jatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kredit
lari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlami
sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo'ladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga
hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol
o‘ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy
o‘zgarishlami rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy
sikl va bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari muhim rol
o‘ynaydi. Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg‘unlik
yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat
investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda
tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga harakat qiladi.
Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi
o‘zgarishlarda ham sezilarli o‘ringa ega bo‘ladi, masalan, davlat xu
susiy kapitalining oqib kelishi yetarli bo‘lmagan mintaqalar, tarmoq
lar yoki faoliyat sohalarida yangi obyektlar qurish va eskilarini qayta
qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bulardan tashqari davlat kapital qo‘yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida,
kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham
katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartib
ga solishning bir qator shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
- davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;
- ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, ixtiro-
lami davlat tomonidan rag‘batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy
tarkibiy siljishlami ta’minlash;
- investitsiya jarayoni va iqtisodiy о‘sishni davlat tomonidan tar
tibga solish;
- ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish;
- qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi davrda
gi oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi
tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydala-
nishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favquloddagi va
maqsadli bo‘lishi mumkin. 0 ‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar
654
odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig‘iz vaziyatlarda,
masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlari-
da ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. Maqsadli
dasturlaming obyekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy
tadqiqotlaming har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin. Masalan, mam
lakatimizda 2006-2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor
mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni ma-
halliylashtirish dasturi qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi
iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, uning
tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayon-
lariga yangi, samarali texnologiyalami tatbiq qilishni jadallashtirish,
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydala
nish, shuning asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishni ko‘paytirish, valyuta mablag‘laridan tejamli va oqilona
foydalanish, shuningdek, yangi ish joylarini yaratishdan iborat.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: