Patogen aktinomitsetlar. Aksinomitsetlar bir hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, Actinomycetales va Actinomyceteceae oilasiga kiradi.
Aktinomitsetlar septasiz mitseliylardan, ya’ni shoxlanuvchi, ingichka, o‘zunligi 100-600 mkm, ya’ni 1,0-2,5 bo‘lgan ipchalardan iborat. Ular gramm usuli bilan musbat, umuman anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yaladi. Aksinomitsetlar spora hosil qilib, ipchalari mayda bo‘lakchalarga ajralib, kurtaklanib va bo‘linib jinssiz ko‘payadi.
O‘sishi. Aktinomitsetlar – fakultativ anaerob, ularning o‘sishi uchun 35-370S qulay harorat hisoblanadi. 24 soatdan so‘ng qattiq muhit yo‘zasida mayda koloniyalar, 7-14 kundan so‘ng esa, yirik polimorf, silliq yoki g‘adir-budir kulrang sarg‘ish, yumshoq, bir xil oq, duxobaga o‘xshash koloniyalar hosil qiladi. Koloniyalar oziq muhitning ichiga kirgan va tashqarisida ham bo‘lishi mumkin. Koloniyalar havorang, jigarrang, qizil, yashil va boshqa rangda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |