma qaydnomasini tuzadi.

Takidlash lozimki, banklar tomonidan tuzilgan aylanma kassa xomchoU amaliyotda doimo ham bajarilavermaydi. Ushbu holat obyektiv va subyektiv sabablar bilan izohlanadi. Albatta, bu ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, banklar o‘z majburiyatlarini toliq ravishda bajarmasligi aholi va mijozlaming ularga bolgan ishonchini pasayishiga sabab boladi.

Banklar yuridik shaxslardan olgan choraklik aylanma kassa xomchoHni oyma - oy taqsimlab chiqadilar. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:

  • har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari;

  • chakana tovar aylanmasi, ish haqi fondlari hajmining oylar bo"yicha o‘zgarib turishi mumkinligi;

  • aholining soliqlar, yiglmlar va boshqa majburiy tolovlami to lash muddatlari.

Tijorat banklari aylanma kassa xomchoTini yangi chorak boshlanishidan 15 kun oldin Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga taqdim etadi, ular esa Qoraqalpoglston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar boyicha umumlashtirilgan aylanma kassa xomchollarini chorak boshlanishidan kamida 5 kun oldin Respublika Markaziy bankiga taqdim etadilar. Tijorat banklari va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari kassa aylanmalari xomchoTi bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo'shib jo‘natishlari lozim.

Tushuntirish xati qisqa bolishi kerak, unda kassa aylanmalarining toliq asoslangan xomchoti hamda olgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘zgarishlarga tushuntirishlar beriladi.

Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda pul- kredit siyosatining bevosita va bilvosita instrumentlardan foydalanadi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda tijorat banklari va Markaziy bankning Hududiy bosh boshqarmalari (MB HBB) bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishda tijorat banklari quyidagi ishlami amalga oshiradi:

-jismoniy shaxslaming bo‘sh pul mablaglarini omonatlarga jalb qilishga, jismoniy shaxslar pul daromadlarining naqd pulsiz tartibda omonatlarga olkazilishini kengaytirishga, tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblami, shu jumladan bank kartalaridan foydalangan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar koTadilar;

-yuridik shaxslar bilan kelishgan holda ulaming kassalaridagi naqd pul qoldig‘i limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatlarini belgilaydilar;

-naqd pul mablaglarining bar kuni kelib tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar;

-haqiqatda tushgan tushumlar va berilgan naqd pullaming kassa aylanmalarining xomcho^ hisob- kitoblaridan farq qilish sabablarini tahlil qiladilar hamda naqd pul tushumlarining ko‘payishini ta’minlash choralarini ко "radii ar.

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi (MB HBB) zimmasiga pul muomalasiga doir ishlami tashkil etish, Qoraqalpoglston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tijorat banklarining faoliyatini muvofiqlashtirish va uning monitoringi yuklatiladi. MB HBBlari xususan quyidagi ishlami amalga oshiradi:

  • pul muomalasining holatini oYganadi, banklaming kassa aylanmalarini tahlil qiladi, pul muomalasining holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlami jamlaydi va tartibga soladilar;

  • pul muomalasini mustahkamlashga qaratilgan takliflami tayyorlab, Qoraqalpoglston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining joylardagi davlat boshqaruv organlari muhokamasiga qo"yadilar;

  • naqd pulga bolgan talabni uzluksiz ta’minlashni nazarda tutib, mintaqalar va tijorat banklari filiallari oYtasida naqd pul mablaglarini tezkor qayta taqsimlashni amalga oshiradilar;

  • tijorat banklari bilan birgalikda naqd pul zaxiralari haj mining eng kam miqdorini tasdiqlaydilar;

  • banklaming pul muomalasiga doir ishlarini tahlil qiladi va oYganadilar.

Xojalik yurituvchi subyektlar “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga (1998 yil 17 dekabrda 565 - son bilan ro"yxatga olingan) muvofiq o‘z kassalarida naqd pul qoldiqlari bo"yicha belgilangan limitlar doirasida naqd pulga ega bolishlari mumkin.

Yuridik shaxslar kassadagi belgilangan naqd pul qoldiglning limitdan ortiqcha qismini bank bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda hisobvaraqqa kiritib qoyish uchun bankka topshirishlari shart.

Kassadagi naqd pul qoldigl limitlarini, tushumni topshirish tartibi va muddatlarini belgilash uchun banklar yilning birinchi choragida savdo tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan buyurtmanoma - hisob-kitob oladilar.

Kassadagi naqd pullar qoldig‘i limiti har yili kassaga ega bolgan va naqd pulli hisob-kitoblami amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslarga belgilanadi.

Yuridik shaxsning turli banklarda bir nechta hisobvaraqlari mavjud bolgan taqdirda u o‘z ixtiyoriga ko‘ra xizmat koYsatuvchi banklaming biriga kassadagi naqd pul limitini belgilash uchun hisob-kitob bilan murojaat etadi. Banklaming birida kassa qoldigl limiti belgilangandan so'ng yuridik shaxs belgilangan kassa qoldigl limiti to‘g‘risidagi xabamomani unga tegishli hisobvaraqlar ochilgan boshqa banklarga jo‘natadi.

Kassadagi naqd pullar Hmitini belgilash uchun buyurtmanoma - hisob-kitobni xizmat koYsatuvchi banklaming birortasiga taqdim etmagan yuridik shaxslar bo^icha kassa qoldigl limiti nolga teng deb hisoblanadi, yuridik shaxs tomonidan bankka topshirilmagan naqd pul mablaglari esa limitdan ortiqcha deb hisoblanadi.


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish