Gormonlar haqida tushuncha.
Gormonlar organizm ichki muhiti doimiyligini saqlab turuvchi, moddalar almashinuvi va neyroendokrin boshqarilishni nazorat qiluvchi murakkab tizimdir. Gormonlar – bevosita qon oqimiga chiqariladigan endokrin bezlari yoki ichki sekretsiya bezlari mahsuli. Bular qatoriga qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, jinsiy bezlar, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi, gipofiz, gipotalamus va boshqalar kiradi. Endokrin bezlarida ishlanadigan sekretlarga gormonlar (yunoncha – hormaino – qo`zg`atuvchi, harakatga keltiruvchi, stimullovchi
ma`nolarini beradi) deyiladi. Gormonlar oz miqdorda ishlab chiqarilsa ham organizmga kuchli ta`sir ko`rsatadigan hayot uchun nihoyatda zarur bo`lgan organik biologik faol moddalardir.
Endokrin bezlari (ichki sekretsiya bezlari), gormonlar va gormonal nazorat haqidagi fan – Endokrinologiya deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |