Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Sil mikobakteriyalari glitserin qo‘shilgan kartoshkali va tuxumli muhitlarda (Pavlovskiy, 
Petrov, Petranyani va Dorse muhitlarida) shuningdek, sintetik muhitlarda (Soton) o‘stiriladi. 
Mikobakteriyalar 8-10 kunda unib chiqadi, 3-4 xaftadan keyin zich oziq muhitlarida och sariq 
tusli g‘ubor va suyuq muhitlarda bujmaygan zich sarg‘ish parda paydo bo‘ladi. rN 7,0-7,4 da 
optimal o‘sish temperaturasi 37
o
S. 
Kox sil mikobakteriyalaridan 

tuberkulin” degan zaharli modda olgan, uning patologik ta’siri 
faqat infeksiya yuqqan organizmda yuzaga chiqadi. Tuberkulin allergen xossalariga ega va undan 
hozir odam yoki hayvonlarga mikobakteriyalar yuqqanligi allergik reaksiyalar qo‘yilib 
aniqlanadi. 
1890 yilda R.Kox tuberkulin preparatini kashf etdi, uni Koxning “eski tuberkulini” (Alt 
tuberculin Koch) ham deyiladi. Bu preparatni sil mikobakteriyasining 2-2,5 oylik eski glitserinli 
suyuq muhitdagi kulturasini filtrlab, uning dastlabki hajmini 1/10 gacha quritib olingan. Bu 
preparatning kamchiligi hujayralardan ajratib olingan faol fraksiyalar bilan bir qatorda kultura 
suyuqligidagi ballast pepton, glitserinlarning mavjudligidir. 
1937 yili F.Zaybert quritib tozalangan va 30% ga yaqin polisaxaridlardan tarkib topgan “ 
tozalangan proteinli derivat” (RRD) deb ataluvchi yangi tuberkulinni taklif etdi. Bu preparat teri-
allergik sinamalarni quyishda qo‘llaniladi. Sil bakteriyalari yuqqan odamlarga bilak terisiga va teri 
orasiga bu preparat yuborilsa, o‘sha erda mahalliy o‘ziga xos reaksiya, ya’ni qizarish va infiltrat 
hosil bo‘lishi kuzatiladi (Pirke va Mantu reaksiyalari). 
Mikobakteriyalarda oqsil, polisaxarid birikmalari hamda lipid komponentlari antigenlik 
xususiyatiga ega. Tuberkulin proteidlari, polisaxaridlar, fosfatidlar kabi omillarga ham qarshi 
antitelolar hosil bo‘ladi. Polisaxarid, fosfatid, antitelolarining spetsifikligi KBR, Bilvosita GAR, 
geldagi pretsipitatsiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Bu reaksiyalar yordamida M. 
Tuberculosis, M. Bovis, M. Leprae larning antigenlik xususiyatlari aniqlanadi. 
Mikobakteriyalar bioximiyaviy xususiyatlari juda faol bo‘lib, ular oqsillarni parchalaydigan 
proteolitik fermentlar ishlab chiqaradi. Katalaza faolligiga ega bo‘lib, bu xususiyati 65
o
S da 30 
daqiqa davomida yo‘qoladi. Ular glitserin, spirt, bir qancha uglevodlarni, letsitin, fosfatidlar, 
mochevinalarni, zaytun va kanakunjut moylarini ham parchalaydi. 
Sil mikobakteriyalari odam yoki hayvon organizmidan tashqarida yashash qobiliyatini uzoq 
saqlab qoladi. Qurigan balg‘amda ular 10 oygacha yashaydi. 70
o
S temperaturaga 20 daqiqa 
davomida, qaynatishga esa 5 daqiqa bardosh beradi. 5% li karbol kislota eritmasi hamda 1:1000 
nasbatdagi sulema eritmasida bir kecha-kunduzdan keyin, 2% li lizol eritmasida esa 1 soatdan 
so‘ng o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalardan xlorli oxak va xloraminga hammadan ko‘ra 
ko‘proq sezgirdir. Sil tayoqchalari oqar suvlarda 1 yilgacha, sariyog‘da 8 oy, tuproqda 6 oygacha, 
kitob varaqlarida 3 oydan ortiq saqlanadi. Sil mikobakteriyalari bir qancha antibiotiklar 
(streptomitsin, kanamitsin, rifampitsin), kimyoviy terapevtik preparatlar, paraminosalitsilat kislota 
(PASK), tubazid, ftivazid, izoniazid va boshqalar ta’siriga chidamsiz. 
Patogenezi, klinikasi

Odamlar, asosan mikobakteriyalarning 3 turi M. tuberculosis, M. 
africanis (hayvonlardan)b M. bovis bilan kasallanadilar. 92% dan ortiq hollarda M. tuberculosis, 
3-5% da M. bovis, 3% M. africanis kasallik qo‘zg‘atadi. 


70 
Sil kasalligi asosan havo-tomchi, havo-chang yo‘llari orqali yuqadi, ba’zan sil 
mikobakteriyalari tushgan ovqat mahsulotlaridan og‘iz orqali hamda teri va shilliq qavatlar orqali 
yuqishi, xomilaga esa yo‘ldosh orqali o‘tishi mumkin. 
Kasallik aerogen yo‘l bilan yuqqanda uning birlamchi o‘chog‘i ko‘pincha o‘pkada yuzaga 
keladi. Alimentar yo‘l bilan yuqqanda esa ichakdagi mezenterial limfa tugunlarida paydo bo‘ladi. 
Organizmning qarshiligi zaif, turmush va maishiy sharoitlari og‘ir bo‘lganda, kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari birlamchi joylashgan eridan butun organizmga tarqalib, generalizatsiyalangan 
infeksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat hollarda birlamchi o‘choq yallig‘lanish 
jarayonining mavjudligi bilan xarakterlanadi. So‘ngra limfa yo‘llari shikastlanadi, limfangit va 
regionar limfadenitlarning rivojlanishi kuzatiladi. Birlamchi sil kompleksi deb ataluvchi jarayon 
yuzaga keladi. Bu xol ijobiy kechganida yallig‘lanish jarayoni to‘liq yo‘qolib, shikastlangan joy 
qobiq bilan o‘ralib kalsiy tuziga aylanadi va chandiq hosil bo‘ladi. Agar organizmning 
rezistentligi susaysa, birlamchi sil surunkali kechib, kasallik avj olishi mumkin. 
Ikkilamchi sil, birlamchi sil kasalligi bilan og‘riganlarda endogen yo‘l bilan yoki kasallik 
qayta yuqishi oqibatida yuzaga keladi. 
Sil kasalligi turli klinik shakllarda (o‘pka, sil meningiti, ichak sili, teri-tanosil va siydik 
yo‘llari a’zolari sili, suyak va bo‘g‘im sili) kuzatiladi. 
Immuniteti.
 
Odamlarning ko‘pchiligi sil infeksiyasiga etarli darajada chidamli bo‘ladi va 
ularga bolalikda kasallik yuqib o‘tishi odatda ohaklanib qoladigan birlamchi sil o‘choqlari hosil 
bo‘lishiga olib keladi. Sil bilan kasallanish irsiyatga ham bog‘liq ekanligi aniqlangan. Sil 
kasalligida hujayraviy immunitet omillari muhim ahamiyatga ega. Immunitet nosteril bo‘lib, 
sun’iy immunitetni yuzaga keltirish uchun odamlar BSJ vaksinasi bilan emlanadi. Orttirilgan 
immunitet sil mikobakteriyalari antigenlari ta’sirida T-limfotsitlarni faollashishi natijasida yuzaga 
keladi. 
Mikrobiologik diagnostikasi.
Tekshirish uchun olinadigan materiallar sil kasalligining klinik shakliga asoslanib turlicha: 
balg‘am, siydik, yiring, orqa miya suyuqligi, operatsiya vaqtida turli a’zolardan olingan ajratmalar 
bo‘ladi. Asosan bakterioskopik, bakteriologik, serologik, biologik va allergik usullarda 
foydalaniladi. 
Bakterioskopik usulda olingan materialdan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tayyorlanib, 
havoda quritiladi va alangada fiksatsiya qilinadi. SHundan keyin Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi. 
Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan surtmalarda sil mikobakteriyalari havorang ko‘rish maydonida 
qizil bo‘lib ko‘rinadi, chunki ular tarkibida yog‘ kislotalari bor. Preparat qizdirilganda bu 
kislotalar asosiy fuksin bilan ajralmas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga, ular 
atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroorganizmlar esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Mikobakteriyalar 
to‘g‘ri ezilgan, uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Ular alohida-alohida va turli kattalikda to‘da-to‘da 
holida uchraydi. Ba’zan ular bir xilda bo‘lmagan bir qator qizil donachalar shaklida ko‘rinadi.
Bakteriologik usulda tekshirilayotgan patologik material avvaliga Ulengut va Sumiosh 
bo‘yicha (15-20% HCl yoki H
2
SO

eritmasi)
 
ishlov beriladi. 
Lyuminessent mikroskopiya oddiy mikroskopiyaga qaraganda ancha sezgir. Preparat 
odatdagicha tayyorlanadi. Nikiforov aralashmasi bilan fiksatsiyalanadi va 1:1000 nisbatdagi 
auramin bilan bo‘yaladi. So‘ngra preparat xlorid kislota qo‘shilgan spirt bilan rangsizlantiradi va 
nordon fuksin bilan qo‘shimcha bo‘yaladi, bunday fuksin preparatlaridagi leykotsitlar, to‘qima 
elementlarining tovlanishini “o‘chiradi” va qora fon bilan tilla rang yashil ravshan nur sochib 
porlaydigan sil mikobakteriyalari surtmasida kontrast hosil qiladi. Preparat lyuminessent 
mikroskopda ko‘zdan kechiriladi. 
Boyitish metodi, sil diagnostikasida mikroskopik metodning sezgirligini oshirishga 
erishiladi. SHu metodlarning biri shilimshiqni eritadigan turli moddalar (ishqor, antimorfin)ni 
materialga ta’sir ettirib, uni gemogen holga keltirishdan iborat. Bu – ma’lum hajmdagi material 
sentrifugalangandan keyin cho‘kmadan olingan surtmalarda sil mikobakteriyalarini topishga 
imkon beradi. Sil mikobakteriyalari kulturalarini ajratib olishning tezkor metodlari Prays va 
SHkolnikova metodlari ishlab chiqilgan. Tekshiriladigan material buyum oynasiga tushirilib, 
sulfat kislota bilan ishlanadi, fiziologik eritma bilan yuviladi va sitrat qon qo‘shilgan oziq 
muhitiga quyiladi. 3-4 kundan keyin buyum oynasi olinib, Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi. 


71 
Mikroskopning kichik ob’ektivi bilan ko‘zdan kechiriladi. Mikobakteriyalar virulent 
shtammlarining mikrokoloniyalari xivchinlari, soch tutamlari ko‘rinishida bo‘ladi. 
Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz cho‘chqalarida biologik sinama o‘tkazish 
hisoblanadi. Buning uchun bemordan olingan patologik materialdan 1 ml dengiz cho‘chqalarining 
terisi ostiga yoki qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi. 5-10 kundan keyin limfadenit, so‘ngra tarqalgan 
infeksion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar o‘ladi. 
Serologik usulda

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish