Toshkent farmatsevtika instituti


Enteropatogen E.coli keltirib chiqaruvchi kasalliklar diagnostikasi



Download 5,51 Mb.
bet181/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

Enteropatogen E.coli keltirib chiqaruvchi kasalliklar diagnostikasi

E.coli odam yo’g’on ichagini normal mikroflorasi hisoblanadi, lekin hozirda uning ko’plab serologik tiplari odam uchun patogen hisoblanadi. 57-jadvalda kasallik keltirib chiqaruvi serologik tiplari keltirilgan. E.coli ning enterotoksigen serovariantlari- odamda vaboga o’xshash diareya va toksikoinfeksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu bakteriyalar termolabil va termostabil enterotoksin ishlab chiqaradi. Toksin ishlab chiqarishini mo’’tadil faglar boshqaradi.

E.coli ning enteropatogen serovariantlari asosan bolalarda diareya keltirib chiqaradi. Hamma serovarlari plazmid tutadi, bu plazmidlar ichak mikrovorsinkalarini epiteliy hujayralariga birikib (adgeziya) oluvchi maxsus oqsil strukturalari sintez qiladi. Bu serovariantlari enteroinvazivlardan farq qilib epiteliy hujayralariga kirmaydi. Kasallik bolalarda og’ir o’tadi.

E.coli ning enteroinvaziv serovariantlari - odamda ichburuqqa o’xshash kasallik keltirib chiqaradi. Bo‘lar ichburuqqa o’xshab ichakning epiteliy hujayralariga kirib ko’payadi.

E.coli ning enterogemoragik serovariantlari esa odamlarda og’ir o’tuvchi gemorragik kolitni keltirib chiqaradi.

Bu kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi faqatgina bakteriologik usullarda aniqlanadi. Bakterioskopik va serologik usullar qo’llanilmaydi.



Bakteriologik tekshiruv.

1 kun. Kasallardan patologik material (najas, siydik, qon, qusuq, seksion material va bosh.) maxsus boyituvchi, ko’paytiruvchi muhitli (gliserinli aralashma, selenitli muhit) tamponli probirkalarga yig’iladi, probirkalar albatta rezina qalpoqcha bilan mahkam berkitilgan bo’lib, laboratoriyaga jo’natiladi (11- sxema). Material tamponni o’zi bilan yoki qovo‘zloq bilan Endo, Ploskerova, Levina muhitlaridan biriga ekiladi va termostatga 37º S da kelasi kungacha qoldiriladi.

2-kun. Material ekilgan muhitlar termostatdan olinib ko’zdan kechiriladi. Endo muhitida ichak tayoqchalari laktozani parchalashiga qarab ikki xil rangda koloniyalar hosil qiladi. Laktozapozitiv (laktozani parchalaydi) koloniyasi to’q qizil rangda (asosan normal E.coli) va laktozanegativ (laktozani parchalamaydi) koloniyasi rangsiz oq pushti rangda bo’ladi. Asosan enteropatogen ichak tayoqchalari ikkinchi tipdagi koloniyalar hosil qiladi. bo’lsa daslabki chamali javob beriladi. Toza kultura ajratib olish uchun bir nechta agglyutinasiya musbat koloniyalardan uch qandli Kliger muhitiga ekiladi va termostatga qo’yiladi.

3-kun. Kliger muhiti ko’zdan kechiriladi. Bu muhitda normal ichak tayoqchalari uglevodlarni (glyukoza, laktoza va saxaroza) kislota va gaz hosil qilib parchalaydi, muhitni rangi somon rangiga kiradi, ko’p gaz hosil qilganligi uchun agar ustunchalari yorilib ketadi. Vodorod sulfid va mochevinani parchalamaydi. Bunday kulturalar bilan chamali polivalentli zardob bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, manfiy bo’lsa tekshirish to’xtatiladi. Enteropatogen ichak tayoqchalari ko’pincha laktozani saxarozani parchalamaydi, glyukozani esa kislota hosil qilib, gazsiz parchalaydi. Bo‘lar bilan ham chamali polivalentli OK zardob bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, agar musbat bo’lsa alohida (OKA, OKV va x.k) seroidentifikasiya qilinadi. Musbat natija olingan holda, probirkalarda tegishli OK zardoblar bilan kengaytirilgan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi.


Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish