12.31. Oqsil, lipid va uglevodlarni o`zaro bog`liqligi
Organizmda har xil moddalarning almashinuv jarayonlari bir – biri bilan o`zaro bog`langan. Ularni turli o`zgarish bosqichlarida ko`rish mumkin. Organik
moddalar parchalanishidan kimyoviy tarkibi bir xil bo`lgan oraliq mahsulotlar hosil bo`lish manbaiga bog`liq bo`lmagan holda, mazkur to`qimaga xos bo`lgan oqsil, yog` va uglevodlar sintezida ishlatiladi. Bunga CH3-CO~ SKoA eng xarakterli misol
bo`lib, glyukoza, yog` kislotalari va ayrim aminokislotalaridan hosil bo`ladi.
Ikkinchi tomondan atsetil-KoA o`z navbatida yog` kislotalari, uglevodlar,
xolesterin va steroid gormonlari, o`t kislotalari va vitamin D3 sintezi uchun zarur. Atsetil–KoA ning energiya almashinuvidagi ahamiyati shundaki, agar u oziqa
tarkibidagi lipidlarda yetishmasa uning tanqisligi uglevod va oqsillarning ko`proq parchalanishi hisobiga qoplanadi. Atsetil–KoA ni hosil bo`lishiga olib keluvchi
barcha jarayonni buzilishi modda almashinuvi dinamikasiga yoki butun organizmga tasir qiladi. Shunday ekan, atsetil–KoA organizmdagi uchala turdagi – oqsil, lipid va uglevodlar modda almashinuvining umumiy bog`liqligini xarakterlaydi. lipid va uglevodlarni o`zaro bog`liqligiga misol qilib, uglevodlar parchalanishidan lipidlarning asosiy komponentlari-glidserin va yog` kislorodlari sintezi uchun manba bo`la oladigan oraliq mahsulotlar: 3-fosfoglitseralaldegid va atsetil-KoA ko`rsatsa bo`ladi. Bundan tashqari, uglevodlar almashinuvining mahsuloti hisoblangan atsetil-KoA lipidsimon moddalar sinfining vakili bo`lgan xolesterin sintezi uchun ishlatiladi. Lipidlarni uglevodlarga aylanishi-qaytar jarayon borishi mumkinligini ko`rsatadi. Glitsirin 3-fosfoglitserat aldegid orqali glyukoza sinteziga qo`shilishi mumkin. Atsetil–KoA yog` kislotalarining betta oksidlanish mahsuloti sifatida bir qancha o`zgarishlardan so`ng piruvat, glikogen hosil bo`lishiga olib keladi.
415
Uglevod–oqsil almashinuvini o`zaro bog`liqlik mexanizmi quyidagicha: oqsillar parchalanganda hosil bo`lgan aminokislotalarning katta qismini glikogenli deb yuritiladi va uglevodlar sintezida manba hisoblanadi. Dezaminlanishga uchragan aminokislotalarni azotsiz birikmalari turli o`zgarishlar davomida glyukoza sintezi uchun ishlatiladi.
Tirik sistemalarning muhim
struktura monomerlari – aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` kislotalari, mononukleotidlar o`zaro uzviy bog`langan. Bu bog`liqlik monomerlarning parchalanish va sintezlanish yo`llari umumiy bo`g`in
vazifasini bajaradigan asosiy metabolitlar orqali amalga oshadi.
Bunday metabolitlarga piruvat,
atsetil-KoA, α-glitserolfosfat va Krebs siklining oraliq mahsulotlari (oksaloatsetat,
malat, fumarat, suktsinil-KoA, 2-oksoglutarat, izositrat va sitrat) kiradi. Piruvat
glyukoza va boshqa monosaxaridlar hamda ayrim aminokislotalar parchalanishi va
sintezining kesishish nuqtasi hisoblanadi. Atsetil-KoA ning esa metabolik bog`lari
ko`proq tarmoqlangan. U orqali monosaxaridlar va aminokislotalardan lipidlarga
ko`prik quriladi, ya`ni aminokislotalar (oqsillar) va glyukoza (umuman uglevodlar)
ning lipidlarga almashinuv yo`llari ochiladi. Uglevodlar va lipidlar orasida
yordamchi bog`lovchi bo`g`in vazifasini α-glitserolfosfat bajaradi. U orqali
uglevodlarning ayrim lipidlarga (triatsilglitserinlar, fosfoglitseridlar) va aksincha,
glitserin saqlovchi lipidlarning uglevodlarga o`tishi amalga oshadi.
Bir monomerning ikkinchisiga aylanishida Krebs siklining oraliq mahsulotlari keng imkoniyatlarga ega. Krebs sikli orqali moddalar parchalanishi va sintezlanishining barcha asosiy yo`llari tutashadi. Shu sababli atsetil-KoA manbai hisoblangan yog` kislotalari uglevodlarga (Krebs sikli oksaloatsetati orqali glyukozani yangidan hosil bo`lishi), aminokislotalarga (oksaloatsetat va 2-
oksoglutarat orqali aspartat va glutamat kislotasiga o`tishi), porfirinlarga (suktsinil-KoA orqali) aylanadi.
Monomerlar biopolimerlarning struktura bo`g`inlari hisoblanadi, shu sababli
oqsillar, uglevodlar, lipidlar ovqatning asosiy komponenti sifatida o`zaro nisbiy
almashinuvi bo`lishi mumkin. O`zaro almashinuv faqatgina bir tarkibli
ovqatlanishda modda almashinuvining buzilishini emas, balki ochlikda moddalar almashinuvi o`rnini to`ldirish mexanizmi, ya`ni bir moddani yetishmovchiligi boshqa endogen modda hisobiga hosil bo`lishini tushunish imkoniyatini beradi. Bu ramkani avvalo aminokislotalar chegaralaydi. Sakkizta almashinmaydigan aminokislota organizmda sintezlanmaydi, yarim almashinadigan aminokislotalar biosintezi ham chegaralangan. Bunday aminokislotalarsiz organizm oqsil sintezlay olmaydi. Shu sababli aminokislotalar boshqa biomolekulalarga nisbatan kelib chiqishiga ko`ra birlamchi.
Moddalar almashinuv yo`llarining o`zaro bog`liqlik sxemasidan kelib chiqib, agar aminokislotalar va uglevodlar to`liq assortimentda va yetarli miqdorda iste`mol qilinsa, organizm uzoq vaqt lipidlarsiz (yarim to`yingan lipidlardan tashqari) yashay oladi. Aminokislota va uglevodlar atsetil-KoA ning, uglevodlar buning ustiga NADF∙H2 ning manbai bo`lib, lipidlarni yetarli miqdorda sintezlash imkonini beradi.
Shuningdek, odam organizmi uchun ovqat bilan birga purin va pirimidin nukleotidlari talab etilmasligini sababi, ovqat tarkibida oqsil va uglevodlar bo`lganda ular yetarli miqdorda sintezlanadi. Demak oqsil va uglevodlar organizm to`qimalarining hayotiy muhim komponentlarini va uning normal faoliyatini uzoq vaqt davomida ta`minlash imkonini beradi. Albatta, bu holatni imkoni oqsil va uglevodlar bilan birga vitaminlar, suv va anorganik ionlar kirgan sharoitda bo`ladi. Odam yetarli miqdorda boshqa ovqat komponentlari qabul qilgan taqdirda uzoq vaqt uglevodlarsiz ham yashashi mumkin.
417
Nazorat savollari
Gemproteidlar qaysi moddalar asosida sintezlanadi?
Qondagi gemoglobin qaysi oqsil bilan bog`lanadi?
Gemoglobin parchalanishi qaysi organlarda amalga oshadi?
Bilirubin qanday birikma?
Gemproteidlar almashinuvining 2-bosqichi qanaqa mexanizm bo`ycha boradi?
Gemproteidlar almashinuvining yakunlovchi 3-bosqichi qayerda bo`ladi?
Gemproteidlar parchalanishining oxirgi mahsuloti nima?
Bilirubin almashinuvining buzilishi qanday kasalliklarga olib keladi?
Sariqlik va uning turlari.
10. Purinli nukleotidlar qanday sintezlanadi?
11. Pirimidinli nukleotidlar qaysi moddalar asosida hosil bo`ladi?
12. Siydik kislotasi qaysi reaktsiyalar natijasida hosil bo`ladi?
13. Oqsillar va aminokislotalar almashinuvi qanday boshqariladi?
14. Tibbiyotda qanday aminokislota preparatlari qo`llaniladi? Oqsillar, lipidlar va uglevodlar almshinuvining umumiy yo`llari nimadan iborat?
15. Oqsillar, lipidlar va uglevodlar almshinuvining umumiy yo`llarini kesishtiruvchi moddalar qaysilar?
16. Qaysi moddalar organizmga ovqat bilan birga uzoq vaqt tushmaganda ham organizm yashay oladi?
17. Aminokislotalar azotsiz qoldig`ining almashinuvi qanday?
18. Aminokislotalar glitserindan glyukoza qanday sintezlanadi?
19. Aminokislotalarning uglevodlardan sintezi qanday amalga oshadi?
20. Yog`lar sintezi uchun asosiy manba bo`lgan atsetil-KoA asosan qaysi moddaning parchalanishidan hosil bo`ladi?
21. Krebs sikli bilan siydikchil hosil bo`lishi sikllari o`rtasida qanday bog`liqlik bor?
22. Xolesterin sintezi bilan uglevodlar o`rtasidagi bog`liqlik nimada?
13-bob. Gormonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |