I. IMMUNITET HAQIDA TUSHUNCHA. Immunitet lotincha so’z bo’lib, immunitas- ozod bo’lish yoki qutqazish ma’nosini bildiradi.Bu murakkab fiziologik moslashish kompleksidir. Shu moslashish kompleksi organizmga tashqaridan genetik informatsiyani tashuvchi tirik organism yoki moddalarni kirishga to’sqinlik qilib yo’l bermaydi. Organizm faqat yuqumli kasal qo’zg’atuvchilarga va ular ishlab chiqargan zaharli moddalargagina qarshi turmasdan, u begona to’qimalarga ham qarshi turadi. Organizmning begona to’qimalarga bunday qarshi turish qobiliyati transplatatsion deb nom olgan. Immunitetni o’rganadigan fan immunologiya deyiladi. Immunitet paydo bo’lishi juda murakkab hodisadir. U butun organizmning ishtiroki bilan vujudga keladi, ammo immunitetni paydo bo’lishida asosiy rolni markaziy nerv sistemasi o’ynaydi. Bulling ta’sirida retikula - endothelial sistemaning fagotsitar funksiyasi zo’rayadi va organizmga kirgan mikrobning yoki uning zaharini zararsizlash uchun immune modda (antitela) paydo bo’ladi. Organizmning anatomic va fiziologik hususiyatlari uni turli pathogen mikroblardan qo’riqlab turishda, ya’ni immunitetli bo’lishida katta ahamiyatga ega. Yetarli ovqatlanmaslik, A va С vitaminlarning yetishmasligi, organizmning qizib ketishi yoki sovub qolishi, o’ta charchashlar immunitet vujudga kelishida katta ta’sir ko’rsatadi.
II. IMMUNITETNING TURLARI. Immunitetning paydo bo’lishiga qarab uni bir necha turlarga bo’lish mumkin. Bular: infektsion immunitet va infektsion bo’imagan, ya’ni transplatatsion immunitet. Infektsion immunitet spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi. Spetsifik bo’lmagan immunitet tabiiy yoki tug’ma va organizmni himoya qiiish anatoma - fiziologik faktorli bo’ladi. Tabiiy yoki tug’ma immunitet o’z navbatida ikkiga: absolyut yoki mutloq va nisbiyga bo’linadi. Ular ham aktiv va passivga bo’linadi. Aktiv immunitet steril va steril bo’lmaganga bo’linadi. 1898 yilda N. N. Chistovech va J. Barde degan olimlar immunitet faqat mikroorganizmlarga va uiarning zaharlariga emas, balki to’qimalarning hujayralariga ham hosil bo’lishini aniqladilar. Bu spetsifik emas, ya’ni transplantatsion immunitetni o’rganishga sabab bo’ldi.
Organ va to’qimalarni boshqa organizralarga ko’chirish paytida katta rol o’ynaydi. Spetsifxk bo’lmagan immunitet boshqa organizmdan olingan va to’qimalarga' qarshi turishga qobiliyatlidir.
Bu hodisaning aksinchasi - immuniologik tolerantlikdir. Inymmiologik tolerantlik, ya’ni immunologik chidamlilik to’g’risida F. Bernet degan olim aytib o’tgan. Lekin 1953 yili olimlardan P. Medavar va M. Gasheklar embrional rovojlanish paytida antigen ta’sir etilgan organizm, tug’ilib katt bo’lganda shu antigenga - organ va to’qimalarga qarshi turish qobiliyatiga ega emasligini isbotladilar. Ya’ni bunday organizmlarda immuniologik tolerantlik hosil bo’ladi va shu to’qimalarga qarshi qobiliyat bo’lmaydi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, immunitetning yana bir turi infektsion immunitetdir. Infektsion immunitet o’z navbatida spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi. Spetsifik bo’lmagan immunitet tug’ma immunitet bo’lib, mexanik, fizikaviy va biologic faktorlarga organizmning qarshi turish qobiliyatidir.