Toshkent farmatsevtika instituti


Ko‘k yo‘tal qo‘zg‘atuvchisi



Download 5,51 Mb.
bet48/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

Ko‘k yo‘tal qo‘zg‘atuvchisi

Ko‘kyo‘tal bolalarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘ziga xos kuchli bo‘g‘ilib yo‘tallish bilan kechadi. ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 1906 yili j.borde va o.jangular tomonidan bemordan ajratib olingan. 1937 yili ko‘kyo‘talning engil shakli bilan og‘rigan boladan b. pertussis ga o‘xshash mikroorganizmni eldring va kendriklar ajratib olib, unga b. parapertussis, b. bronchiseptica deb nom berdilar.


Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi kokkobakteriyalar mayda, kalta, tayoqcha shaklida bo‘lib, ikki uchi bir oz bukilgan, o‘zunligi 0,5-1,2 mkm, eni 0,2-0,4 mkm. virulent turlarida kapsulasi bor, xarakatsiz. Gram manfiy.

Ko‘kyo‘tal mikrobi qat’iy aerob, oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi, chunki bunda yog‘ kislotalari to‘planib, bakteriyalarning ko‘payishini to‘xtatadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisini qon aralashtirilgan kartoshka-glitserinli 25% muhitlarda (Borde-Jangu ozig‘i) ko‘paytiriladi. Hozir yarim sintetik kazein-ko‘mirli qonsiz agarda (KKA muhit) keng foydalaniladi, chunki bu muhit arzon va oson tayyorlanadi. Oziq muhitida ko‘kyo‘tal mikrobi 24-72 soatdan so‘ng mayda, bo‘rtgan, simob tomchilariga o‘xshash yaltiroq, qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Ko‘kyo‘tal mikroblari mayda, diametri 1-2 mm yaltiroq, chetlari tekis bo‘rtgan S-shaklidagi koloniyalar (I-II f) hosil qilib, o‘ziga xos, ya’ni gomologik immun zardoblar bilan agglyutinatsiya reaksiyasini beradi.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining eski kulturasi, aksincha yirik, diamtri 3-4 mm bo‘lgan, chetlari notekis, yassi R-1 shakldagi koloniyalar (III-IV f) hosil qiladi.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi biokimyoviy xususiyati bo‘yicha faol emas, qand, oqsil va mochevinalarni parchalamaydi, nitratlarni qaytarmaydi, katalaza hosil qiladi.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi temperaturaga chidamsiz ekzotoksin ishlab chiqaradi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi gialuronidaza, letsitinaza, gemagglyutinlarni hosil qiladi va quyon, qo‘y, bo‘zoq va odam qonidagi zardobni ivitadi.

Bordotella urug‘iga mansub bakteriyalar O-antigen va turli maxsus agglyutininlarga ega B.pertussis turiga agglyutinogen-1; parapertussis ga 14, B. Bonchisepticis-12 agglyutininlar xos.



Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi fizik va kimyoviy omillar, tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nuri va dezinfeksion moddalar ta’sirida tezda o‘ladi. Ko‘kyo‘tal bilan tabiiy sharoitda hayvonlar kasallanmaydi.

Ko‘kyo‘tal bilan odatda bolalar og‘riydi. Kasallik tipik simptomlar va siklik tarzda o‘tishi bilan ta’riflanadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchilari yuqori nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, traxeya va bronxlar shilliq pardasining kataral yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.

Kasallikning kataral davri 2 xafta chamasi davom etadi va nafas bo‘g‘ilib qoladigan darajada tutib turadigan yo‘tal bilan davom etuvchi konsulsiv (talvasali) davriga o‘tadi, bunda goho har xil tashqi ta’sirotlar (tovush, bemorni ko‘zdan kechirish, in’eksiya qilish) tufayli yo‘tal tutib qolaveradi. Konsulsiv davri 4-6 xafta davom etadi va yo‘tal xurujlari qolib ketganidan keyin sog‘ayishi bilan tugallanadi. Bemorlar, shuningdek sog‘lom bakteriya tashuvchilar infeksiya manbai bo‘lishi mumkin. Kasallikning kataral davrini boshidan kechirayotgan bemorlar kasallik yuqtiruvchi manba sifatida ayniqsa xavflidir. Kasallikning asosiy o‘tish yo‘li havo-tomchi yo‘lidir. Ko‘kyo‘tal bakteriyalari tashqi muhitda kam chidamli bo‘lgani uchun buyumlar infeksiya yuqishida rol o‘ynamaydi. Kasallikdan so‘ng mustaxkam va o‘zoq davom etadigan immunitet qoladi.

Laboratoriya diagnostikasi uchun bakteriologik usul qo‘llaniladi. SHu maqsadda bemordan balg‘am yoki xalqum va burundan shilliq modda olinib Borde-Jangu, sut-qonli yoki gidrolizat-kazeinli, kazein-ko‘mirli muhitlarga ekiladi. Begona mikrofloralar o‘sishini to‘xtatish uchun oziq muhitlarga penitsillin qo‘shiladi, 3-5 kundan so‘ng oziq muhitlarda koloniyalar o‘sib chiqadi, so‘ngra ulardan sof kulturaajratib olinib, uning morfologiyasi, o‘sishi, biokimyoviy, antigenlik va biologik xususiyatlari o‘rganiladi. Teri-allergik sinamasi ham qo‘llaniladi. Ko‘kyo‘tal mikrobni tezda aniqlash uchun tezkor immunoflyuoressent usuldan foydalaniladi.

Kasallikning oldini olish uchun umumiy profilaktika choralari ko‘riladi. Hozirgi vaqtda adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal-bo‘g‘ma qoqshol vaksinalar (AKDS) bilan bolalar emlanadi. Bu vaksina tarkibida 40 mlrd. o‘ldirilgan ko‘kyo‘tal mikroblari bo‘ladi. AKDS vaksina bilan bolani 2, 3, 4, 16 oyligida emlanadi.


Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish