Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti b. Y. Xodiyev, sh sh. Shodmonov



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet877/1044
Sana13.07.2021
Hajmi18,63 Mb.
#118064
1   ...   873   874   875   876   877   878   879   880   ...   1044
Bog'liq
83iqtisodiyotnazariyasixodiyevbyshodmonovshshpdf

kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda 

o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert to‘lovlari muhtojlami, nogi- 

ronlami va birovning qaramog‘ida bo‘lganlami nafaqalar bilan, ishsiz- 

lami ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari 

orqali pensionyerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu 

barcha dasturlar davlat byudjeti mablag‘larini jamiyatning kam daro­

mad olgan yoki umuman daromadga ega bo‘lmagan a’zolari hisobiga 

qayta taqsimlaydi. Ikkinchidan, davlat bozomi tartibga solish yo‘li bi­

lan,  ya’ni  talab va taklif ta’sirida o‘matiladigan narxlami o‘zgartirish 

yo‘li  bilan  ham  daromadlaming  taqsimlanishiga  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Me’yordagi  oziq-ovqat tovarlariga o‘matiladigan imtiyozli narxlar va 

ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlat­

ning,  aholining  ma’lum  qatlami  daromadlarini  oshirishga  qaratilgan 

tadbirlarining yana bir misolidir.

Davlat jamiyat  a’zolari  o‘rtasida  daromadlarni  qayta  taqsimlashda 

soliq imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.

Bozor mexanizmining resurslami qayta taqsimlashdagi layoqatsiz- 

ligi  ikki  holatda  ko‘rinadi,  ya’ni  raqobatli  bozor  tizimi:  1)  ma’lum 

tovarlar  va xizmatlaming  kam  miqdorini  ishlab  chiqaradi;  2)  ishlab 

chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslaming 

har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi.

Resurslaming qayta taqsimlanishi tovarlami ishlab chiqarish yoki 

iste’mol qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar uchinchi tomonga, ya’ni 

bevosita  xaridor  yoki  sotuvchi  hisoblanmaganlar  tomonga  «silji- 

gan»  chog‘da vujudga  keladi.  Bu  qo‘shimcha  samara  deb  ataladi,

648



chunki  u  bozor  qatnashchisi  hisoblanmaganlar  hissasiga  to‘g‘ri  ke­

luvchi  foyda  yoki  zarami  ifodalaydi.  Bunga  atrof-muhitning  iflos- 

lanishini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Kimyo  korxonasi  o‘zining 

sanoat chiqindilarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu ushbu suv havza- 

sida  cho‘miluvchilar,  baliqchilar  va  atrofdagi  aholiga  zarar  keltira- 

di.  Ishlab  chiqaruvchi  esa  atrof-muhitni  muhofazalovchi  inshoot  va 

qurilmalar o‘matmaslik hisobiga o‘z ishlab chiqarish xarajatlarining 

ancha past darajasini ta’minlaydi. Resurslaming nomutanosib taqsim- 

lanishi natijasida vujudga keladigan bunday holatlami tartibga solish 

uchun davlat qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi yoki maxsus soliq va 

jarimalardan foydalanadi. Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining 

ifloslanishini  taqiqlovchi yoki  cheklovchi  qonunlar ishlab  chiqaruv- 

chilami  o‘zlarining  sanoat chiqindilarini  ishlab  chiqarish jarayonida 

ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o‘matish bilan 

yo‘qotishga majbur qiladi. Shuningdek, davlat maxsus soliqlami kiri­

tish orqali atrof-muhitning ifloslanishidan boshqalarga kelishi mum- 

kin bo‘lgan zarami korxonalarning o‘ziga yuklashga harakat qiladi.

Davlat bir  qator yo‘llar bilan resurslaming  nomutanosib  taqsim- 

lanishi  keltirib  chiqaradigan  oqibatlami  yumshatishga  ham  harakat 

qiladi. Birinchidan, iste’molchilaming muayyan tovar va xizmatlami 

xarid qilish qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ulaming talabi kengayti- 

riladi.  Masalan,  respublikamizda  bozor  munosabatlariga  o‘tishning 

dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi 

past  daromadli  oilalaming  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo‘lgan  tala­

bini oshirdi va shu orqali resurslaming nomutanosib taqsimlanishini 

bartaraf qildi.  Ikkinchidan,  davlat taklifhi  oshirish maqsadida ishlab 

chiqarishni subsidiyalashi mumkin.  Subsidiyalar ishlab chiqaruvchi- 

laming  zararlarini  qisqartiradi  va  mahsulotlar  ishlab  chiqarishda 

resurslaming  yetishmasligi  muammosini  bartaraf qiladi.  Uchinchi- 

dan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlaming ishlab chiqaruv­

chisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkiga asoslanadi va 

davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ulami moliyalashtirishni 

davlat o‘z zimmasiga oladi. Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, milliy mu- 

dofaa,  favqulodda  ro‘y  beradigan  tabiiy  hodisalarga  qarshi  kurash, 

ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.

649



Davlat  byudjet  mablagiari  hisobiga  resurslami  xususiy  sohada 

qollanilishdan  bo‘shatadi  hamda ulami  ijtimoiy  ne’mat  va  xizmat­

lar  ishlab  chiqarishga  yo‘naltirishi  mumkin.  Shunday  qilib,  davlat 

mamlakat  milliy  mahsuloti  tarkibida  muhim  o‘zgarishlami  amalga 

oshirish maqsadida resurslami qayta taqsimlaydi.

Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish,  ya’ni  iqtisodiyotning  barcha 

sohalarini  resurslar  bilan  ta’minlash,  to la   bandlik  va  narxlaming 

barqaror  darajasiga  erishishda  yordam  berish  hamda  iqtisodiy 

o ‘sishni  rag‘batlantirish  davlatning  eng  muhim  vazifasi  hisob­

lanadi.


Iqtisodiyotda  to la   bandlikni  ta’minlash  uchun  umumiy  sarf­

lar,  ya’ni  xususiy  va  davlat  sarflarining  hajmi  yetarli  bolmasa, 

davlat  bir  tomondan  ijtimoiy  ne’matlar  va  xizmatlarga  o‘z  sarfla- 

rini  ko‘paytiradi,  boshqa  tomondan  xususiy  sektor  sarflarini 

rag‘batlantirish maqsadida soliqlami qisqartiradi.  Agar jami sarflar 

to la  bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa,  bu narxlar da­

rajasining ko‘tarilishiga olib keladi.  Jami sarflaming mazkur ortiq­

cha  darajasi  inflyasion  xususiy at  kasb  etadi.  Bunday  holda  davlat 

soliqlami oshirish orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu 

y o l bilan ortiqcha sarflami tugatishga harakat qiladi.  Iqtisodiyotda 

ishsizlik mavjud bolganda davlat sarflarining ko‘payishi jami sarf­

lar,  ishlab  chiqarish  hajmi  va  bandlilikning  o‘sishiga  olib  keladi. 

0 ‘z  navbatida,  soliqlaming  qisqarishi  yoki  transfert  tolovlarining 

ko‘payishi  daromadlami  ko‘paytiradi.  Bu  daromadlar  shaxsiy 

sarflaming o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Davlat  o‘z  ishlab  chiqarishini  moliyalashtirishdan  tashqari  ijti­

moiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotning bir qator dasturlarini  amal­

ga  oshiradi,  iqtisodiyotning  xususiy  va kooperativ  sektorida  daro­

madlami  qayta  taqsimlaydi.  Davlat  tartibga  soluvchi  xususiyatga 

ega  boigan  bir  qator  vaziyatlami  ham  amalga  oshiradi.  Bularga 

atrof-muhitni himoya qilish,  aholi  so g lig ln i  saqlash,  bo‘sh  ishchi 

o‘rinlariga ega bolishning teng sharoitini ta’minlash va ma’lum so- 

halarda narx belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabi­

lami kiritish mumkin.




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   873   874   875   876   877   878   879   880   ...   1044




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish