91
Termoplastlarni bu usul bilan payvandlashda qo‘shimcha materiallar yoki ularsiz ham bajarish
mumkin. Payvandlash jarayoni chok hosil bo‘ladigan xududga (zonaga) issiqlik berish orqali
tezlashtiriladi.
Orientirlangan PETF plyonkalar quyidagicha payvandlanadi: payvandlanadigan yuzaga
atseton yoki benzindagi dikarbon kislotasi angidridi izomerining aralashmasi surtiladi, so‘ng plyonka
taxlanib bosim ostida 180-200
0
S da qizdiriladi va 1-3 sekund ushlab turiladi. Bu vaqtda
payvandlanadigan yuzada ximiyaviy bog'lanish reaksiyasi ruy beradi. SHunga o‘xshash
termoplastlarni ximiyaviy payvandlash ham misol bo‘ladi va bunga misollar ko‘p.
Reaktoplastlarning ximiyaviy payvandlanishi uning tarkibida detal payvandlangandan so‘ng
qoladigan funksional (ximiyaviy) guruhlar miqdori bilan belgilanadi. Bu guruhlar yetarli bo‘lgan
taqdirda detallar yuzasi murakkab ximiyaviy bog'lanishlar hosil qilib, detallar mustahkamligini
ta’minlaydi. YUzani TVCH va boshqa usullar bilan 150-200
0
S gacha qizdiriladi; qizdirish vaqti
minutgacha. Qo‘shimcha materiallarning bu yerda keragi yo‘q, chunki fenol-formaldegidning o‘zi
bog'lovchidir Agar yuzalarda funksional guruhlar yetarli bo‘lmasa, qo‘shimcha materiallardan
foydalaniladi. Bunda detallar yuzasiga shu tipdagi smola purkaladi va payvandlash yuqorida
keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu usul bilan qotirilgan poliefir, epoksid va boshqa
polimerlar payvandlanadi.
Metall sirtiga plastmassa yuritish
Bu usuldan yupqa devorli mahsulot olish yoki qoplama tayyorlashda (suyuq yoki kukun
holdagi polimer) foydalaniladi. Bunda asosan termo- yoki reaktoplastlar purkaladi.
Purkash jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
1.
Detallar bazasini tayyorlash;
2.
YUzaga polimerni bir tekis purkash;
3.
Purkalgan yoki yuritilgan polimerning monolitligini ta’minlash;
4.
Qo‘shimcha termik ishlov berish;
5.
Konstruksiyani sovutish;
Polimerni purkashning bir necha xil usullari bor: elektr maydonida purkash (bunda formaga
musbat, purkaladigan kukunga manfiy zaryad beriladi). Bunda purkaladigan kukun zarrachasi detal
yuzasiga bir tekis purkaladi va purkalgan polimerni 10 mikrondan 1 mm qalinlikgacha qoplash
mumkin.
Elektr maydonida purkash usuli boshqa usullarga nisbatan keng tarqalgan, chunki usulni maksimal
avtomatlashtirish mumkin va kam harakat talab qilinadi. Kamchiligi qoplama yuzadan ajralishi
mumkin. Bunga yuzani sifatsiz tayyorlash sabab bo‘ladi. Bu qoplamalar metallni korroziyadan yaxshi
himoya qiladi.
Mavhum qaynagan kukun idishda 50-150
0
S lar atrofida qizdirilgan metall buyumga (ayniksa
murakkab konstruksiyaga ega bo‘lgan) solinadi va uni polimer kukuni purkab oladi. Bu usulni
qiymatini zaryad berib oshirsa ham bo‘ladi. Polimer kukunlarini gaz alangasida ham purkash orqali
metall buyumlarni ekspluatatsion hossalarini yaxshilash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: