Invertaza.
Saxarozani inversiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Konditer
mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Lipaza.
Xushbuylikni va ta’mni oshirish maqsadida erkin yog‘ kislotalarni
ahamiyati katta. Shuning uchun moy va yog‘larni modifikatsiyalash maqsadida
qo‘llaniladi
.
Tabiiy sharbatlar ishlab chiqarishda ham fermentlar keng qo‘llaniladi.
Sharbatlarni tiniqlashtirish va barqarorlashtirish uchun asosan pektolitik va
proteolitik fermentlardan foydalaniladi
.
Glyukozooksidaza va katalaza.
Mahsulotni sifatini oshirish maqsadida va uni
tarkibidagi kislorodni olib tashlash maqsadida qo‘llaniladi.
Immobillangan fermentlar.
Uzoq vaqt oziq-ovqat sanoatida suvda eriydigan erkin ferment preparatlari
qo‘llanilib kelingan. Bu fermentlar faqat bir marotaba ishlatilar edi. Hozirgi vaqtga
kelib fermentlarni immobillab qayta-qayta, bir necha marta ishlatish usullari
yaratilgan.
Immobillangan fermentlar deganda ularni inert qattiq moddalarga biriktirib
muhitdagi erkin harakatini cheklab qo‘yish tushuniladi. Immobillashni fizikaviy va
kimyoviy usullarni mavjud.
Fizikaviy usulda ferment qattiq sirt yuzasiga, yoki polimer gel ichiga kovalent
bog‘siz biriktirib qo‘yiladi. Misol qilib, metall oksidlari yuzasida fermentlarni
adsorbsiyalashni keltirish mumkin. Yarim o‘tkazuvchi polimer ichiga kiritish, yarim
o‘tkazuvchi polmer bilan ferment molekulasini ajratish va boshqa.
Kimyoviy usulda ferment bilan qattiq faza orasida kovalent bog‘ hosil qilinadi.
Masalan, poliamid granulalariga fermentni glutar dialdegidi bilan kovalent bog‘
orqali immobillash mumkin.
Fermentativ va kimyoviy kataliz asoslari o’rtasida deyarli farq yo’q, ularning
kimyoviy mexanizmlari bir xildir. Lekin shunga qaramay normal bosimda suvli
eritmalarda
da fermentlar samarali katalizatorlardir. Buni tushuntirish uchun
ferment-substrat kompleksini hosil bo’lishi hisobiga amalga oshadigan bir necha
omillar keltiriladi: yaqinlashish, yopishish va yo’nalish. Bu omillar reaksiya
energetik barherini kamaytiradilar. D.Koshlandni “indutsirlangan to’g’ri kelish”
ta’limotiga ko’ra substratni bog’lanishida fermentni konformasiyasi shunday
o’zgaradiki, bunda katalitik guruhlar katalizni samarali sodir bo’lishini ta’minlovchi
holatni
egallydilar.
Substrat
tomonidan
amalga
oshiriladigan
ferment
konformasiyasini o’zgarishi erkin ferment uchun ham ruxsat etilgan holatlarda sodir
bo’ladi. Ferment ta’sirini samaradorligiga oralatma kislota-asos hamda nukleofil
kataliz katta hissa qo’shadi. Mikromuhit omili ham katta ahamiyatga ega. Eng ko’p
tarqalgan ta’limotga binoan energetik barerni kamayishi substrat tuzilishini substrat-
ferment kompleksida oraliq holat tuzilishiga yaqin kelishi bilan tushuntiriladi.
Takrorlash uchun savollar.
1. Fermentlarni biologik tabiati qanday?
2. Substrat va ferment konsentratsiyasi reaksiya tezligiga qanday ta’sir etadi?
3. Qanday fermentlar oziq-ovqat sanoatida keng qo’llaniladi?
4. Immobillangan fermentlar nima?