Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli ta'sirlari (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi.
Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi.
Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z aksini topadi. Nospetsifik himoya deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organizm ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi. Spetsifik himoya omili organizm kasallik qo'zg'atuvchisi yoki toksinlar bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu omillarning ta’siri faqat shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi.
Spetsifik bo’lmagan immunitet ikkiga bo’linadi:
Tabiiy yoki tug’ma.
Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari.
Tabiiy yoki tug’ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo’lib, nasldan - naslga o’tadi. Masalan, qoramollar, otlarning manqa kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa cho’chqalarning va itlarning toun kasalligiga sezgir emas. Hayvonlarda va odamlarda bo’ladigan bunday immunitet tabiiy, tug’ma va zotiga xos immunitet deyiladi. Bunday immunitetning paydo bo’lishi sababi har xildir. I. M. Mechnikov tug’ma immunitetning bir turim kaltakesak va toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan.
U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va toshbaqaning terisi ostidan yuborib, bu toksin ularga hech ta’sir etmaganligini, ya’ni ularni shu toksinga immunitetli ekanligini aniqlagan.
Tabiiy tug’ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga bo’linadi. Absplyut yoki mutloq immuniteti bo’lgan hayvonlar kasallik qo’zg’atuvchilarning miqdori katta yoki shu qo’zg’atuvchi mikrob uchun nihoyatda qulay sharoit bo’lishiga qaramay kasallanmaydilar. Misol uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan kasallanmaydi, ya’ni otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut immunitet bor.
Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va biologic faktorlar yoki tashqi muhitning ta’sirida qo’zg’tuvchi mikroorganizmiaming katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu qo’zg’tuvchi mikroorganizmlargaorganizmning qarshi turish qobiliyati yo’qoladi. Masalan, tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo’zg’tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |