Uslubiy ko’rsatmalar
Ovqat toksikoinfeksiyalari. Tekshirish uchun material: kasal najasi, qusug’i, me’da chayindisi va infeksiya manbai bo’lgan ovqat mahsulotlari qoldiqlari.
Bakteriologik tekshiruv. Material salmonella, shigella hamda esherixiyalarning sof kulturasini olish uchun tekshirilayotgan material differensial-diagnostik oziqli muhitlarga (Endo, Ploskireva va boshqalar) ekiladi. Proteyni ajratib olish uchun esa “Shukevich” usulidan foydalaniladi. Ekmalar 20—24 soat 37°S li termostatda ushlab turilgan-dan keyin, differensial muhitli kosachalarda bakteriyalarning kultural, tinktorial xususiyatlari, qiyalantirilgan oziqli agardagi protey uchun xarakterli «o’rmalab» o’sishi asosida xulosa chiqariladi. Taxmin qilingan mikrob koloniyalar sof kulturasini olish uchun qiyalantirilgan (Ressel, Kliger) GP agarga ekiladi va shu bilan bir vaqtda buyum oynachasida agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi. Qolgan bosqichlari qaysi qo’zg’atuvchi ajratib olinganligiga bog’liq bo’lib bioximik, antigen va boshqa xususiyatlari bo’yicha identifikasiya qilinadi. Masalan, ovqat toksikoinfeksiyalarini salmonellalar keltirib chiqargan bo’lsa, ajratib olingan (25 mashg’ulotga qaralsin) salmonellalar sof kulturasi qaysi serovarlarga mansub ekanligini aniqlash uchun seroidentifikasiya qilinadi. Avval polivalentli guruhga mansub qon zardoblar bilan va monoreseptorli O zardoblar, so’ng N zardoblarning 1 chi va 2 chi fazalari bilan aniqlanadi. Olingan natijalar asosida salmonellalarning sof kulturalari bilan ma’lum monoreseptor zardoblar yordamida probirkalarda agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi va kultura ekilgan «ola-chipor» qatorlar natijalari bilan jamlab ko’riladi va yakuniy xulosa va javob beriladi. Bemor organizmidan va ovqat mahsulotidan salmonellalarning aynan bir xil serovari ajratib olinsa, ovqat toksikoinfeksiyasi va kasallik manbai to’g’risida yakuniy xulosani chiqarish mumkin. Bir qator salmonellalarning muhim biokimyoviy belgilari va antigenlik tuzilishi-jadvalda keltirilgan.
Agar, kondensat suvli, qiyalantirilgan agarga (“Shukevich” usulida) material ekilganda kulturaning o’rmalab o’sishi ko‘zatilsa, undan qovo‘zloq bilan harakatchanlikni aniqlash uchun «ezilgan» tomchi preparati va surtma tayyorlanadi. Surtma Gram usuli bilan bo’yaladi va mikroskop ostida ko’riladi.
Vabo vibrioni. Vabo – O’tkir ichak infeksiyasi bo’lib, me’da -ichak yo’lining shkastlanishi, zaxarlanish, suv tuzlar almashinuvining izdan chiqishi suvsizlanish va yurak – tomirlar faoliyatining buzilishi bilan davom etadi. Vabo vibrionlari Vibrio oilasining Vibrionaceae yurkumiga kiradi. Bu turkum vabo vibrionlaridan tashqari, tabiatda keng tarqalgan bir talay vibrionlarni o’z ichiga oladi. Bu vibrionlar daryo-anhorlar suvida, odam, issiq qonli va sovuq qonli hayvonlarning ichagida uchraydi. Bir qancha morfologik kultural va bioximyoviy xossalari jihatidan vabo vibrioniga yaqin turadi. Vabo vibrioni bir uchida xivchini bo’ladiga sal bukik tayoqchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |