Qadoqlash, tamg’alash.Hom dudlangan kolbasalar yog’och, taxta, polimer, alyuminli yashiklarga yoki Sog’liqni Saqlash Vazirligi ruxsat bergan boshqa materiallardan tayyorlangan taralarga, hamda maxsus konteynerga qadoqlanadi.
Kolbasa uchun tara toza, quruq, mog’orsiz va yod hidlarsiz bo’lishi kerak. Ko’p qavatli taralar qopqoqqa ega bo’lishi kerak.
Brutto massasi 30 kg dan oshmasligi kerak.Har bir yashik yoki konteynerga kolbasaning faqat bitta turi qadoqlanadi.Mahalliy realizatsiyaga massasi 250 g dan kam bo’lmagan hom dudlangan kolbasalarning butun bo’lmagan batonlari ruxsat beriladi.Bunda batonlarning kesilgan uchlari salfetka yoki salofan, pergament yoki boshqa Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan ruxsat etilgan materiallar bilan o’ralgan, kanop ip yoki rezina bilan bog’langan bo’ladi.Jami butun bo’lmagan batonlarning soni partiyaning 5% idan oshmasligi kerak.
Transportirovka qilishda tamg’alash – qo’shimcha ravishda manipulyatsiyalovchi belgi “Tez buziluvchi yuk” va tara massasini kiritish.
Transportirovka qilish tamg’asini ko’p qavatli mahsulotga belgilamaslikka faqat mahalliy realizatsiyaga mo’ljallangan tovarga ruxsat beriladi.Hom dudlangan kolbasalar massasi 2 kg dan ko’p bo’lmagan karton qutilarga qadoqlab ishlab chiqariladi.
Har bir karton qutidagi etiketka quyidagi ko’rsatmalarga ega bo’lishi kerak:
Ishlab chiqaruvchi-korxonaning nomi; qayerga tegishliligi va tovar belgisi;
Kolbasaning nomi va navi; ozuqaviy va energetik qiymati; netto og’irligi, kg, va qadoq bilan birga kolbasaning narxi, chakana 1 kg uchun narxi, qadoq uchun narxi, hozirgi standart belgilari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Hom dudlangan kolbasalar vakuum ostida Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan shaffof gaz o’tkazmaydigan qatlamga qadoqlangan holda; yasatishga mo’ljallangan kichkina bo’laklarda netto massasi (50+6), (100+4), (150+4), (200+6), (250+6) gr yoki netto massasi 50 dan 270 gr gacha; porsiyali kesishda (butun bo’lak) netto massasi 200 dan 400 gr gacha bo’lishi mumkin.
Chakana savdo tarmoqlarida mahsulotning har 100 gramida ozuqaviy va energetik qiymati (oqsil, yog’, kaloriyasi) haqida ma’lumotlar berilgan bo’lishi kerak.
Saqlash.Kolbasalar 12 dan 15°С gacha haroratda va nisbiy namligi 7578% da 4 oygacha; -2 dan -4°С gacha haroratda – 6 oygacha; -7 dan -9°С gacha haroratda esa – 9 oygacha saqlanishi kerak.Kichik bo’laklarga kesilgan va vakuum ostida polimer qatlam bilan qadoqlangan kolbasalar 5 dan 8°С gacha haroratda 8 sutka, 15 dan 18°С gacha bo’lsa 6 sutkagacha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |