Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet84/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Da’vo muddatining oʻta boshlashi


Da’vo muddatini hisoblashda uning qaysi paytdan boshlanishini
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, vaqt davri bilan hisoblanadigan
muddatlarda belgilangan vaqtning tamom boʻlish payti huquqiy oqibat
tugʻdirishini nazarda tutib, hisoblashda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun
uni boshlanish paytini bilish huquqiy munosabat ishtirokchilari uchun
zaruriy omil sifatida e’tirof etiladi. Shaxsning oʻz huquqini amalga
oshirish, buzilgan huquqini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya
qilishni talab etish imkoniyatidan foydalanish qancha muddatgacha unda
mavjudligini bilishi uchun, u oʻzida bu imkoniyat qaysi paytdan boshlab
vujudga kelganligini aniqlab olishi lozim.
FKning 154-moddasiga muvofiq, da’vo muddati shaxs oʻzining
huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan oʻta
boshlaydi.
Da’vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, da’vo muddatining
oʻta boshlashi masalasi ham namoyon boʻlmaydi. Da’vo muddati da’voga


1


46





boʻlgan huquqining tamom boʻlish paytini belgilaydi (moddiy ma’noda).
Bunda da’vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, uning tamom boʻlish
muddatining oʻta boshlashi ham mumkin boʻlmaydi.


Shaxslarning subyektiv huquqlari va manfaatlarida uygʻunlik va
umumiylik mavjud boʻlgan hollarda da’vo muddatining oʻta boshlash
paytini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, koʻpchilik hollarda bir
necha shaxslarga tegishli huquq buzilganda da’vo muddati oʻta boshlagan
paytni aniqlash ham bir muncha qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.
Masalan, majburiyatda shaxslarning koʻpchilik boʻlib ishtirok etishlari
yoki umumiy mulkka nisbatan huquqlarning buzilishi va hokazo. Bunday
hollarda bir necha shaxslardan birining huquqlari buzilganligini bilishi
boshqa shaxslarga tegishli boʻlgan da’vo muddatining oʻta boshlashini
bildiradi. Hammualliflardan biriga tegishli huquqlarning buzilishi bilan
asarga nisbatan mualliflik huquqlarining buzilishi sodir boʻladi va da’vo
muddati faqatgina huquqi buzilgan shaxsga nibatan emas barcha
mualliflarga nisbatan oʻta boshlaydi. Boshqacha aytganda uchta
muallifdan birining ismi sharifi (agar taxallus ostida asar e’lon qilingan
boʻlsa taxallusi) notoʻgʻri koʻrsatilishi uning huquqlari buzilishi va da’vo
muddatining oʻta boshlashini bildiradi hamda qolgan ikkita muallifning
manfaatlariga putur yetkazib huquqi buzilgan muallif bilan bir vaqtda
ularning huquq va manfaatlariga nisbatan da’vo muddati bir paytdan oʻta
boshlaydi.
FKning 154-moddasi 3-qismiga koʻra ijro etish muddati
belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan
majburiyatlar boʻyicha da’vo muddati kreditorga majburiyatni bajarish
toʻgʻrisida talab qoʻyish huquqi paydo boʻlgan vaqtdan oʻta boshlaydi,
bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat
berilsa da’vo muddati imtiyozli muddat tamom boʻlgandan keyin
hisoblana boshlaydi.
Majburiyatni bajarish uchun qarzdorga imtiyozli muddat berilishi
FKning 154-moddasi ikkinchi qismida belgilangan, lekin bunday imtiyozli
muddatning kim tomonidan berilishi va bu muddat qancha vaqt davom
etishi qonun hujjatlarida aniq ifodalanmagan. Bunday imtiyozli muddat
kreditor tomonidan berilishi lozim. Agar kreditorning majburiyatini
bajarish haqidagi imtiyozli muddat sud tomonidan belgilansa, unda
majburiyatni ijro etish ma’muriy tartibda hokimiyat organining majburlov
kuchi bilan amalga oshiriladigan harakat sifatida koʻriladi va bunday
holatlarga nisbatan FKning 154-moddasi ikkinchi qismi qoidalari
qoʻllanilmaydi.


1


47





Regress majburiyatlar boʻyicha da’vo muddati asosiy majburiyat
bajarilgan paytdan oʻta boshlaydi (FKning 154-moddasi 3-qismi). Regress
majburiyatlarda asosiy majburiyat deganda, regress talab qilishi mumkin
boʻlgan shaxs tomonidan bajarilgan va bevosita uchinchi shaxslarga
nisbatan yuklatilishi nazarda tutiladigan majburiyat tushiniladi. Masalan,
sherik qarzdorning boshqa qarzdorlar majubriyatini bajarishi, uning asosiy
majburiyatni bajarishi deb tushuniladi. Avtokorxona haydovchisining uchinchi
shaxslarga yetkazgan zarari regress majburiyat qoʻllanilganda asosiy majburiyat
sanaladi. Bu holatda regress talab qilish huquqi asosiy majburiyat bajarilgan
vaqtdan oʻta boshlaydi. Chunki, regress talab qilishi huquqiga ega shaxs shu paytdan
boshlab, oʻzining huquqlari buzilganligini biladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish