Limfoid to‘qimaning himoya funksiyalari. Mikroorganizmlar teri bo‘ylab borib, limfa tugunlariga tushadi. Limfa tugunlari hujayralar to‘plamidan iboratdir: bu hujayralarning ba’zilari fagotsitlar funksiyasini bajarsa, boshqalari ( plazmatik hujayralar ) antitelolar ishlab qiqaradi. Limfoid to‘qima odam tanasi massasining 1 % ga yaqinini tashkil etadi. Limfa tugunlari turli organ va to‘qimlarida: taloq, jigar, buqoq bezida, shilliq pardalarda joylashgandir. Limfoid to‘qimada mikroblar ushlanib qolib, fagotsitlanadi va hazm bo‘ladi. Biroq mikrobning virulentligiga qarab bu funksiya ba’zan bajarilmay qolishi mumkin, shunda mikroblar qonga yorib o‘tib boshqa organ va to‘qimalarning shikastlanishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |