I – tabiiy immunitet: a) tug‘ma, turga aloqador immunitet: b) hayot davomida orttirilgan immunitet. Chaqaloqlarning passiv immuniteti ham tabiiy immunitet jumlasiga kiradi; II – su’niy immunitet: a) vaksina –dan keyin paydo bo‘ladigan aktiv immunitet; b) organizmga shifobaxsh zar – doblar yoki gamma – globulinlar yuborilganda paydo bo‘ladigan passiv immu- nitet.
Tabiiy immunitet. Tug‘ma, turga aloqador immunitet kasallika berilmas – likning hammadan ko‘ra mustahkam shakli bo‘lib, mazkur turning tug‘ma, biologik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, odam qoramol o‘lati, tovuq vabosi, cho‘chqalar saramasi bilan kasallanmaydi. Hayvonlar, aksincha, odam kasalliklari: so‘zak, zaxm, difteriya, vaboga berilmaydigan bo‘ladi.
Odam infeksion kasallik bilan og‘rib o‘tgandan keyin unda turmushda orttirilgan immunitet paydo bo‘ladi, shuning uchun immunitetning bu xili infeksiyadan keyingi, ya’ni postinfeksion immunitet deb ham ataladi. Tur- mushda orttirilgan immunitet individual bo‘ladi, nasldan – naslga o‘tmay – di. U spesifikdir, chunki organizmni faqat boshdan kechirilgan kasallik –dan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |