sakkiz oyida ogʻir kasallandi. Qonun bu vaziyatda sakkiz oylik muddat fuqaroning
davolanib oʻz huquqlarini himoya qilishiga imkon beradi deb hisoblaydi. Shu
munosabat bilan da’vo muddati tugashining olti oyidan oldin vujudga kelgan
sabablar tufayli da’vo muddati oʻtkazib yuborilganda sud da’vo muddatini
tiklamaslikka haqli hisoblanadi.
Fuqarolik qonun hujjatlarida agar sud da’vo muddatining oʻtkazib
yuborilish sabalarini uzrli deb topsa, sudga da’vo muddatini uzaytirish
huquqini (majburiyat yuklamaydi) beradi. Muddatning bunday
«uzaytirilishi» koʻpchilik holatlarda amaliyotda da’vo muddatining
«tiklanishi» - deb ham nomlanadi. Da’vo muddati tiklanishining ahamiyati
shundaki, bunday tiklanish natijasida, fuqaro oʻzining buzilgan huquqi va
putur yetkazilgan qonuniy manfaatini, garchi imkoniyat yoʻqotilgan
boʻlsada himoya qila oladi.
Da’vo muddati oʻtishining oqibatlari
Da’vo muddati oʻtkazib yuborilganda shaxs oʻzining huquqlarini
himoya qilish imkoniyatini yoʻqotadi. Ya’ni shaxs qonun tomonidan qat’iy
belgilangan
vaqt
mobaynida
oʻziga
berilgan
imkoniyatdan
foydalanmasdan, himoyani talab qilishga boʻlgan oʻzining subyektiv
huquqini amalga oshirmasa oʻzining subyektiv huquqlarini qoʻldan
chiqaradi. Da’vo muddatning oʻtkazib yuborilishi natijasida, da’voga
1
50
boʻlgan moddiy ma’nodagi huquq yoʻqotiladi, aniqrogʻi da’vo yordamida
subyektiv huquqlarning majburiy amalga oshirish imkoniyati boʻlmaydi.
Bunday oqibat da’vo muddati oʻtgach da’vo qoʻzgʻatilganda vujudga
keladi. Agar da’vo oʻz vaqtida qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u nizoni koʻrish
jarayoni qancha muddat davom etishidan qat’i nazar da’vo muddati
oʻtkazib yuborilganligi vaji bilan rad etilishi mumkin emas.
FKning 162-moddasi “asosiy talab boʻyicha da’vo muddati oʻtishi
bilan qoʻshimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar)
boʻyicha da’vo muddati ham oʻtgan hisoblanishi”ni nazarda tutadi. Garchi,
asosiy va qoʻshimcha talablarga nisbatan da’vo muddatining amal qilish
vaqti turlicha boʻlsada, asosiy da’vo muddatiga nisbatan da’vo
muddatining oʻtishi qoʻshimcha majburiyatga nisbatan huquqlarni amalga
oshirish imkoniyatining bekor boʻlishiga olib keladi.
Agar asosiy majburiyatga nisbatan da’vo muddatining tugashi
qoʻshimcha majburiyatga nisbatan ham da’vo muddatining tugashi olib
kelsa, qoʻshimcha majburiyatga nisbatan da’vo muddatining oʻtishi asosiy
majburiyatga nisbatan da’vo muddatining oʻtishini anglatmaydi.
FKning 153-moddasiga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish
talabi da’vo muddatining oʻtganligidan qat’i nazar sudda koʻrib chiqish
uchun qabul qilinadi. Zero, sud da’voni koʻrib chiqishga qabul qilib, uning
oʻtkazib yuborilish sabablarini tekshirib, oʻrganib chiqadi. Agar da’vo
uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, sud da’vo muddatini
qayta tiklashi lozim. Shu munosabat bilan sud da’vo muddati oʻtkazib
yuborilgan da’volarni ham koʻrib chiqishi lozimdir. Chunki, da’vo
muddatining oʻtkazib yuborilish sabablarini faqatgina sud jarayonida
aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |