Komplementlarni bog‘lash reaksiyasi ( RSK ). Bu reaksiya murakkab serologik reaksiyalar sirasiga kiradi: unda komplement va antigen va antiteloning ikki sistemasi ishtirok etadi. Birinchi sistema, yuqorida ko‘rib o‘tilgan serologik reaksiyalar ta’rifida aytib o‘tilganidek spesifik hisoblanadi. Ikkinchi sistema esa qo‘y eritrotsitlari va unga mos keladigan gemolitik zardobdan tayyorlanadi. U gemolitik deb ataladi va antigen – antitelo ( birinchi sistema ) bilan komplementlarning kompleksini hosil qiluvchi indikator hisoblanadi. Gemolitik sistemaga komplementning qo‘shilishi natijasida eritrotsitlar erib, lizis hosil bo‘ladi . Agar komplement spesifik sistema bilan bog‘langan bo‘lsa, gemoliz hodisasi ro‘y bermaydi.
Jadval.
RSK ni amalda ko‘rsatish sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |