96
Eng asosiy farq qiluvchi rezinadan buyum ishlab
chiqarishda mexanik va
kimyoviy jarayonlarni o‘zida mujassam qilganligidir.
Oldin kauchuklarni maxsus mexanik ishlov-plastikatsiya ta’sirida qayta
ishlashda unga kerak bo‘lgan texnologik xossalarni berishdir.
Oldindan belgilangan komleks xossaga ega bo‘lgan rezina olish uchun avvalo,
kauchuk va aniq tarkibga ega bo‘lgan ingriedentlar bilan qorishma tayyorlanadi.
Qorishdan maqsad, ingredientlarni bir tekisda polimer
ichida taqsimlanishini
ta’minlashdir. Kauchuklar choklanishdan oldin qovushqoq oquvchan xolatda bo‘lib,
plastik xossaga, ya’ni mexanik qaytmas deformatsiyaga ega bo‘ladi. Ingredientlar
kauchuk massasida surilish deformatsiyasi (sdvigovaya deformatsiya) ta’sirida bir
tekisda taqsimlanadi. Bu jarayon maxsus mashinalarda amalga oshiriladi.
Kauchuklarni ingredientlar bilan aralashtirishda komponentlar aralashishi bilan bir
qatorda bir qancha murakkab fizik-kimyoviy va kimyoviy hodisalar sodir bo‘ladi.
Bular: polimer-strukturaviy o‘zgarishlar (mexanik kuchlanish ta’sirida),
rezina
komponentlari orasidagi o‘zaro ta’sir va boshqa hodisalardir. Bu sodir bo‘layotgan
hodisalar xarakteri qayta ishlash sharoitiga bog'liqdir.
Rezina qorishmasi asosiy yarim fabrikat hisoblanadi va undan rezina buyumlari
tayyorlanadi. Rezina qorishmasi, kauchuklar singari, plastik xususiyatga egadirlar.
SHuning uchun aniq bir sharoitda bo‘lar har xil usullar orqali shakllanishi mumkin. Bu
shakllanishdan zagotovka tayyorlashda foydalaniladi.
Rezina
qorishmalaridan shpritslash, kalandrlash, presslash va boshqa usullar
bilan buyum olish mumkin. Rezina qorishmasi bilan mato, metall va boshqa yuzalarni
qoplashi ham mumkin.
Rezina buyumlarni olishda asosiy va yakunlovchi
jarayon vulkanizatsiya
hisoblanadi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk makromolekulalari ko‘ndalang
(poperechniy) kimyoviy bog' hosil qilib, vulkanizatsion uch o‘lchamli to‘r (setka) hosil
qiladi. Buning natijasida plastik rezina aralashmasi yuqori elastik rezinaga aylanadi.
SHunday qilib, qayta ishlash jarayonining vulkanizatsiya bosqichida qayta
ishlayotgan mashinada takrorlanmas muhim o‘zgarish, ya’ni material xossasining
o‘zgarishi sodir bo‘ladi.
Vulkanizatsiya
oltingugurt hamda aktivlovchi, tezlatuvchi moddalar ta’sirida
kauchuk makromolekulalari ora uch o‘lchamli to‘r (setka) hosil bo‘ladi, bunda issiqlik
katta rol uynaydi. SHuning uchun vulkanlash jarayonida tashqaridan bosim ostida
issiqlik beriladi va bu jarayon har xil apparatlarda olib boriladi. Ayrim paytlarda
shakllanish va vulkanizatsiya jarayoni bir vaqtda olib boriladi.
An’anaviy texnologik jarayonlar bilan bir qatorda rezina buyumlarni «qattiq»
kauchuklardan olish bilan rezina sanoatida kauchuklarni
suvdagi dispersiyasidan
lateksdan buyum tayyorlash taraqqiy eta boshladi. Bu usul bilan olingan yarim fabrikat
kuritiladi, keyin vulkanizatsiyalashtiriladi.
Rezina sanoatida organik eritmalarda tayyorlangan rezina aralashmasi eritmalari
–
rezina yelimlari
deb ataladi. Ular har xil sohada keng qo‘llaniladi.
SHunga o‘xshash rezina aralashmasidan kukun xolida yarim fabrikat olish va uni
qo‘llash, suyuq kauchuklarni, quyi molekulali polimerlarni rezina buyumlar olishda
qo‘llash katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: