Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov


Karimov I. A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  0 ‘zbekiston  sharoitida



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet872/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   868   869   870   871   872   873   874   875   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

Karimov I. A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  0 ‘zbekiston  sharoitida 

uni bartaraf etishning yoMlari va choralari. -  Т.: 0 ‘zbekiston, 2009, 8-b.

640



3) 

takror ishlab  chiqarish jarayoniga davlatning  aralashuvi va bo­

zor usullarini uyg‘unlashtirish. Hozirgi davrda 0 ‘zbekistonning milliy 

iqtisodiyoti rivoji uchun ko‘proq uchinchi yo‘l xususiyatli hisoblanadi.

Davlatning  iqtisodiyotdagi  roli  masalasi  ilmiy  asosda  birinchi 

marta Д.  Smit tomonidan ko‘rib  chiqilgan.  Uning  «Xalqlar boyligi- 

ning tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida 

iqtisodiyotning  bozor  usullari  orqali  o‘zini  o‘zi  tartibga  solishining 

zararligi ta’kidlab o‘tilgan. A. Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab 

chiqaruvchilar bozori  davlat  nazoratidan  to'liq  ozod  bo‘lishi  zarur. 

Ana  shundagina  iste’molchilar  talabiga  mos  ravishda  ishlab  chiqa­

rishni  tashkil qilish imkoni mavjud bo'ladi.  Bunda bozor vositasida 

tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz,  ishlab chiqaruvchi- 

lami butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.

A.  Smit  davlatning  iqtisodiy jarayonlarga  har  qanday  aralashuvi 

oxir- oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masa­

lan,  davlat tomonidan  belgilangan tashqi  savdo  tartib-qoidalari mil­

liy  iste’molchilarga  faqat  zarar keltirishi  mumkin.  Haqiqatdan  ham 

importga  boj  to‘lovi  milliy  ishlab  chiqaruvchilarga  ustunlik  berib, 

ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshi­

radi. Ammo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xara­

jatlari va past sifatining saqlanib qolishiga olib keladi.  Bundan past 

sifatli va narxi qimmat tovarlami sotib olishga majbur bo‘lgan milliy 

iste’molchilar zarar ko‘radilar.

A.  Smitning  «Tinch  qo‘yish»  nazariyasi  1929-1933-yillarda bo­

zor  iqtisodiyotiga  asoslangan  deyarli  barcha  mamlakatlami  qamrab 

olgan  iqtisodiy  inqiroz  davrida tauqidga  uchradi.  Iqtisodiy tanazzul 

va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini 

kuchaytirishni taqozo qildi.

Davlataing  iqtisodiyotdagi  rolini  oshirish  masalasi  J.  M.  Keyns- 

ning «Ish bilan bandlik,  foiz va pulning umumiy nazariyasi»  (1936) 

nomli asarida o‘z aksini topdi. Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) 

va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi 

talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi 

zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda inqi­

rozga  qarshi  siyosat  o‘tkazishi,  iqtisodiy  inqirozning  salbiy  oqibat-



641


larini  tugatish  va  sanoat  siklining  o‘zgarishini  bartaraf etish  haqida 

ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQSHda amalga oshi- 

rildi.  Urushdan  keyingi  davrda  Keyns  nazariyasidagi  ko‘rsatmalar 

u  yoki  bu  darajada  bozor  iqtisodiyoti  amalda  ustun  bo‘lgan  barcha 

mamlakatlarda  foydalanildi.  Shu bilan birga  davlatning  iqtisodiyot­

dagi  roli  yanada  ko‘proq  oshib  borishi  ro‘y  berdi.  Hozirgi  davrda 

davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat 

siklga qarshi  tartibga  solish va  ish bilan bandlikni  ta’minlash,  balki 

iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish 

jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.

Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyo­

tiga o‘tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyi­

dagi holatlar orqali izohlanadi. Birinchidan, davlat milliy iqtisodiyot­

da o‘zini o‘zi bozor vositasida tartibga solish orqali bajarish mumkin 

bo‘lmagan  yoki  samarali  ravishda  amalga  oshirib  bo‘lmaydigan 

vazifalami o‘ziga oladi. Bular qatoriga mudofaani ta’minlash, mam- 

lakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini 

ijtimoiy  himoyalash  kabilami  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Ikkin­

chidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning 

xususiy  tavsifi  bir  qator  ijobiy  va  salbiy  oqibatlami  tug‘diradi.  Bu 

oqibatlar bevosita uchinchi tomon manfaatida aks  etib,  kishilaming 

alohida  guruhi  va  umuman jamiyat  manfaatiga  ta’sir  qiladi.  Masa­

lan,  chigitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash 

qurilmalariga xarajatlami tejash xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai 

nazaridan  (u yoki  bu kompaniya yoki  individual  ishlab  chiqaruvchi 

uchun)  foydali,  atrof-muhitning  ifloslanishiga  olib  kelishi  esa jami­

yatning boshqa a’zolari uchun qo‘shimcha salbiy oqibatga ega. Dav­

lat  yakka  tadbirkor  yoki  iste’molchidan  farqli,  jamiyat  manfaatini 

ifodalab,  qo‘shimcha ijobiy samarani rag‘batlantirishga va aksincha 

salbiy  samara bilan bog‘liq  faoliyatni  tartibga  solish  va  cheklashga 

harakat qilishi zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlarga 

aralashuvi  shu  sababli  ro‘y beradiki,  individual  iste’molchilar ham­

ma vaqt u yoki bu tovami  iste’mol qilishning  oqibatlarini  obyektiv 

baholay  olmaydilar.  Shu  nuqtai  nazardan,  davlat  foydali  iste’molni 

kengaytirish va aksincha sog'liqqa salbiy ta’sir ko'rsatuvchi tovarlar

642



iste’molini cheklash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Masalan, davlat 

tamaki mahsulotlari uchun yuqori  aksiz  (egri)  solig‘ini  o‘matib,  bir 

tomondan  o‘zining daromadini  oshirsa,  boshqa  tomondan  shu mah­

sulotga  bo‘lgan  talabni  cheklaydi.  To‘rtinchidan,  davlat  bozoming 

tabiatidan  kelib  chiqadigan  ayrim holatlami  qisman yengillashtirish 

vazifasini  o‘z zimmasiga oladi.  Bozor hamma uchun to‘lovga qobil 

talabni  qondirishga  teng  imkoniyatni  ta’minlaydi.  Ammo  bu  bozor 

mexanizmining milliy boylikni ijtimoiy-adolatli taqsimlashini anglat- 

maydi. Bunday sharoitda davlat aholi kam ta’minlangan qatlamining 

turmush  darajasi  haqida  g‘amxo‘rlik  qilish,  bepul  (yoki  imtiyozli) 

bilim  berish,  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  va  shu  kabilami  o‘z  zimma­

siga oladi.  Beshinchidan, hozirgi  sharoitda barqaror,  izchil iqtisodiy 

o‘sishni rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chega- 

ralari ham mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samarador- 

ligiga  ta’siridan  kelib  chiqadi.  Iqtisodiyotga  davlatning  har  qanday 

aralashuvi  ma’lum xarajatlami  taqozo  etadi.  Ularga  eng  avvalo  tar­

tibga  solishni  tashkil  etish va  amalga  oshirish bo‘yicha  xarajatlami 

kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bo­

zor muvozanati,  ishlab  chiqarish  hajmi,  resurslaming  qayta  taqsim- 

lanishiga  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  ta’simi  ham  hisobga  olish 

lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan 

sarf-xarajatlaming  miqdori  davlatning  iqtisodiyotni  tartibga  solishi 

natijasida olinadigan samaradan kam bo‘lishi lozim. Ulaming nisbati 

davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.

XX asming 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konserva- 

tiv konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish­

ni  cheklash jarayonlari boshlandi.  Bunda tartibga solishning an’anaviy 

shakllaridan  voz  kechildi,  davlat  mulkini  xususiylashtirish  yo‘li  bilan 

davlat sektori ulushi qisqartirildi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda no- 

markazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizm- 

larining  ahamiyati  oshirildi.  Jumladan,  AQSHda bu tadbirlar  «Ameri- 

kaning  yangi  rivojlanish  yo‘li:  iqtisodiy jihatdan  yangilanish  dasturi» 

nomli yo‘nalish asosida amalga oshirilib, unda daromad solig‘i stavka­

larining pasaytirilishi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida yirik

643



korporatsiyalar investitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash, federal 

hukumat xarajatlarini  cheklash,  xususiy biznes  faoliyatining  davlat to­

monidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyatsiyaga qarshi pul-kredit 

siyosatini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi. Biroq, olib borilgan tadbirlar ku- 

tilgan natijani bermadi. Bunday jarayonlar Angliya, Yaponiya, Avstriya, 

Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro‘y berdi.

2008-yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozidan 

keyin  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  keynscha  tendensiyalar  yangi- 

dan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish­

ning  yangi  tipi  davlat  va xususiy  sektor  o‘rtasidagi  munosabatlami 

ro‘yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuv- 

chanligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv shakllari va nazorat- 

ning  kuchayishi  bilan  tavsiflanadi.  Hozirgi  vaqtda  inqirozga  qarshi 

chora-tadbirlar asosan davlat dasturlari asosida olib borilmoqda.




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   868   869   870   871   872   873   874   875   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish