PUFLASH ORQALI SHAKLLASH
Termoplastlardan ekstruziyalash (yoki bosim ostida quyish) orqali «yeng» formada zagotovka
olib, uni puflash orqali ichi bo‘sh buyum olish —
puflash shakllanish
deb ataladi.
Bu usul ikki xil turda bo‘lishi mumkin:
1. Trubka formadagi zagotovkani ekstruder yordamida olib, uni siqiq havo orqali puflash.
2. Quyish mashina qolip zagotovka olib, uni shu mashinada puflash.
Asosiy qo‘llaniladigan polimer materiallar: polietilen polistirol, polietilentereftalat, polivinilxlorid va boshqalar. Bu materiallardan har xil idishlar,
butilkalar, kanistrlar, hajmi 0, 005 dan to 500 l gacha bo‘lgan idishlar olish mumkin.
Asosiy uskuna-agregat: bunga ekstruziya mashinasi, kallak, qolip shakllovchi forma, formani yopib-ochish mexanizmi va puflash uchun
pnevmosistema kiradi.
Asosiy jarayon ekstruziyalash usuli bilan termoplastlardan buyum olishda sodir bo‘ladigan
jarayonlardan deyarli farq qilmaydi.
Asosiy moxiyati – kallakdan chiqayotgan zagotovkaning old qismi bir muncha sovusa,
kallakga yaqin kismi issiqrok bo‘ladi, shu sababli zagotovkani uzunasiga nisbatan puflash har xil
bo‘lishi mumkin.
SHuning uchun iloji boricha zagotovkaning qovushqoqligini yuqori ushlashadi (zagatovka
uzilib ketmasligi uchun). Agar suyuqlanmaning oqish tezligi oshirilsa, unda polimer destruksiyaga
uchrashi mumkin.
Jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi :
-
ekstruziyalash harorati;
-
zagotovkaning moslamadan chiqish tezligi;
-
zagotovkaning puflash darajasi;
-
qolipning harorati;
-
sikl vaqti;
- agregatning ish unumi.
87
Ekstruzion puflash usuli bilan truba shaklidagi
zagotovkadan bo‘sh idish olish sxemasi:
a – truba shaklida ekstruziya usuli bilan zagotovka olish; b – zagotovkani puflash va buyum
shakllanishi; v – buyumni olish.
1 – shnek; 2 – ekstruder silindri; 3 – siqilgan havo uchun kran; 4 – dorn; 5 – mundshtuk; 6 – trubka
shaklidagi zagotovka; 7 – yarimqolip; 8 – yarimqolipni yopilishi va ochilishi uchun moslama; 9 –
press qirrasi; 10 – buyum.
88
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
1.
SHtampovka
2.
Vakuum va pnevmoshakllash
3.
Rotatsion shakllash
4.
Puflash yo‘li bilan shakllash
5.
Vakuum shakllash sxemalari
6.
Ekstruziya-puflash shakllash
7.
Zagolovka
8.
Qizdirish usullari: infraqizil nurlari, ichki
va tashqi yuza orasida haroratni farqi
9.
Kukun
10.
Pasta
11.
Plenka
12.
List
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.
Qaysi materiallardan vakuum va pnevmo shakllash yo‘li bilan buyum olinadi?
2.
Rotatsion shakllashda materialni holati qanday bo‘lishi kerak?
3.
Qaysi termoplastlardan ko‘proq rotatsion shakllash usuli bilan buyum olinadi?
4.
SHakllash sikli tarkibi nimalardan iborat?
5.
Olingan buyum sifatiga shakllash rejimi qanday ta’sir ko‘rsatadi?
6.
Rotatsion shakllash bilan puflab shakllashning farqi nimadan iborat?
FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
1.
«Osnov
ы texnologii pererabotki plastmass» pod red. V.N.Kuleznyova i V.K.Guseva,
Moskva, «Ximiya», 1995 g. s.408-430
Qo‘shimcha adabiyotlar
2.
G.A.SHvetsov i dr. «Texnologiya pererabotki plastmass», Moskva, «Ximiya», 1988 g. s.
228-241
89
Do'stlaringiz bilan baham: |