Mikroblarning patogenligi va virulentligini belgilab beradigan omillar. Mikroorganizmlarning patogen xususiyatlari turli fermentlar, metabolizm mahsulotlari, zaharli moddalar, ya’ni xo‘jayin hujayralari va to‘qimalarning o‘tkazuvchanligini buzib, uning hujayra elementlarini yemiradigan toksinlar ishlab chiqarish yo‘li bilan maroorganizm hujayralariga ta’sir ko‘rsatish layoqatiga bog‘liqdir.
Epidemik jarayon Infeksion kasalliklar bir qancha belgilari bilan noinfeksoin kasalliklardan ajralib turadi, o‘sha belgilari orasida infeksion kasalliklarning yuqumliligi hammadan ko‘ra muhimdir. Bu kasalliklar yakka - yolg‘iz hodisalar ko‘rinishida ham ( sporadik kasalliklar ) , bir talay odamlarni bir qadar uzoqroq yoki qisqaroq muddatga shikastlantirib qo‘yadigan epidemiya xurujlari ko‘rinishida ham uchrashi mumkin. Epidemiyalar deb qishloq, shahar yoki viloyatda paydo bo‘ladigan, bir –biri bilan bog‘langan infeksion kasalliklarning cheklaangan xurujlariga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |