Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-davolash ishi
116-b guruh talabasi Rasulov Ilyosning Tibbiyot kimyosi fanidan mustaqil ishi
Mavzu:Bufer sig'imi.Bufer eritmalarning pHini
hisoblash uchun formulalar.
Organizmdagi bufer sistemalarning bufer sig'imi.
Rejalar:
Bufer sig'imi nima?
Bufer eritmaning pHini
hisoblash formulalari
Organizmdagi bufer
sistemalarning bufer
sig'imi
Bufer sig‘imi – 1l bufer eritmaning pH
qiymatini bir birlikka o‘zgartirish uchun qo‘shilishi kerak bo‘lgan kuchli kislota yoki asosning mol(millimol)dagi miqdori bilan o‘lchanadi.Bufer sig‘imi - bufer aralashmadagi tarkiblar konsentratsiyasiga va
bu konsentratsiyalar nisbatiga bog‘liq. Har qanday bufer eritmaning bufer
sig‘imi C kislota = C tuz yoki C asos = C tuz bo‘lganda eng katta qiymatga
ega bo‘ladi.
01
02
Bufer eritmalardan analizda foydalanishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Har qanday bufer eritma kislota yoki ishqor qo’shilganda pH ning doimiyligini saqlab turuvchi muayyan bufer sig’imiga ega bo’ladi.
2. Bufer eritmadagi komponentlarning konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, bufer sig’imi shuncha katta bo’ladi.
3. Tarkibida bir hil konsentrasiyali kuchsiz kislota va uning tuzi yoki kuchsiz asos va uning tuzi bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi.
4. Bufer eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilgan sari eritmaning pH o’zgarishiga turg’unligi kamayib boradi.
Bufer eritmalarning vodorod ko’rsatkichi bir necha xil usullarda o’lchanishi mumkin: kolorimetrik, konduktometrik va potensiametrik.
Potensiametrik usulda pHni elektrodlardan biri (indikator bo’lib xizmat qiluvchi) vodorod ionlariga nisbatan qaytar bo’lgan, ikkinchisi esa o’rganilayotgan eritmaning xossalariga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas potensialga ega bo’lgan galvanik element yordamida aniqlanadi. Demak, bufer eritma ma`lum miqdorgacha kislota yoki ishqor qo’shilganda ham o’zining pH qiymatini saqlab qoladi.Bufer eritmalar bufer sig’imi bilan harakterlanadi. Bufer eritmaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentrasiyali (mol/l yoki g-ekv/l bilan ifodalangan) kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi.
1-masala. 0,1 m li CH3COOH va 0,1 m li CH3COONa eritmalaridan iborat aralashmani pHini hisoblang.
pH - ?
Yechish. Kuchsiz kislota va uning tuzidan hosil bo`lgan bufer eritmaning pHi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
pK – kislotaning dissotsiatsiyalanish doimiyligini logarifm ko`rsatgichi.
pK= -ℓgK = -ℓg1,74*10-5 = -ℓg 1,74 – ℓg10-5 = - 0,24 + 5 = 4,76
2-masala. 30 ml 0,1 m li CH3COOH eritmasiga 50 ml 0,3 m li CH3COOK eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritmani pH ini hisoblang.
Berilgan:





pH - ?
Yechish:
1) eritmaning umumiy hajmi hisoblanadi:
Vumum = 30 + 50 = 80 ml
2) eritmalar aralashtirgandan keyingi CH3COOH ning kontsentratsiyasi hisoblanadi.

3) eritmalar aralashtirilgandan keyingi CH3COOK ning kontsentratsiyasi hisoblanadi:

4) eritmada vodorod ionlari H+ faqat CH3COOH ning dissotsiatsiyalanishi natijasida hosil bo`ladi:
CH3COOH ↔CH3COO- + H+
CH3COO- anioni, xuddi shunday CH3COOK dissotsiatsiyalanishi natijasida ham hosil bo`ladi:
CH3COOK ↔ CH3COO- + K+
5) CH3COOH ning boshlang’ich kontsentratsiyasi 0,0375 mol/l. Dissotsiatsiyalangan ionlar kontsentratsiyasi x mol/l bo`lsa, unda,
[CH3COOH] = 0,0375 – x mol/l
[H+] = x mol/l
[CH3COO- ] = 0,188 + x mol/l
6) Bu qiymatlar dissotsiatsiyalanish doimiyligi ifodasiga quyilsa,
 ; 
Tenglamani echish uchun quyidagicha mulohaza etiladi:
X ≤ 0,0375 ≤ 0,188 bo`lgan sharoitda 0,0375 – X ≈ 0,0375; 0,188 + X ≈ 0,188 deb, olinadi. U holda tenglama

ko`rinishga kelib qoladi. Tenglamadan X=[H+] kattalik topiladi:

[H+] ning qiymatidan foydalanib,

pH=-ℓg[H+] = -ℓg(3,5*10-6) = 6 – 0,54 = 5,36
2-masala. 30 ml 0,1 m li CH3COOH eritmasiga 50 ml 0,3 m li CH3COOK eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritmani pH ini hisoblang.
Yechish:
1) eritmaning umumiy hajmi hisoblanadi:
Vumum = 30 + 50 = 80 ml
2) eritmalar aralashtirgandan keyingi CH3COOH ning kontsentratsiyasi hisoblanadi.
3) eritmalar aralashtirilgandan keyingi CH3COOK ning kontsentratsiyasi hisoblanadi:
4) eritmada vodorod ionlari H+ faqat CH3COOH ning dissotsiatsiyalanishi natijasida hosil bo`ladi:
CH3COOH ↔CH3COO- + H+
CH3COO- anioni, xuddi shunday CH3COOK dissotsiatsiyalanishi natijasida ham hosil bo`ladi:
CH3COOK ↔ CH3COO- + K+
5) CH3COOH ning boshlang’ich kontsentratsiyasi 0,0375 mol/l. Dissotsiatsiyalangan ionlar kontsentratsiyasi x mol/l bo`lsa, unda,
[CH3COOH] = 0,0375 – x mol/l
[H+] = x mol/l
[CH3COO- ] = 0,188 + x mol/l
6) Bu qiymatlar dissotsiatsiyalanish doimiyligi ifodasiga quyilsa,Tenglamani echish uchun quyidagicha mulohaza etiladi:
X ≤ 0,0375 ≤ 0,188 bo`lgan sharoitda 0,0375 – X ≈ 0,0375; 0,188 + X ≈ 0,188 deb, olinadi. U holda tenglama ko`rinishga kelib qoladi.
Tenglamadan X=[H+] kattalik topiladi:[H+] ning qiymatidan foydalanib,
pH=-ℓg[H+] = -ℓg(3,5*10-6) = 6 – 0,54 = 5,36
Do'stlaringiz bilan baham: |