Fermentativ reaksiya tezligiga substrat konsentratsiyasini ta’siri.
Substrat
konsentratsiyasi oshishi bilan reaksiya tezligi osha boradi. Ma’lum konsentratsiyaga
yetganda reaksiya tezligi o‘zgarmay qoladi. Ba’zi bir fermentlar uchun yuqori
konsentratsiyada fermentlarni faolligi kamayadi.
Fermentativ reaksiya tezligiga ferment konsentratsiyasini ta’siri.
Ferment
konsentratsiyasi oshgan sari reaksiya tezligi oshadi.
Fermentlarni faolligiga haroratni ta’siri.
Fermentlarni maksimal faolligi 37-
50
o
C atrofida bo‘ladi, lekin ba’zi bir fermentlar yuqori haroratda ham faolligini
namoyon etadi. Bu fermentlarni yuqori haroratga barqarorligiga bog‘liq. Yuqori
haroratda 2 ta jarayon yuz beradi. Birinchi jarayonda harorat oshishi bilan reaksiya
tezligi oshadi. 2 jarayonda harorat oshishi bilan ferment denaturatsiyaga uchrashi
tufayli faollik kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |