Profilaktikasi va davosi. Profilaktikasi kasallikni imkoni boricha ertaroq aniqlab olish, bemorni kasalxonaga yotqizish, infeksiya o’chog’idakarantin chora tadbirlarini amalga oshirish, bakteriya tashuvchilarini aniqlash va sanatsiya qilish, jamoat binolari va turar joylarida sanitariya gigiena qoidalariga rioya qilib borishdan iborat. Kasallikni davosi va profilaktikasi uchun antibiotiklar hamda sulfanilamide preparatlar qo’llaniladi.
Gonokokklar – siydik yo’llari va jinsiy azolarining shilliq pardasining yiringli yallig’lanishi – tanosil kasalligini qo’zg’aydigan mikroorganizmlardir. Bundan tashqari venerik kasallik bilan og’rigan onadan tug’ilgan chaqaloq ko’zining o’tkir yiringli kasallanishi – blennoreya han gonokokklar tufayli paydo bo’ladi. Diagnoz uchun uretradan chiqqan yiring yoki bachadon bo’ynidan olingan materialdan shisha buyum ustida surtma tayyorlanadi. Gram usulida bo’yalganda grammanfiy tusga kirgan loviyasimon diplokokklar ko’pincha fagotsitoz qilingan xolda leykotsitlarning ichida ko’rinadi. Xronik formaga aylangan so’zakning diagnozini aniqlashda o’rganilayotgan materialning toza ekmasini ajratib olish muxim ahamiyatga ega. Gonokokklar immunoflyuresent usulini qo’llagan xolda identifikiatsiyalanadi. Qon tarkibidagi antitelolar komplementlarni gonokokk antigenlari bilan bog’lash reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Iiringli yuqumli kasaliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolashda qo’llaniladigan tibbiy pryeparatlar. Stafilokokkli anatoksin( tozalangan adsorbsiyalangan) – odam va jonivorlarda yuqumli stafilakokkli infyeksiyalarning oldini olish choralari sifatida ularda immunityet hosil qilish maqsadida va stafilakokklar kyeltirib chiqargan kasalliklarni davolshda ishlatiladi. Stafilokokk vaksinasi - aktiv imunityet hosil qilish orqali uzoq davom etadigan stafilakokkli kasallilarni davolshda ishlatiladi. Stafilokokkli bagtyeriofag –(suyuq) kasalliklarni davolashda tyeriga surtish, tyeri ostiga va mushaklar orasiga kiritish yo’li bilan ishlatiladi.Saqlash muddati bir yilgacha. Stryeptokokk bagtyeriofagi (suyuq) – davolashda tyeriga surtish, tyeri ostiga va mushak orasiga kiritish yo’li bilan qo’llaniladi. Gonokokk vaksinasi – surunkali gonoryeya- so’zak kasalligida vaksinotyerapiya maqsadida qo’llaniladi. Antibiotiklar va kimyotyerapyevtik pryeparatlar: byenzilpinisillin, bisillin,yarimsintyetik pyenisillinlar, syeporin,tyetrasiklinlar,sulfanilamidlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |