Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

Orqa miya suyuqligi, burun-xalqum suyuqligi, assit bulon va agarga, qonli agarga ekilib, 
ajratilgan kulturani xossalari, fermentativ xossalari, serologik xossalari o‘rganiladi va burun-
xalqumda 
uchraydigan 
kataral 
meningokokklardan 
(Neiseria 
catarhalis) 
farqlanadi, 
differensatsiya 
qilinadi, 
shu 
jumladan 
xalqumda 
uchraydigan 
saprofitlardan 
ham. 
Meningokokklar maltozani parchalaydi, Neiseria catarhalis parchalamaydi.
8
 
Orqa miya suyuqligi bilan pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.
DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar. 
PROFILAKTIKASI: Umumiy kasalni ajratish, karantin e’lon qilish, shamollashdan 
saqlanish va h.k. 
GONOKOKKLAR. 
8
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016


62 
Gonorreya va blenorreya qo‘zg‘atuvchisi Neisseria gonorrhoeae, 1879 yilda A.Neyser 
tomonidan yiringdan topilgan va 1885 yil E.Bauman tomonidan batafsil o‘rganilgan. Gonokokklar 
Neisseria avlodiga Neisseriaceae oilasiga kiradi. 
MORFOLOGIYASI: meningokokklarga o‘xshash, diametri 0,6-1 mkm, juft holdagi 
loviyasimon (kofesimon) kokk bo‘lib gr(-), hujayra ichi va tashqarisida joylashadi, spora hosil 
qilmaydi, xivchini yo‘q, juda o‘zgaruvchan (polimorf). Antibiotiklar ta’sirida tez o‘zgaradi – 
kattalashadi, gr(+) bo‘lib qoladi. 
O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitda o‘smaydi. Odam organizm hujayrasida, oqsil tutuvchi 
muhitlarda (qon, zardob, oqsil suyuqligi qo‘shilgan) yaxshi o‘sadi. Muhiti Ph 7,2-7,6, optimal 
o‘sish t
o
si 37
o
S. 
25 va 42
o
S da o‘smaydi, namlikni yaxshi ko‘radi, yaxshi ko‘rgan muhitlari – assitlik agar va 
bulon, tuxum sarig‘i qo‘shilgan muhit. Qattiq muhitlarda yumaloq, tiniq, diametri 1-3 mm ga teng 
koloniya hosil qilib o‘sadi. Assitlik bulonda bir necha kundan so‘ng cho‘kmaga tushuvchi parda 
hosil qilib o‘sadi. 
FERMENTATIV XOSSASI: faqat glyukozani K hosil qilib parchalaydi. Fermentativ 
jixatdan aktiv emas.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qilmaydi. Bakteriyani parchalanishida 
endotoksin ajralib chiqadi, u hayvonlar uchun ham zaharlidir. 
ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen strukturasi protein va 
polisaxarid fraksiyalari bilan bog‘liq. Gonokokklarning 7 ta gruppasi mavjud bo‘lib, ulardan 4 tasi 
gruppospetsifik – A, V
1-4
, S, D va 3 tasi tipospetsifik – E, F, D antigenlarga ega. V
1-4
va D 
antigenlari gonokokklar va meningokokklar uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi. 
CHIDAMLILIGI: Past t
o
ga nihoyatda chidamsiz. Quruqlikda ham chidamsiz. Nam 
buyumlarda 1 sutkagacha saqlanadi. 56
o
S da 5 minutda o‘ladi. Nordon azot-kumushning 1:1000 
va fenolning 5% li eritmalarida bir necha daqiqada o‘ladi. 
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Hayvonlar uchun patogen emas. 
ODAMLARDA KASALLIK VA PATOGENEZI: Kasallikning manbai faqat kasal odam. 
Kasallik jinsiy aloqa orqali, ba’zan kasal ishlatgan buyumlar orqali (sochiq, machalka) yuqadi. 
YUqish yo‘li uretra va bachadon bo‘yni shilliq qavati orqali. Ayollarda bachadon, bachadon 
naylari, tuxumdonning yallig‘lanishi, qizlarda vulvovagenit kuzatiladi. Erkaklarda urug‘ning, 
prostat bezini yallig‘lanishi (prostatit), ko‘pincha surunkali yallig‘lanish kuzatiladi. Bachadon 
bo‘ynidan gonokokklar to‘g‘ri ichakka ham o‘tishi mumkin. Noto‘g‘ri davolash va davolanish 
natijasida kasallik bo‘g‘imlarda, endokardga o‘tishi va qonga o‘tib “sepsis” chaqirishi mumkin. 
Kasallik surunkali holga ham o‘tishi mumkin. Gonokokklar gonorreyali kon’yuktivit, kattalar va 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga “blennorreya”ni chaqirishi mumkin. 
IMMUNITETI: Tug‘ma immmuniteti yo‘q. kasallikdan so‘ng ham immunitet qolmaydi. 
Kasalning qonida antitelolarni (agglyutinin, pretsipitin, opsonin, KB-chi tanachalari) topish 
mumkin, lekin ular organizmni kasallikdan himoya qilmaydi. SHuning uchun ham kasallikda tana 
haroratini ko‘tarilishi bilan organizmning umumiy qarshiligi ham ko‘tariladi. 
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Mikroskopik tekshirish uchun uretra, qin, vulva, 
bachadon bo‘ynidan, prostatadan, to‘g‘ri ichak shilliq pardasidan, kon’yuktivadvn, spermadan, 
siydik cho‘kmasidan material olinadi. Surtma Gramm usuli va Leffler usuli metil ko‘ki (sinkasi) 
bilan bo‘yab tekshiriladi. Natija chiqmasa, u holda olingan materiallarni sof kulturasini olish 
uchun ekiladi. Kasallikning surunkali va asoratli darajalarida KBR-Borde-Mantu va allergik 
sinama qo‘yiladi. 
DAVOSI: Antibiotiklar: penitsillin, gentamitsin, polimiksin va sulfanilamidlar – streptocidi, 
norsulfasoli, sulfacili yoki pronilin yuborish. 


63 
PROFILAKTIKASI: Umummiy sanitar qoidalarga rioya qilish. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar 
ko‘ziga 2% li kumush nitrat eritmasidan tomiziladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish