Morfologiyasi va biologik xossalari. Vabo vibrioni kattaligi o`rtacha 0.3-3 mkm keladigan, bir uchida xivchini bo`ladigan sal bukik grammanaiy tayoqchadir, xivchini borligi tufayli u juda xarakatchanligi bilan ajralib turadi.
Chidamliligi. Vabo vibrioninin tashqi muhitda chidamliligi ko`p emas. Quritilganida va yurog`lik tasirida u tez xalok bo`lib ketadi. 60 C gacha qizdirilganda 5 minutdan keyin, qaynatilganda esa darxol xalok bo`ladi.
Antigen strukturasi. Vibrionlarda issiqqa chidamsiz H-xivchin antogeni va issiqqa chidamli O-somatik antigeni bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |