MODDALAR ENDO VA EKZOTERMIK EFFEKTLARNI ANIQLASH
1. Ishdan ko`zlangan maqsad.
To`rtinchi laboratoriya ishida talaba termografiya usulining asolari, derivagrafning tuzilishi, qizdirish vaqtida silikat minerallarida ro`y beradigan termik effektlarni tajriba yo`li bilan olish va ularning tabiatlarini tekshirib aniqlash imkoniyatiga ega bo`ladi.
2. Nazariy qism
Termografiya deganda tekshirilayotgan moddaning ixtiyoriy nuqtasidagi xaroratni (yoki xaroratdagi biror funktsiyasi) aniq programma bo`yicha moddani uzluksiz ravishda qizdirilganda yoki sovitilganda xolatin qayd etish tushuniladi
Usulning fizik mohiyati: fizik va kimyoviy jarayonlarning katta qismi issiqlikni ajralishi yoki yutilishi bilan boradi. Yua`zi bir jarayonlar to`g`ri va qaytar yo`nalishda, ba`zilari esa faqat bir yo`nalishda sodir bo`ladi.
Qaytar jarayonlarga kiritish mumkin: erish-kristtalligini, qaynash-kondensatsiya, polimorf o`zgarishlar murakkab birikmalarning hosil bo`lishi va parchalanishi dissotsiya.
Qaytmas jarayonlarga kiritish mumkin: kam barqaror xislatdan yuqori barqaror xolatga o`tish reaktsiyalari, qattiq eritmalarini parchalanishi, amorf xolatdan kristall xolatga o`tish, o`zaro reaktsiyalari, monotrop o`zgarish va boshqalar.
Xamma jarayonlar issiqlikni yutilishi yoki ajralishi bilan oboradi, buni xaroratni o`lchash yo`li bilan o`rganish mumkin. Jarayonni borishini o`lchovchi proborlar yordamida qayd etiladi. Tajriba natijalarini egri chiziqlar orqali ifodalash mumkin, bunda vaqt va xaroratni bog`liqligi ifodalanadi. Agar tekshirilayotgan moddada birorta fozoviy o`zgarish yoki kimyoviy reaktsiya sodir bo`lsa, qizdirish rejimi buziladi. Uning bo`zilishi qizdirish egriklarida yoki madonda paydo bo`lish birga boradi.
3. Termik analiz effektlarini xisoblash.
Sistemaning birorta ko`rsatkichining kattaligi mavjud fazalarni asta-sekin miqdoriy nisbatda o`zgarishida biror fazaning yo`qolib ketishi yoki yangi fazaning sakrab o`zgarishiga paydo bo`ladi. bu egriligini termik usuli orqali aniqlanadi. bunda koordinata o`qlarida modda temperaturasi va unga javoban temperatura va obtsissa o`qlarida vaqt qayt etidali.
Masalan: 1-effekt: MgCO3 – MgO + CO2 yoki polimorfizm
2-effekt: CaCo3 – CaO + CO2 yoki eritish
Qizdirish vaqtida fazoviy o`zgarishlar ro`y berishi va uning boshlanishi aniq nuqtadan boshlanadi. Moddaning qizdirish egriligi bu vaqtda tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Masalan: α-Al2O3 da qizdirish jarayonida hech qanday fazovyi o`zgarishlar sodir bo`lmaydi. Shuning uchun u etalon sifatida ishlatiladi. Bu inert modda ham pechga joylanadi va xuddi tekshirilayotgan namuna tezligida qizdiriladi.
X aroratning o`zgarishi egrilikning gorizontal uchastkalarida ko`rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |