Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

4-MA’RUZA 
 
ISHQORIY NEYTRALLASH 
 
 
Reja:  Ishqorli  neytrallash  jarayoni  mohiyati.  Ishqor  sarfini  hisoblash.  Ishqor 
eritmasini  tayyorlash.  Ishqorli  rafinatsiya  mexanizmi.  Rafinatsiya  jarayoniga  turli 
omillarning  ta’siri.  Neytrallashdagi  chiqindilar.  Neytrallash  usullari  va  texnologik 
rejimlari.  
 
O‘simlik  yog‘larida  ma’lum  miqdorda  erkin  yog‘  kislotalari  bo‘ladi,  bular 
yog‘ning  sifatiga  bog‘liq.  Erkin  yog‘  kislotalarining  bo‘lishi  yog‘  sifatini 
yomonlashtiradi,  oziqaviy  qiymatini  kamaytiradi.  Yuqori  haroratda  erkin  yog‘ 
kislotalari  apparatlarning  korroziyalanishiga  olib  keladi.  Oziq-ovqat  uchun 
ishlatiladigan  yog‘larning  kislota  soni  0,2-0,3  mg  KOH  dan  oshmasligi  kerak. 
Bundan esa erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish zarurligi kelib chiqadi. 
Sanoatda quyidagi usullar bilan yog‘ kislotalari yo‘qotiladi. 
1.  Erkin yog‘ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya). 
2.  Yuqori  haroratda  va  vakuum  ostida  erkin  yog‘  kislotalarini  yo‘qotish 
(distillyasiyali rafinatsiya).  
  3.      Erkin  yog‘  kislotalarini  yog‘dan  selektiv  erituvchilar  yordamida  ajratib 
olish (ekstraksiyali rafinatsiya) 
 
Sanoatda asosan ishqorli rafinatsiya va oxirgi yillarda distillyasiyali rafinatsiya 
ko‘proq  ishlatilmoqda.  Selektiv  erituvchilar  yordamida  rafinatsiyalash  hali  amaliy 
jihatdan yog‘-moy korxonalarida ishlatilgani yo‘q.  
Ishqorli  rafinatsiya-keng  tarqalgan  usul  hisoblanadi.  Bu  usulda  yog‘ 
kislotalarini  yog‘da  erimaydigan  tuzi,  ya’ni  sovun  hosil  bo‘ladi.  Bu  reaksiya 
quyidagicha ifodalanadi. 
 
RCOOH  + NaOH            RCOONa  + H
2
 O 
Sovunning  suvli  eritmasi  katta  zichlik  hisobiga  yog‘dan  ajraladi.  Ajralgan  sovunli 
massa  soapstok  deyiladi.  Sovun,  o‘zining  yuqori  adsorbsion  xususiyatiga  ko‘ra 
yog‘dan  quyidagi  aralashmalarni  ajratib  oladi:  fosfatidlar,  oqsillar,  shilimshiq 
moddalar,  bo‘yovchi  moddalar  va  x.k.  Shuningdek  sovun  parchalari  mexanik 
aralashmalarni  ham  ushlab  qoladi.  Ishqor  ma’lum  miqdorda  neytral  yog‘ 
(triglitserid)ni    sovunlaydi.  Ayrim  vaqtda  yog‘ni  oqartirish  uchun  ishqorni  ko‘p 
miqdorda qo‘shiladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish