Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti



Download 4,82 Mb.
bet50/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Мавзу: ISITISH VA VENTILYATSIYA.

Turar joylar mikroiqlimi xonadagi havo sharoiti: harorat, namlik, havo harakati va xonalami o'rab turgan va yuza haroratdan iborat. Turar joy mikroiqlimi organizmga katta ta’sir ko'rsatadi.


Turar joylarning sun’iy mikroiqlimi odam organizmida issiqlik almashinuvi va salomatlik uchun qulay sharoit yaratishi kerak. Bu sharoitlar asosan devorlar va binodagi boshqa unsurlaming tuzilish xususiyatlariga, isitish va shamollatishga bog'liq. Turarjoy xonalari mikroiqlimi havo haroratiga bog'liq. Tekshimvlaming ko'rsatishicha (xona o'rtasida poldan 1,5 m balandlikda), o'rtacha va iliq iqlim sharoitida qishda turar joylarda 19-20°C, sovuq iqlimda - 20-22°C (sinflarda, auditoriyalarda 16-18°C) eng ma’qul harorat hisoblanadi. Haroratning o'zgarishi ko'pi bilan 2-3°C bo'lishi kerak. Yer sovuq bo'lsa, oyoq sovqotadi, odam o'zini yomon sezadi, shamollab qoladi, ayniqsa bolalar shamollaydi. Xonadagi havo haroratining bir kecha-kunduzdagi o'zgarishi ham ahamiyatga ega. Markazlashgan isitishda 2-3°C atrofida, pechka bilan isitishda 4-6°C atrofida bo'lishi mumkin.
Devorlar va polning ichki sathidagi harorat xonadagi havo haroratiga yaqin bo'lishi kerak. Agar tashqi devorlar harorati xona havosi haroratidan 5-6° past bo'lsa, bu holda nur ajralib issiqlik yo'qolishi shunchalik kuchli bo'ladiki, havo harorati me’yorida bo'lishiga qaramay, odam devor yaqinida sovqotadi. Harorat farqi 6°C dan ortiq bo'lsa, xona havosidagi bug' devorga urilib, namiqadi, ko'proq issiqlik o'tkazuvchan bo'lib, yana ham soviydi.
Xonadagi havoning eng ma’qul nisbiy namligi 40-60% deb hisoblanadi. Yuqori namlik organizmga salbiy ta’sir ko'rsatadi, bundan tashqari, binolaming yog'och qismini chiritadigan va yoqimsiz hid chiqaradigan o'ziga xos zamburug'lar paydo qiladi. Xonaning namlanish sabablari turlicha: chunonchi, devorlar tuproq namligidan yetarlicha himoyalanmasa, xonalardan noto'g'ri foydalanilsa namiqadi. Namlikka qarshi kurashish uchun poydevori ustidan yog'och yoki sement qatlami, qoraqog'oz tashlash, issiqni me’yorida tutish, devorlami qo‘shimcha isitish (masalan, suvash), xonalami shamollatib tunsh kerak. Har qanday devomi yaxshi qurigandan keyin suvash kerak.
Uylar ikki usulda: markazlashgan va mahalliy yo‘l bilan isitiladi.
Markazlashgan isitishning turli ko‘rinishlari mavjud boiib, qator afzalliklarga ega: tashqi haroratdan qat’i nazar, harorat bir me’yorda turadi, havo buzilmaydi. Bug‘, suv, panel bilan isitish farq qiladi. Bug‘ xonaga bosim ostida quvurlar orqali beriladi. Bunda isitgich asboblar (radiatorlar) yuzasidagi harorat 100°C dan oshmaydi. Buning kamchiligi shundaki, issiqlik uzatishni boshqarib boimaydi, radiatorlar yuzasidagi chang kuyadi, harorat yuqori boiadi.
Past bosim ostida suv bilan isitish birmuncha keng tarqalgan. Bunday yoi bilan isitishning afzalligi shundaki, radiatorlar yuzasi ko‘pi bilan 80°C gacha qizdirilganda xonada zarur havo haroratini tutib turishga imkoniyat yaratiladi. Bu sistemadan kasalxonalar, turar joy va jamoat binolarini isitish uchun foydalaniladi.
Panelli yoki radiatsion isitish eng ozoda isitishga kiradi. Devorlar, shiftlar, pollar, issiqlik manbai sifatida xizmat qilib, issiq suv aylanib yuradigan radiator shular orasiga o‘matiladi. Devor panellari 40-45°C gacha, shiftlar 28-30°C gacha, pol 25-27°C gacha qizdirilganda eng maqbul issiqlik vujudga keladi. Bunday issiqlik odamga rohat baxsh etadi, issiqlik nurlanish yoii bilan kamroq yo‘qotiladi.
Katta va kichik pechlar yordamida ham uylar isitiladi. Katta sigimli pechlarga golland pechi va g.‘ishtdan ishlangan devorlari qalin boshqa pechlar kiradi. Ular sekin qiziydi, biroq issiqlikni uzoq saqlaydi va havo haroratini bir me’yorda tutib turadi. Issiqlik sigimi kichik pechlar xonalami vaqtinchalik isitish uchun qoilaniladi. Ular xonani tez isitadi, lekin xona bir me’yorda isimaydi, tez sovib qoladi va uni tez-tez yoqib turish kerak boiadi, pechka yonganda xona yoqilgi yonishidan hosil boiadigai birikmalar: uglerod oksid, sulfid angidrid, is, tutun va boshqalardan ifloslanishi mumkin. Xona havosi isitgich asboblarga o‘tiradigan organik chang kuyganda va quruq haydalganda hosil boiadigan gazlar bilan ifloslanmasligi kerak. Bu gazlar xonalar havosini buzadi, burun, tomoq shilliq pardasini ta’sirlaydi, tomoq qurishi va bosh og‘rishiga sabab boiadi. Isitgich asboblar sathidagi harorat 75-85°C dan oshmasa chang kuymaydi. U yonilg‘i va q o i bilan ifloslanmasligi, yong‘in chiqish, kuyish xavfini tug‘dirmasligi kerak.
Bolalar muassasalarini markazlashgan yoi bilan isitish gigiyenik jihatdan maqsadga muvofiq.
Kishilarning hayot faoliyati natijasida turar joy va jamoat binolari havosining fizik-kimyoviy xossalari o'zgaradi. Uyning harorati va namligi oshadi, odam ishning jadalligiga qarab havoga soatiga 40-80 g gacha namlik ajratadi. Organizmdan chiqariladigan organik birikmalar parchalanishi tufayli havoda yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Havoga chang bilan turli-tuman mikroorganizmlar, jumladan, ularning patogen turlari ham tushib, gripp, skarlatina, qizamiq, sil kasalliklari va boshqalami qo‘zg‘atishi mumkin.
Maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy yoki sun’iy gazdan foydalanishda gaz tarmog‘ining nogermetikligi, shuningdek, gazning chala yonisbi havoni zararlashi mumkin. Havo tarkibi va fizikaviy xossalariniig barcha o‘zgarishlari kishilar kayfiyatiga, ish qobiliyatiga va salomatligiga yomon ta’sir qiladi.
Yuqorida bayon qilingan sharoitlarda ko‘p yillik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, havodagi noxush fizik va kimyoviy o‘zgarishlar qo‘shilib, odam organizmiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Havo harorati, namligining oshishi tufayli odam toliqadi va issiqlik idora qilinishi buziladi. Bunga badbo‘y uchuvchan birikmalar ta’siri qo‘shiladi, natijada nafas olish buziladi. Bu esa o‘pkada havo va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Turar joylar ozoda, sarishta tutilmaganda burchaklarda, devorlarda, mebel orqasida va boshqa joylarda to'planib qolgan organik chang mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, uchuvchan moddalar hosil qiladi, natijada xonada yomon hid paydo bo’ladi. Sigaret tutuni xona havosini juda buzadi. Unda organizm uchun zararli moddalar - nikotin, uglerod (II)- oksid, sianid kislota, metil spirti, kantserogen agentlar (3,4-benzpiren va boshqalar) bo’ladi.
Xonalar havosini toza tutish uchun xonalarning yetarli yoritilishi, hajmi yetarli bo‘lishi, kiyim-bosh, o‘rin-ko‘rpalami toza tutish, pechka va gaz asboblari va sanitariya tarmoqlari bekamu ko‘st boMishi va ulami to‘g‘ri ishlatish, uyni to‘g ri qurish va odamlar bor joylarda chekishni taqiqlash, yuqumli kasali bor odamlami ajratib qo‘yish kerak.
Turar joy xonalari, kasalxonalar, sinflar, tomosha zallari va kishilar to‘planadigan boshqa joylar havosida C02 miqdori 0,07 foizdan oshmasa, odatda unda havo buzilmaydi. Havoda C02 miqdoming 0,1 foizdan oshishi (garchi uglerod (IV)-oksidnmg bu miqdori odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasada) xonaning yetarlicha shamollatilmaganligini ko'rsatadi.
Xonaga vaqt birligida berish zarur bo’lgan shamollatuvchi havo miqdori bir qancha omillarga - xonaning hajmiga, kishilar soniga, bajariladigan ish tunga, xona havosidagi zararli moddalar miqdoriga bog’liq. Chunonchi, sanitariya me’yori va qoidalari "Turar joy binolari. Loyihalash me’yorlan" П - L. 1 — 71 ga binoan turar joy xonalarining har 1 m2 sathi hisobiga 1 soat mobaynida 3 m3 havoni, gazlashtirilgan oshxonadan esa to‘rt komfortli plita bo’lganda kamida 90 m 3 havoni chiqarishni ta’minlashi kerak.
Shamollatish hajmi deb, xonaga har bir odam uchun bir soatda tushishi lozim boMgan havo miqdoriga (kub metrlarda) aytiladi. Havodagi uglerod (IV)-oksid miqdorining chegarasiga qarab shamollatishning zarur hajmi hisoblab chiqiladi. Bu hajm bir kishi uchun soatiga 30-35 m3 dan kam bo'lmasligi kerak.
Shamollatishning tabiiy va sun’iy turi farqlanadi. Tabiiy shamollatish deganda, xona havosining fortochkalar, framugalar va shamol tortgichlar orqali havoning yangilanishi tushuniladi.
Tabiiy havo almashinuvi (shamollatish) uchun framugalar qurgan yaxshi. Ular deraza yuzasiga nisbatan 45° burchak ostida ochiladi, bu sovuq havoning oldindan ilishiga imkon beradi. Bu hatto qishda ham framugalami odamlar bo‘lganda uzoq vaqtgacha ochiq qoldirish imkonini beradi. Xonani butunlay shamollatish, ayniqsa samarali bo‘lib, bunda binoning qarama-qarshi tomonlaridagi derazalar ochib qo‘yiladi. Bunda 3-5 daqiqa ichida xona havosi yangilanadi.
Tabiiy havo almashinuvini kuchaytirish uchun ichki devorlarga maxsus quvurlar o‘matiladi. Isigan uy havosi yuqoriga ko‘tarilib, quvurlar orqali tashqariga chiqib ketadi, tashqi havo esa bemalol xonaga kiradi.
Tabiiy shamollatishning muhim kamchiligi xonaga oqim bilan kiradigan va undan chiqadigan havo miqdori noma’lum va o'zgaruvchan bo'lishidir, bu tashqi havo haroratiga va shamolning kuchiga bog‘liq. Shuning uchun ko‘p kishi yig‘iladigan yoki havosi gaz, chang, suv bug‘lari yoki mikroorganizmlar bilan ifloslanadilan xonalami tabiiy shamollatish kifoya qilmaydi. Bunday hollarda xonalarga sun’iy shamollatgich o‘matib, havoni yangilash kerak.
Sun’iy shamollatishning eng takomillashgan turi konditsioner o‘rnatish hisoblanadi, uning yordamida xonada zarur mikroiqlim (darorat, namlik, havo harakati) vujudga keltiriladi.. Konditsionerlar havoni changdan tozalaydi, ozonlaydi va zararsizlantiradi. Konditsionerlar turar joy va jamoat binolarida, tibbiy hamda bolalar muassasalarida, samolyot kabinalarida va boshqalarda qo‘llaniladi.



Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish