Xom ashyo tarkibidagi fermentlar
Dukkakli va boshoqli o‘simliklar tarkibida gidrolitik fermentlar mavjud bo‘lib
va ular yuqori molekulali moddalarni (oqsillarni, polisaxaridlarni, yog‘larni)
gidrolizlanishida qatnashadi. Masalan, bug‘doy donida bir necha turdagi proteolitik
fermentlar aniqlangan. Ular bir-biridan pH optimumi bilan farqlanadi (nordon pH
3,7 - 4,0; neytral pH 6,5 - 7,0; ishqoriy pH > 8,0 proteinazalar). Neytral proteinazani
faolligi yuqori bo‘lib kleykovinani katta tezlikda parchalaydi.
Bundan tashqari amilolitik fermentlar ham mavjud bo‘lib kraxmalni
gidrolizlanishida muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |