Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

ANTIGEN TUZILISHI: Stafilokokk kulturasini kislotali va ishqoriy muhitda ushlab, so‘ng 
undagi oqsilni TXUK (trixloruksusnaya kislota) yordamida ajratib tashlash yo‘li bilan polisaxarid 
A va V larni ajratib olish mumkin. Bunda A polisaxaridi patogen, V esa nepatogen 
stafilokokklardan olinadi. Ular kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Antigenlarni agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, gemmagglyutinatsiya reaksiyalari yordamida 
aniqlanadi. 
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI. Patogen stafilokokklarga otlar, yirik shaxli 
qoramol, mayda shoxli mollar, cho‘chqalar, laboratoriya hayvonlaridan esa oq sichqonlar, 
quyonlar, mushukchalar sezgir bo‘ladi. 
PATOGENEZI VA ODAMLARDA KASAL CHAQIRISHI: Organizmga stafilokokklar 
havo-chang va havo-tomchi holida kiradi. Organizmda limfatik to‘qimalardan o‘tib septitsemiya 
holatini chaqiradi. Kasallikning patogenezida bakteriyaning toksini ham, o‘zi ham ahamiyatga 
molikdir. SHuning uchun ham stafilokokklik kasalliklarni toksikoinfeksiya deb qarash mumkin. 
Kasallikning kelib chiqishi organizmda immun sistemaning holatiga ham bog‘liq. Patogen 
stafilokokklar teri va teri osti to‘qimasining jaroxati bilan kechadigan ko‘pgina kasalliklarni 
chaqiradi. Bularga piodermiya, gidroadenit, absess, panaritsiy, bleforit, furunkul, karbunkul, 
periostit, osteomielit, dermatit, ekzema, pnevmoniya, piodermiya, peritonit, meningit va boshqalar 
kiradi. Ayniqsa bolalarda uchraydigan stafilokokkli sepsis va pnevmoniya og‘ir kasallik bo‘lib 
hisoblanadi. Patogen stafilokokklar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, tvorog, sqr, 
tortlar, pirojniylar, muzqaymoq va b.) isteemol qilinganida ovqatdan zaharlanish, ya’ni kuchli 
intoksikatsiya holatini kuzatish mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, stafilokokklar antibiotiklarga 
juda tez chidamlik bo‘lib qoladilar. 


57 
IMMUNITETI: Odam organizmi stafilokokklarga birmuncha chidamlidir. Kasallikdan so‘ng 
qonda antitoksinlar, pretsipitinlar, opsoninlar, agglyutininlar topiladi. Alfa antitoksinning bo‘lishi 
esa immunitet darajasini belgilaydi. 
LOBORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Stafilokokklar avlodini asosan 3 ta turi ko‘proq 
uchraydi: St. Aureus, St. Piodermitis, St. Saprophiticus. 
Qo‘zg‘atuvchilarning fagodiagnostikasi spetsifik faglar yordamida olib boriladi. Tekshirish 
uchun quyidagi materiallar olinadi: yiring, qon, shilliq qavatlaridan ajratilgan shilimshiq, 
balg‘am, siydik, qusuq moddasi, oshqozon chayindisi, axlat va ovqat mahsulotlari (sыr, tvorog, 
sut, pirojniy, tort, krem va b.). 
Yiring qonli agar va kristall violet qo‘shilgan GPA ga va qonli bulonga ekiladi. Ajratilgan 
sof 
kulturaning 
morfologik, 
kultural 
va 
bioximik 
xossalari, 
gemolitik 
aktivligi, 
plazmokoogulyasiya va gialuronidaza xususiyatlari tekshiriladi. Quyonlarda esa virulentligi 
aniqlanadi. Buning uchun quyon terisi ostiga 4 mln. Miqdorda stafilokokk yuboriladi. Ovqatdan 
zaxarlanish hollarida ajratilgan kulturalarning enterotoksini tekshiriladi. Buning uchun etilgan 
quyonlarning venasiga stafilokokk kulturasi yuboriladi. 
DAVOSI: 
Kompleks 
holda 
olib 
boriladi. 
Maxsus 
davosida 
antiistafilokokk 
immunoglobulini, antistafilakok plazmasi va anatoksin yuboriladi. Umumiy profilaktikada – 
roddomlarda, xirurgiya va bolalar bo‘limlarida. 
PROFILAKTIKASI: Umumsanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat 
sanoatida, jumladan konserva ishlab chiqarish sanoatida texnologik jarayonga ahamiyat berish, 
ovqat mahsulotlarini issiq xonalarda uzoq saqlamaslik, bakteriya tashuvchilarni aniqlash, 
kassalxonalarda dezinfeksiya ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish, xodimlarni tashuvchilikka tekshirib 
turish ham muhim ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasida chaqaloqlarni himoya qilish uchun 
onalarni homiladorlik paytida stafilokokk anatoksini bilan emlash tavsiya qilinadi. Ona sutini ham 
stafilokokklarga tekshirish ishlari amalga oshiriladi. 
STREPTOKOKKLAR 
Streptokokklar 
Streptococcus 
fvlodiga 
Streptococcaceae 
oilasiga 
kiradi. 
Berdji 
klassifikatsiyasi bo‘yicha Streptokokklar avlodi 2 ta turni o‘z ichiga oladi. Odamlarda uchraydigan 
patologik protsesslarda ko‘proq St. riogenes uchraydi. Streptokokklar U.T.Bilrot tomonidan 1874 
yilda roja kasallaridan va yaralardan, L.Paster va boshqalar tomonidan sepsis kasalligida topilgan 
va yiringli protsesslarni o‘rganishda Ognston tomonidan 1881 yilda batafsil ifodalangan. 
Streptokokk-larning sof kulturasi 1883 yilda F.Fleyzen tomonidan roja kasalliklaridan va 1884 
yilda F.Rozenbax tomonidan yiringdan ajratib olingan. 
MORFOLOGIYASI: Streptokokklar sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, 0.6-1.0 mkm hajmga 
ega, surtmada zanjirsimon joylashadi, xarakatsiz, spora hosil qilmaydi, ayrim turlari 
makrokapsulaga ega, gramm 
(+)

O‘STIRILISHI: Aerob, fakultativ anaerob. Optimal o‘sish temperaturasi 37
o
S, o‘sish 
diapozoni 20-40
o
S, enterokokklar uchun 10-45
o
S. Qandlik, qonlik, zarbodlik va assit suyuqligi 
qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi. Muhit sharoiti 7,2-7,4 ga teng bo‘lishi kerak. Qattiq 
muhitlarda mayda, tiniq bo‘lmagan, biroz kulrangroq yoki oq-kulrang, donador koloniyalar hosil 
qiladi. Qonlik agarda, streptokokklar turlariga qarab quyidagi koloniyalarni hosil qiladi: 
Atrofida gemoliz zonasi hosil bo‘lgan koloniyalar. Bunday koloniyalarni asosan betta gemolitik 
streptokokklar hosil qiladi. 
Gemoglobinni metgemoglabinga aylanishi natijasida atrofida diametri 1-2 mm keladigan yashil 
rang zona hosil qilib o‘sadigan koloniyalar. 
Eritrotsitlarni o‘zgartirmagani uchun rangsiz holdagi koloniyalar. Bunday koloniyalarni gemolitik 
bo‘lmagan streptokokklar hosil qiladi. 


58 
Streptokokklar qandlik bulonlarda probirka devoriga yopishgan holda yoki probirka tagida 
mayda donador cho‘kma holida o‘sadi. Ayrim hollarda bulonni loyqalantirib o‘sadi. 
FERMENTATIV XOSSALARI: Streptokokklar jelatinani suyultir-maydi, nitratlarni 
nitritlarga qaytarmaydi. Sutni ivitadi, fibrinni eritadi, glyukoza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit 
(ayrim hollarda), salitsinni kislota hosil qilib parchalaydi.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Patogen streptokokklar har xil ta’sir qiluvchi ekzotoksin 
ajratadi: 
Gemolizin 
Leykotsidin 
Nekrotoksin 
Letal (o‘ldiruvchi) toksin 
Eritrogen toksin 
Bundan tashqari streptokokklar patogenlik fermentlarini ham hosil qiladi, bularga: 
gialuronidaza, streptokinaza, fibrinolizin, proteinaza, amilaza, lipaza va boshqalar kiradi. YAna 
spetsifik bo‘lgan termostabil endotoksin ham hosil qiladi. 
ANTIGEN STRUKTURASI: Bir necha xil antigenlarga ega va antigenlari bo‘yicha 
quyidagi serogruppalarga bo‘linadi: A, V, S, D, E va boshqalar. Antigenlar hujayra devori 
tarkibidagi polisaxarid komponentidan iborat bo‘lib, guruh spetsifikligiga ega. A seroguruhiga 
kiruvchi ayrim streptokokklarda qarama-qarshi (perekrest) ta’sir qiluvchi antigenlar mavjud. 
KLASSIFIKATSIYASI: Streptokokklar qonli agarga bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
“Beta”-gemolitik streptokokklar-koloniyasi atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi (yuqoriga 
qarang). 
“Alfa”-gemolitik streptokokklar-koloniya atrofida kuchliroq yashil zona hosil qilib o‘sadi. 
Gemolitik bo‘lmagan streptokokklar. 
EKOLOGIYASI VA TARQALGANLIGI: Streptokokklar tabiatda nihoyatda keng 
tarqalgan. Ekologik belgilariga ko‘ra streptokokklar quyidagicha bo‘linadilar: 
Faqat odamlarda kasallik chaqiruvchi patogen streptokokklar – Str. pyogenes. 
Odamlar va hayvonlar uchun patogen va shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. agalacticae, 
Str. faecalis va boshqalar. 
Odamlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. salivarisus. Str. mitis va boshqalar. 
Hayvonlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar. 
Saprofit streptokokklar – Str. lactis va boshqalar. 
CHIDAMLILIGI: Past temperaturada uzoq vaqt saqlana oladi, quritishga chidamli, yiringda, 
balg‘amda oylab saqlana oladi. 70
o
S gacha 1 soatda halok bo‘ladi. Fenolning 3-5% li eritmasida 
15 daqiqada halok bo‘ladi. 
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Patogen streptokokklarga yirik va mayda shoxli 
hayvonlar, ot, cho‘chqa, it, mushuk va boshqalar sezgir bo‘ladilar. 
KASALLIKNING PATOGENEZI: Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida 
bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zining ham va uning toksinining ham ahamiyati bor. 
Kasallikning rivojlanishida mikroorganizmlarning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik 
ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin. Ekzogen holda streptokokklar asosan 
havo-tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarning butunligi buzilganda organizmga tushadi.

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish