Toshkent kimyo texnologiya instituti



Download 2,78 Mb.
bet25/34
Sana20.02.2022
Hajmi2,78 Mb.
#460448
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
Bog'liq
2 5197295540697569475

8- LABORATORIYA ISHI


SOLOD TARKIBIDAGI AMILOLITIK FERMENT FAOLLIGINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Ferment preparatlarining amilolitik aktivligini aniqlash.
Kerakli asboblar: 100 ml xajmli kolba, probirkalar, shtativ, pipetkalar, fotoelektrokolorimetr, termostat, suv xammomi.
Reaktivlar: Ferment preparati, atsetat bufer eritmasi, 1% li kraxmal eritmasi, ishchi yod eritmasi.
Nazariy qism. Ferment preparatlarining amilolitik aktivligi (AS) kolorimetrik, yodometrik metod bilan aniqlanadi.
Bu metodning asosida fermentativ reaktsiya tezligi xisobiga gidrolizlangan kraxmal miqdorini aniqlash yotadi. Amilolitik aktivlik deb - fermentlarning kraxmalni asosan dekstrinlar va qisman oligosaxaridlarga parchalash qobiliyatiga aytiladi. Bu aktivlik asosan muxitda alfa-amilaza fermenti mavjud bo’lganda yuzaga keladi.
Aktivlik AS 1 gr maxsulotdagi shartli birlikda o’lchanadi. 1 birlik amilolitik aktivlik deb - aniq belgilangan sharoitda 1 gr erigan kraxmalni turli molekulyar massadagi dekstrinlargacha gidrolizini katalizlash uchun sarflangan ferment miqdori tushuniladi. Kraxmalni gidrolizlanish darajasi kolorometrik-yodometrik metod bilan aniqlanadi.
Ishning borishi: Kraxmalni gidrolizlashda fermentativ reaktsiya belgilangan sharoitda: xarorat 300 S, rN muxiti 4,7 - 4,9, reaktsiya davomiyligi 10 min, reaktsiya muxitining xajmi 15 ml. Analiz uchun 2 ta probirka olinadi va xar biriga 10 ml substrat solinadi, so’ngra 300 S xarorat ulьtratermostatda 5-10 min ushlanadi. So’ng probirkalarni termostatdan olmay turib, birinchisiga 5 ml distillangan suv (kontrol namuna), ikkinchisiga 5 ml ferment eritmasi solinadi (aniqlanadigan namuna) probirkani yaxshilab aralashtiramiz va 10 daqiqa ulьtratermostatda ushlanadi. SHundan so’ng probirkalar termostatdan olinadi va 50 ml yod eritmasi bo’lgan probirkaga 0,5 ml dan quyiladi va aralashtiriladi.
Reaktsiya maxsulotlari yod bilan reaktsiyaga kirishadi va natijada kontrol eritma ko’k rangda, aniqlanadigan eritma siyoxrang-jigar rangga kiradi. Eritmalarning optik zichligi FEK da kyuvetalarning qalinligi 10 mm va to’lqin uzunligi 630-670 nm diapazonda o’lchanadi.
Bunda ikkita optik zichlik qiymati olinadi: kontrolь eritmaning optik zichligi D1, aniqlanadigan optik zichligi D2 Gidrolizlangan kraxmal massasi quyidagi tenglamada aniqlanadi.

bu yerda: D1 - nazorat eritmaning optik zichligi;
D2 - aniqlanadigan eritmaning optik zichligi;
0,1 - analiz uchun olingan kraxmal massasi, gr.
Agar gidrpolizlangan kraxmal miqdori 0,02 dan kichik yoki 0,07 gr. dan ko’p bo’lsa, analiz qaytadan bajariladi va ferment eritmasini suyultirish darajasi oshiriladi yoki kamaytiriladi.
Agar reaktsiya natijasida gidrolizlangan ferment miqdori 0,02-0,07 gr. orasida bo’lsa, amilolitik ferment aktivligi quyidagi formulada aniqlanadi.

bu yerda: 6,889 va 0,02939 ekperiment yo’li bilan olingan koeffitsientlar; m –gidrolizlangan kraxmal massasi; m1 - reaktsiya muxitidagi ferment massasi, mg.
XISOBOT


Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish