Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti



Download 4,82 Mb.
bet48/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Birinchi aylanma- qismida suv havzasidan foydalanish mumkin emas.
Ikkinchi aylanma - chegara hududi - tarmoqqa suv olinadigan daryo oqimi bo‘ylab yuqoridan bir necha o‘n kilometrgacha cho‘zilib boradi. Chegara hududi daryo oqimi bo‘yicha bir necha yuz metrgacha boradi. Bu hududda tozalanmagan oqar suvlami oqizib yuborish, suv havzasi va qirg'oq bo ‘ylaridan foydalanish man etiladi.
Yer osti suv manbaidan foydalanib vodoprovod qurilganda qat’iy nazorat hududi atrofi 250-500 metrli doira bilan chegaralanadi. Chegaralangan maydon namunali obodonlashtirilishi kerak. Sanitariya qismlarining ruxsatisiz bu yerda yer osti suvlarining ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yer ishlariga ijozat berilmaydi (quduqlar, karerlar, o‘ralar kovlash, yer osti sug‘orish inshootiari qurish va boshqalar).
Uchinchi aylanma - kuzatish chegarasi. Bu hududda keng miqyosda epidemiologik ishlar olib boriladi: jumladan, kasal bo‘lganlami nazoratga olish, aholi orasida ichakning yuqimili kasalligi kuzatilsa uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, tezkorlik bilan chora ko‘rish, vodoprovod suvini zararsizlantirish usulini qayta ko‘rib chiqish. Tashqi muhitni ifloslashi mumkin bo‘lgan qurilishlami nazorat qilish va hokazolardan iborat.
Nazorat hududi kichik daryolarda boshidan oxirigicha, katta daryolarda esa sharoitga qarab belgilanadi.
Suv manbalarining sanitariya chegaralari joylardagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. Markazlashgan suv bilan ta’minlash ustidan joriy sanitariya nazorati olib borishda manbadagi suv sifati muntazam nazorat qilib turiladi. Buning uchun xlorlangan suv turadigan rezervuarlaming chiqish joyidagi suvdan namuna olinadi. Tarmoqning turli uchastkalaridagi vodoprovod suvining sifati ham nazorat qilinadi, buning uchun ko‘chalardagi barcha suv taqsimlash kolonkalaridan va tarmoqning boshi berk uchastkalaridagi jo‘mraklardan hamda boshqa joylardan navbatma-navbat muntazam namuna olib turiladi. Namuna suvning organoleptik xossasi, mikroblar soni, kolititri yoki koliindeksi aniqlanadi.
Suvning aylanma hududlarida uni ifloslanishdan saqlashga jalb etilgan shaxslami tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bakteriya tashuvchilikka tekshirish hamda passiv immunizatsiya chora-tadbirlarini bajarib turish zarur. Bu tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklanadi.
Suv manbalari yuqorida aytganimizdek yog‘in suvlari, yer osti va ochiq suv havzalariga bo‘linadi.
Yog‘in suvlaridan xo'jalik ehtiyojlari hamda ichish uchun faqat o'zga suv manbalari bo'lmagan hollardagina foydalaniladi.
Yog'in suvlari har xil tuzlar kamligi tufayli juda yumshoq bo'ladi. Atmosfera havosi toza joylarda yog'in suvlari tarkibida organik moddalar, patogen mikroblar kam uchraydi. Lekin sanoati rivojlangan shaharlarda yog'in suv tarkibida ko'p miqdorda har xil kimyoviy birikmalar, organik moddalar, radioaktiv elementlar va hokazolar bo'lishi mumkin.
Yer osti suvlari. Qor-yomg'ir suvlari qisman qayta havoga ko'tanladi, bir qismi ochiq suv havzalariga qo'shilsa, yana bir qismi g'ovak yerlar orqali asta-sekin sizilib yerga shimiladi. Suv o'tkazmaydigan jinslar (loy, granit, yaxlityaxlit ohaktoshlar)ning birinchi qatlami ustida to'plangan suv, yer osti suvlarining birinchi qatlamini hosil qiladi, ana shu suv yer osti suvi deb ataladi.
Mahalliy sharoitlarga qarab yer osti suvlari 1-2 m dan to bir necha o'n metrgacha qalinlikda bo'ladi. Suv o'tkazmaydigan qatlam qiyaligi bo'ylab yer osti suvlari balanddan pastga oqadi; tabiiy suzilish jarayonida muallaq zarrachalar va mikroblardan tozalanib, mineral tuzlar bilan boyiydi. Yer osti suvlari tiniq, sal-pal rangli, ular qancha chuqur joylashsa, tarkibidagi erigan tuzlar miqdori shuncha oshib boradi. Mayda donali jinslar bilan qoplangan yerlarda 5-6 m chuqurlikdagi yer osti suvlarida deyarli mikroblar bo'lmaydi.
Tuprog'i axlat va chiqindilar bilan ifloslangan joylarda yer osti suvlarining kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar bilan zararlanish xavfi tug'iladi, Tuproq qancha chuqur ifloslansa va yer osti suvlari qancha yuzada bo'lsa, bu xavf shuncha ko'p bo'ladi.
Yer osti suvlari gigiyenik talablarga deyarli javob beradigan joylarda shaxta quduqlari va parma - truba quduqlari suvlaridan keng foydalaniladi. Odatda, yer osti suvi kelib turadigan shaxta quduqlaridan bir sutkada 1 dan 10 m3 gacha suv olish mumkin. Yer osti suvlari suv o'tkazmaydigan jinslar qatlami ostidagi sohaga o'tib ketishi mumkin. Bu uchastkada ular qatlam lararo suvga aylanib, suv o'tkazmaydigan bo'shliq bilan suv o'tkazmaydigan qatlam o'rtasiga joylashib oladi. Qatlamlararo suvlar 15m dan bir necha yuz metrgacha chuqurlikda bo'ladi.
Qatlamlararo suvlar doimiy mineral tarkibga ega. Ular odatda gigiyenik talablarga to'la javob beradi. Tarkibida tuzi ko'p, juda qattiq, sho'r, achchiqsho'r, ftor, temir, vodorod sulfid yoki radioaktiv moddalarga boy suvlar ham uchraydi.
Qatlamlararo suvlar yer ostida uzoq masofada oqqanligi, usti esa suv о tkazmaydigan bir yoki bir necha qatlam bilan qoplanganligi tufayli (bu qatlamlar suvni ifloslanishdan saqlab turadi) bakterial jihatdan toza bo‘ladi, uni odatda qaynatmasdan ichsa ham bo‘ladi. Qatlamlararo suvlar doimiy yoki katta (soatiga 1 dan 2000 m3 gacha va bundan ortiq) debitga ega bo‘lganligi, shuningdek, sifati yaxshiligi tufayli uncha katta bo‘lmagan va o ‘rtacha vodoprovod tarmoqlarini suv bilan ta’m inlaydigan eng yaxshi manba hisoblanadi.
Yer osti suvlari yer yuziga o‘z-o‘zidan chiqishi mumkin. Bular buloqlardir. Relef tushganda (masalan, tog‘ning yon bag‘ri, chuqur soylar) yer osti suvi saqlanadigan qatlam yorilib ketsa, yer yuziga yer osti suvlari ham, qatlamlararo suvlar ham chiqib ketishi mumkin. Ko‘p hollarda buloq suvining sifati yaxshi bo‘ladi. Bu buloqqa suv kelib turadigan qatlam va kaptaj (buloqni o‘rab turgan inshoot)ning qanday qurilganligiga bog‘liq.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish