vazifasi alohida ahamiyatga ega:
1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2) resurslami qayta taqsimlash;
3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vu
judga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qi
lish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-
sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o‘z
zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan huquqiy
asosni ta’minlash quyidagi tadbirlaming amalga oshirilishini taqozo
qiladi: xususiy. korxonalaming huquqiy mavqeini mustahkamlash;
xususiy mulkchilik huquqini ta’minlash va shartnomalarga amal
qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslami yetkazib bemvchilar va
iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlami tartibga soluvchi qonuniy
bitimlami ishlab chiqish va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respublikasin-
ing «Korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida» va
«Aksionerlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi qonunlari hamda ularga kiritil
gan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur
huquqiy asosni ta’minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o‘z ichiga ichki
tartibni saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchash standartlarini
belgilash, tovar va xizmatlar ayirboshlashni yengillashtirish uchun
milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilami oladi.
646
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexa-
nizm bo‘lib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar yoki
iste’molchilaming ehtiyojlariga ishlab chiqamvchi va resurs yetkazib
beruvchilami bo‘ysundiradi. Raqobat sharoitida ko‘plab xaridorlar
tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilaming taklifi bozor narxlarini
belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurs yet
kazib bemvchilar iste’molchilaming faqat bozor orqali hisobga oiina-
digan xohishlariga moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga
bo‘ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar foyda olishni
va o‘z mavqelarining mustahkamlanishini kutadi, kim bozor qonun
larini buzsa, zarar ko‘radi va oxir-oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida
xaridor - bu xo‘jayin, bozor ulaming gumashtasi, korxona esa ular-
ning xizmatkori hisoblanadi.
Iqtisodiyotda sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘mini monopoliya
lar egallaganda, ulaming bozorga ta’sir ko‘rsatish yoki undagi narx-
lami o‘z manfaatlarini ko‘zlab o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Monopoliyalar o‘zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish
layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ular
ga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda
olishi mumkin.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar us
tidan ikki usulda nazorat o‘matiladi. Birinchi usulda, texnologiya
va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor mavjud bo'lish imkoniyatini
yo‘qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb nomladigan tarmoq-
larda davlat narxlarini tartibga soladi va ko‘rsatiladigan xizmatlarga
standartlami o‘matadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab
chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum
darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab
chiqarish juda ko‘pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori
darajasida ta’minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va
himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul
qiladi.
Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bo
zorida raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaa-
tini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.
647
Bozor tizimi kishilaming tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va mala-
kasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ulaming yuqori daromad
olishini ta’minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy vosita-
larga ega bo'lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham
yuqori bo‘lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg‘iz va
qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bo
zor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi.
Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jami
yat a’zolari o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklami keltirib
chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini
Do'stlaringiz bilan baham: |