Havoning nisbiy namligi
(%larda ifodalanadi)- bu havo namligi absolyut
miqdorining ushbu haroratdagi maksimal to‘yinishiga nisbatini yoki havoning suv
buhi bilan to‘yinish darajasini bildiradi.
Mahsulotlarni saqlashda namlikning muvozanatlashuvi kuzatiladi. Bunda
mahsulotlar namlikni yutmaydi, yoki mahsulotlar ustidagi suv buhining bosimi atrof
muhitdagi suv buhlarining parsial bosimga teng bo‘ladi. Bosimning o‘zgarishida,
namlik, havo haroratining o‘zgarishida suvning muvozanat namligi o‘zgaradi.
Ozuqaviy maqsadlarda ishlatiladigan vodoprovod suvining tarkibida 1 l da 3
tadan ichak tayoqchalari bo‘lmasligi, tiniq, rangsiz, hidsiz, begona ta’mlarsiz bo‘lishi
va qattiqligi (1 l N
2
O da Sa va Mg ionlarining miqdori) – 7 mg ekv/l oshmasligi, quruq
qoldihi –1000 ml/l dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Quruq moddalar va namlik miqdori ma’lum miqdorda xom ashyo, yarim tayyor
mahsulot va tayyor mahsulotning sifatini belgilaydi. Oziq-ovqat sanoatida
qo‘llaniladigan xom ashyo va tayyor mahsulotlarning tannarxi namlik miqdoriga
bohliq bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi suvning miqdorini baholashda 2 ta asosiy
ko‘rsatkichdan foydalaniladi: namlik massasining ulushi va quruq moddalar
massasining ulushi. Ushbu 2 ta ko‘rsatkich %-larda, yoki birlik ulushlarida ifodalanadi.
Namlik massasining ulushi (V) birliklarning ulushida quydagicha ifodalanishi
mumkin:
;
)
(
;
)
(
m
m
m
B
m
m
m
m
m
B
c
c
в
в
в
bu yepda: m-matepialning umumiy massasi,g; m
v
-materialda bo‘lgan suvning
massasi, g; m
s
– quruq qoldiqning massasi, g.
Quruq moddalar massasi A birliklardagi ulushida quydagicha ifodalanishi
mumkin:
;
)
(
;
)
(
m
m
m
A
m
m
m
m
m
A
c
c
в
в
в
Namlik massasi ulushining quruq moddalar massasining ulushi bilan bohliqligi
quydagicha ifodalanadi:
A = 1 - V
(1)
V = 1 - A
(2)
Agar namlik massasining ulushi, yoki quruq moddalar massasining ulushi
birliklar ulushida emas, % larda ifodalansa, yuqorida keltirilgan formulalarni o‘ng
qism 100 ga ko‘paytiriladi. (1 va 2) formulalarda 1 sonining o‘rniga 100 soni
qo‘yiladi.
Suv miqdorini nazorat qilish uchun turli xil uslublardan foydalaniladi. Eng aniq
natijalarga kimyoviy yodpiridinsulfat uslubi (M.Fisher uslubi) va 100-105
0
S haroratda
doimiy massagacha quritish bilan erishiladi. Doimiy massagacha quritish uzoq davom
etganligi, kimyoviy uslub murakkab bo‘lganligi sababli juda kam qo‘llaniladi.
Quritishning termogravimetrik uslubi tekshirilayotgan xom ashyodan namlikni
yuqori harorat yordamida chiqarishdan iborat. Bunda tekshirilayotgan mahsulot
o‘lchanmasi 2 marta o‘lchanadi: quritishdan oldin va quritishdan keyin. Mahsulotdagi
namlik yo‘qotilishi shartli ravishda mahsulotning namligi deb hisoblanadi. Quritish
usuli bilan quruq moddalar miqdorini aniqlash uchun quritish shkafidan foydalaniladi.
Quritish shkafida quritish 50-150
0
S haroratlarda amalga oshiriladi.
Quritishni tezlashtirilgan usulida VCh-asbobidan foydalaniladi. Asbobning ishchi
qismi elektr bilan isitiladigan 2 ta cho‘yan blok, yoki yaxlit plitalardan iborat.
Quritishning optimal davomiyligi mahsulotning turiga bohliq bo‘lib, 3-7 min tashkil
etadi, xarorati esa 160
0
dan 170
0
S gacha bo‘ladi.
Quruq moddalarning umumiy miqdorini aniqlash uchun refraktometrdan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |